Foto: Facebook/Karimov Foundation
Download 44.12 Kb.
|
Iqtisodiyoti[tahrir]Shaharda 2300 dan ortiq kichik korxona, 10 avtokorxona, mahalliy xom ashyodan kimyoviy tola (atsetat ipagi) ishlab chiqaradigan, azot, sovun, gaz apparatlari, neftni qayta ishlash, mexanika, paxta tozalash, konserva zavodlari; uysozlik, moy, sut k-tlari, trikotaj, pillakashlik, poyabzal fabrikaalari, "Fargʻonapivo", don mahsulotlari korxonalari ishlab turibdi. 24 qoʻshma korxona ("KabulFargʻona", "Oʻzsalaman", "Ferteks", "Yevraziya Tapo Disk", "Ferkon" va boshqalar) faoliyat koʻrsatadi. Sanoat korxonalari, asosan, shahar markazida hamda Qirguli mavzeida joylashgan. Fargʻona Respublikaning yirik ilm va madaniyat markazlaridan biridir. Fargʻonadan 52 km jan.da Shohimardon kurorti, shahardan 32 km narida, Oltiariq tumanidagi xushmanzara joyda 2 yirik shifoxona joylashgan. 2 madaniyat saroyi, 28 kutubxona, viloyat oʻlkashunoslik muzeyi, 4 madaniyat uyi, musiqali drama teatri, rus drama teatri, qoʻgʻirchoq teatri, yoshlar xiyoboni, madaniyat va istirohat bogʻi, Toshkent 2-tibbiyot instituti filiali, universitet, politexnika instituti, 3 ta bolalar musiqa maktabi, sanʼat maktabi, 41 umumiy taʼlim, 4 kattalar taʼlimi maktablari, 3 akad. litsey, 18 kasbhunar kolleji faoliyat koʻrsatadi. 3 stadion, sport majmuasi, kasalxona, poliklinika, dorixonalar mavjud. Fargʻonadan tuman markazlari, shahar va shaharchalariga avtobus qatnaydi. Havo transporti orqali Toshkent shahri, viloyat markazlari va xorijiy davlatlar bilan bogʻlangan. Shaharda 2 viloyat gazeta, shahar gazeta ("Fargʻona tongi", 1955 yil 29 dekabrda tashkil etilgan, adadi 3000), 22 tarmoq gaz., 15 xususiy gazeta va 6 jurnal nashr etiladi. 3 ta telestudiya faoliyat koʻrsatadi. Download 44.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling