Kitob tumanining kelib chiqishi va tarixi
Download 350.35 Kb.
|
Kitob tumanining kelib chiqishi va tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarixi
- Etiboringiz uchun rahmat
Kitob tumanining kelib chiqishi va tarixi▶ Kitob tumani - Oʻzbekiston Respublikasining Qashqadaryo viloyatidagi tuman. Viloyatning shimoli-sharqida. 1926-yil sentabrda tashkil etilgan. 1962-yil 24- dekabrda Shahrisabz tumani bilan birlashtirilgan. 1968-yil 25-dekabrda qayta toʻzildi. Viloyatning Chiroqchi, Shahrisabz tumanlari, Samarqand viloyati va Tojikiston bilan chegaradosh. Maydoni 1,75 ming km². ▶ Aholisi 272,1 ming kishi (2022). Kitob tumanida 1 shahar (Kitob), 13 ta shaharcha (Alaqoʻyliq,Bektemir, Beshterak, Beshariq, Varganza, Yangiobod, Obikanda, Panji, Sariosiyo, Sevaz, Rusqishloq, Yakkatut), 59 mahalla bor (2022). Markazi — Kitob shahri. Tuman hududidan Katta Oʻzbekiston trakti oʻtgan. Taxtaqoracha dovoni (balandligi 1788 m) esa respublika janubini shimoliy viloyatlar bilan bogʻlaydi. ▶ Tabiati. Hududining katta qismini shimoliy va sharqiy chegaralar boʻylab choʻzilgan baland Hisor va Zarafshon togʻlari (4000 m) egallagan. Baland togʻlar tuman hududini sovuq havo oqimidan toʻsib turgani uchun tuman iqlimi viloyatda eng moʻtadil. Oʻrtacha temperatura yanvar da 0,8°, iyulniki 28°. Yiliga oʻrtacha 545 mm yogʻin toʻshadi. Yogʻinning 85% bahor va qish fasllariga toʻgʻri keladi. Tuman hududidan Qashqadaryoning irmoqlari — Kichikjar, Oqsuv, Jinnidaryo, Oqsaryo oqib oʻtadi. ▶ Tuprogʻi Shahrisabz-Kitob botigʻida tipik boʻz, daryo boʻyida allyuvial boʻz, togʻlarda qoʻngʻir tuproq. Efemer oʻsimliklar hamma joyda uchraydi. Suv boʻylarida qamish, yulgʻun oʻsadi. Togʻ yon bagʻirlarida archa, bodom, doʻlana, olma, tol, yongʻoq, pista, zarang daraxtlari va xilma-xil butalar oʻrmon hosil qilgan. Togʻ yon bagʻirlari chorva mollari uchun yozgi yaylov. Tulki, boʻri, chiyaboʻri, boʻrsiq, ayiq, qobon, togʻ echkisi, arhar; sudraluvchilar; kaklik, chil, bulbul va boshqa yashaydi. ▶ Aholisi, asosan, oʻzbeklar; tojik, rus, tatar va boshqa ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km² ga 140 kishi. Shaharliklar 101,1 ming kishi, qishloq aholisi 170.1 ming kishi (2022). ▶ Xoʻjaligi. Kitob tumani qadimdan muhim savdo yoʻllarining ustida joylashganligi va Samarqand, Buxoro hamda Shahrisabzga yaqinligi uchun dehqonchilik va hunarmandchilik rivojlangan hududlaridan biri boʻlgan. Tuman xoʻjaligining asosini dehqonchilik va chorvachilik tashkil qiladi. Qishloq xoʻjaligida sugʻoriladigan yerlar 8,3 ming ga, shu jumladan, 3 ming ga yerga don ekinlari, qolgan yerlarga sabzavot-poliz, kartoshka, yemxashak ekinlari ekiladi. 8.7 ming ga yaqin maydon bogʻ va tokzor. Chorvachilikda qoramol, qoʻy va echki boqiladi. Paxta tozalash va vino zavodlari faoliyat koʻrsatmoqda. Tumanda 95 umumiy taʼlim maktabi, 2 ta davlat ixtisoslashtirilga maktab internati, 3 kasb-hunar maktabi, stadion va tennis kort, suzish havzalari bor. Tuman tibbiyot birlashmasi, 6 ta oilaviy poliklinika, 6 ta oilaviy shifokorlik punkti, dorixonalar mavjud boʻlib, 2.5 mingga yaqin oliy va oʻrta maʼlumotli tibbiy xodim ishlaydi (2022). 1935-yildan „Kitob tongi“ tuman gaz. chiqadi (adadi 1000). Tumanda Kitob balandtogʻ rasadxonalar majmuasi faoliyat koʻrsatadi. Tarixi▶ Kitob shahri Oʻzbekistonning navqiron shaharlaridan biri hisoblanadi. ▶ KIFTIOB-yoxud ikki daryo oʻrtasidagi shahar demakdir. Kitob tumani hududini uch tomondan baland togʻlar — Ziyovuddin, Qoʻrgʻontogʻ (Zarafshon tog' tizmasining davomi) va Taxta Qoracha (Hisor tog' tizmasining davomi) togʻi oʻrab turadi. Joʻgʻrofiy joylashuvi jihatidan bu shahar shimoldan Samarqand viloyati, sharqdan qoʻshni Tojikiston Respublikasi, janubdan Shahrisabz, gʻarbdan Chiroqchi tumanlari bilan chegaradosh Kitob soʻzi asli tojik tilidan olingan boʻlib, «Kift» — yelka, «ob» — suv, yaʼni yelkadan oʻtgan suv degan maʼnoni anglatadi. Kitob shahrining ikki tomonidan ikki daryo — Qashqadaryo va Oqdaryo oqib oʻtadi. Ikki daryo oraligʻida esa Kifti-ob — suv boshi, yaʼni Kitob shahri joylashgan. Aytishlaricha, «Kitob» soʻzining arabcha (sahifalar bor, oʻqish mumkin boʻlgan) «kitob» soʻziga aloqasi yoʻq. Kitob shahri yozma manbalarda XVIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab uchraydi. Tarixiy maʼlumotlarga koʻra, XVIII asrning oxiri XIX asrning ikkinchi yarmida shaharda toʻquvchilik, boʻyoqchilik, gilamdoʻzlik, kashtadoʻzlik, doʻppidoʻzlik, zargarlik, misgarlik, temirchilik, koʻnchilik, mahsidoʻzlik, kovushdoʻzlik, kulolchilik, duradgorlik, tegirmonchilik, juvozkashlik kabi 30 dan ortiq hunar turi mavjudligi va u yaxshi rivojlanganligi qayd etilgan. Arxiv maʼlumotlariga koʻra, 1870-yilning oxirida Kitob shahridagi 51 ta guzarda 3700 xonadon boʻlib, unda 18500 nafar aholi yashagan. Shaharda 3 ta madrasa, 9 ta masjid, maktablar, 12 ta karvonsaroy, 2 ta bozor maydoni, yuzlab savdo doʻkonlari va rastalar boʻlgan. Oʻzbek-tojik tillarida sheʼrlar ijod qilgan «Yusuf va Zulayho» dostonini yaratgan shoir Junaydullo Islom shayx oʻgʻli Hoziq, «Chor darvesh», «Mahfil oro», «Toʻtinomo» kabi yirik asarlar yaratgan Mullo Qurbon Xromiy, «Alpomish», «Saydimxon», «Malika ayyor», «Avazxon», «Xilomon», «Qironxon», «Kuntugʻmish», «Goʻroʻgʻli», «Yusuf bilan Ahmad» kabi xalq dostonlarini qoyilmaqom etib kuylagan baxshi-shoir, Oʻzbekiston xalq dostonchisi Abdulla Nurali oʻgʻli va boshqalar shular jumlasidan. Jahon fani taraqqiyotiga oʻz hissasini qoʻshib kelayotgan dunyoning beshdan bir muhim nuqtasi — Mirzo Ulugʻbek nomidagi Xalqaro Kenglik Stantsiyasi — rasadxonasi ham Kitob shahrida faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Mustaqillik yillarida Kitob shahri va tumanining qiyofasi butunlay oʻzgarib, yangi turar-joylar, maktablar, litsey va kollejlar, madaniyat markazlari, sport maydonlari, tibbiyot muassasalari qad koʻtardi. E'tiboringiz uchun rahmatDownload 350.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling