Fors tili topshiriqqa javoblar
1-Mashq
-
Fors tilining fonetik sistemasi bir qarashda o`zbektiliga o`xshasada undan keskin farq qiladi. Fors tilisdagi sod, se, to, xa,ayn, zol,zod singari tovushlar o`zbek tilimizda yo`q.
-
Bu harflarning deyarli barchasi taxminiy ekvivalentlariga ega. Masalan, sod, se harflari s harfiga, xa esa x, ayn a harfiga, zol va zod harflari esa z harfiga teng.
8-mashq
Diftong tovushlar 2 ta: ey va ou. Bu diftonglarni o`zbek tilida ekvivalenti yo`q. Berilgan so`zlardan ouyat, innou, touzih, jelou, jouhar, houle, xeyli, dey kabilar diftongli so`zlar sanaladi.
Nazorat savollari javobi
-
O`zbek tili singari fors tilida ham unli va undosh tovushlarga ajratiladi. O`zbek tilidagi kabi 6 ta unli va 23 ta undosh tovushlar mavjud. Farqi shundaki unlilar undosh tovushlar yoki harakatlar bilan ifodalanadi.
-
Fonema eng kichik til birligi hisoblanadi.u ma`no farqlash vazifasini bajaradi. Harf esa tovushning yozuvdagi aksi hisoblanadi.
-
Fors tili arab alifbosiga asoslangan. Arab alifbosidagi harflar ikki yoki to`rt ko`rinishli bo`ladi. To`rt ko`rinishli so`zlar so`z boshi, o`rtasi, oxirida turlicha ifodaklanadi.
-
Fors tilida bilan arab tilini bir xil deya olmaymiz, ba`zi harflarni ifodalash uchun arab tilida harflar yetarli bo`lmagan. Ba`zi harflar esa o`zining bir necha ko`rinishiga egadir. Masalan, s harfining o`zi sod, sa, sin harflari bilan ifodalanadi.
-
Arab alifbosida undoshlar 2 turli bo`lishini aytib o`tdik. Bular qo`l beradigan va qo`l bermaydigan harflar deb ham ajratiladi. Qo`l beradigan harflar o`zidan keying nharfga birikadigan harflardir. Bularga be, to, nun, mim,fe, zo, sod singari harflarni misol qilib olishimiz mumkin.
BAJARDI:Askarov Ravshanbek
Do'stlaringiz bilan baham: |