Foto: Facebook/Karimov Foundation


Download 44.12 Kb.
bet3/5
Sana05.01.2022
Hajmi44.12 Kb.
#219203
1   2   3   4   5

Mundarija


  • 1Tarixi

  • 2Iqtisodiyoti

  • 3Aholisi

  • 4Iqlim

  • 5Faktlar

  • 6Sanoat

  • 7Diqqatga sazovor joylar

  • 8Fargʻona mehmonxonalari

  • 9Koʻngil ochar joylar

  • 10Hokimlari

  • 11Adabiyot

  • 12Manbalar

  • 13Havolalar

Tarixi[tahrir]


Fargʻona soʻzining kelib chiqishi toʻgʻrisida turli fikrlar mavjud. Olimlar "Fargʻona" soʻzining bundan 13 asr ilgari sugʻd yozuvlarida "Pargʻana", "Pragʻana" shakllarida yozilganligini hamda hind-sanskrit tilida "kichik viloyat"; fors tillarida "togʻ oraligʻidagi vodiy", "atrofi berk soylik" degan maʼnolarga ega boʻlganligini taʼkidlaydilar.

1876 yil Rossiya imperiyasi Qoʻqon xonligini yoʻqotib uning hududida Fargʻona viloyatini tuzgach, maʼmuriy markaz qurish uchun Margʻilondan 10 km janubida joylashgan Yormozor va sobiq Sim, Chiringan qishloqlari oʻrnini tanladi. Shahar qurilishi loyiha boʻyicha 1877 yil iyunda boshlandi. Qurilish harajatlari, asosan, mehnatkashlar zimmasiga yuklandi (soliq solindi). Bu shaharni katta maydonni qurshab olgan qalʼa ichida qurish koʻzda tutildi. Qalʼadan shim.gʻarb va gʻarbga tomon radius shaklida uchta uzun koʻcha qurildi. Ulardan biri eski Margʻilon tomonga yoʻnaldi. Bu koʻchalar parallel tor koʻchalar bilan tutashtirildi. General-gubernator shaharni Yangi Margʻilon deb atashni buyurdi. Shaharning qurilishi 1904 yilda yakunlandi. Yangi Margʻilon, asosan, Margʻilonsoyning chap sohilida joylashdi. Oʻng sohili bozor uchun moʻljallandi. Shaharning jan. qismida kazarmalar qurildi, gʻarbiy qismida harbiy boshqarma joylashtirildi. 1880 yilda bu boshqarma yozgi harbiy lagerga oʻzgartirildi.

Shahar koʻchalarining har ikki tomoniga daraxt ekildi. Shaharda sanoat korxonalari qurilmadi. 1898 yil Samarqand—Andijon temir yoʻl oʻtkazilishiga qaramasdan, shaharning kengayishi va rivojlanishi sekinlik bilan bordi. 1891 yilda shaharda 2 ta pivo pishirish va bitta koʻnchilik zavpdi faoliyat koʻrsatdi. Mahalliy yarim kustar korxonalar mahalliy xom ashyoni qayta ishlash bilan shugʻullanardi. Paxta tozalash zavpdi faqatgina temir yoʻl oʻtkazilgandan keyin qurildi. 1899 yilda Yangi Margʻilon shahri aholisi atigi 4 ming kishini tashkil etdi.

1907 yilda mustamlakachi maʼmurlar shahar nomini oʻzgartirib, Skobelev deb atadilar. Oʻsha yili temir yoʻl vokzalini ham qurish boshlandi.

1914 yilda yana 4 ta paxta tozalash zavodi va 8 ta pilla quritish moslamasi foydalanishga topshirildi. Shaharchada, asosan, podsho maʼmuriyati va amaldorlari, harbiylar, savdogar va mahalliy boylar yashardi. 1913 yilda shahar aholisi 14 ming kishiga yetdi. Shundan oʻzbeklar atigi 3216 kishini tashkil etdi.

Shahar tunda 80 ta yoritqich (fonus) bilan yoritilardi. Doʻkonlar aholiga xizmat koʻrsatgan. 1917 yilgacha shahardagi 3 ta gimnaziyada 600 oʻquvchi, 5 ta maktabda esa 821 oʻquvchi oʻqidi. Ularga 20 oʻqituvchi saboq berdi. Shaharda birgina kasalxona (35 oʻrin) va bir dorixona mavjud edi.

1917 yil 6—7 dekabrda Skobelevda hokimiyatni shoʻrolar egalladi. 1921 yil da Oʻrta Osiyo ipakchilik sanoatining dastlabki korxonasi — pillakashlik fabrikaasi foydala nishga topshirildi. 1917 yilgacha shaharda, quvvati 700 kVt boʻlgan xususiy (Lipinskiyga qarashli) elektr styasi boʻlgan. Oʻsha yildan keyin Fargʻona vodiysida yagona boʻlgan issiqlik elektr markazi ishga tushirildi. Quvasoy issiqlik elektr styasi faoliyat koʻrsata boshlagandan keyin ular yagona energiya sistemasiga birlashtirildi. Shundan keyin toʻqimachilik fabrikaasi, yogʻ zavodi ishlay boshladi. Paxta tozalash zavodlari, tegirmonlar, kustar korxonalar qayta qurilib kengaytirildi va elektr energiya quvvati bilan ishlay boshladi. Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda ishga tushirilgan Xoʻjaobod—Fargʻona, Shim. Soʻx—Fargʻona—Quvasoy gaz quvurlari Fargʻonani Buxoro yaqinidan boshlangan yagona gaz quvuri sistemasi bilan bogʻladi.

Undan keyin gidroliz zavodi, 1958 yilda neftni qayta ishlash zavodi ishga tushirildi. 1960- yillarda Fargʻonada temirbeton buyumlari, shifer-gʻisht zavodlari, 2 issiqlik elektr markazi qurildi.



Download 44.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling