Kitob tumani


Download 86.52 Kb.
Pdf ko'rish
Sana28.12.2022
Hajmi86.52 Kb.
#1011883
Bog'liq
Kitob tumani - Vikipediya



Kitob tumani
Kitob tumani - 
Oʻzbekiston Respublikasining
 
Qashqadaryo viloyatidagi
 
tuman
. Viloyatning
shimoli-sharqida. 1926-yil sentabrda tashkil etilgan. 1962-yil 24-dekabrda 
Shahrisabz tumani
bilan birlashtirilgan. 1968-yil 25-dekabrda qayta toʻzildi. Viloyatning Chiroqchi, Shahrisabz
tumanlari, 
Samarqand viloyati
 va 
Tojikiston
bilan chegaradosh. Maydoni 1,75 ming km². Aholisi
272,1 ming kishi (2022). Kitob tumanida 1 shahar (Kitob), 13 ta shaharcha (Alaqoʻyliq,Bektemir,
Beshterak, Beshariq, Varganza, Yangiobod, Obikanda, Panji, Sariosiyo, Sevaz, Rusqishloq,
Yakkatut), 59 mahalla bor (2022). Markazi — 
Kitob
shahri. Tuman hududidan Katta Oʻzbekiston
trakti oʻtgan. Taxtaqoracha dovoni (balandligi 1788 m) esa respublika janubini shimoliy
viloyatlar bilan bogʻlaydi.


Tabiati. Hududining katta qismini shimoliy va sharqiy chegaralar boʻylab choʻzilgan baland Hisor
va Zarafshon togʻlari (4000 m) egallagan. Baland togʻlar tuman hududini sovuq havo oqimidan
toʻsib turgani uchun tuman iqlimi viloyatda eng moʻtadil. Oʻrtacha temperatura yanvar da 0,8°,
iyulniki 28°. Yiliga oʻrtacha 545 mm yogʻin toʻshadi. Yogʻinning 85% bahor va qish fasllariga
toʻgʻri keladi. Tuman hududidan Qashqadaryoning irmoqlari — Kichikjar, Oqsuv, Jinnidaryo,
Kitob tumani
Zarafshon tizmasi
tuman
Tarkibida
Qashqadaryo viloyati
Maʼmuriy markazi
Kitob
Asos solingan sanasi
1926-yil
Rasmiy tillar
Oʻzbek
Soat mintaqasi
UTC+5


Oqsaryo oqib oʻtadi. Tuprogʻi Shahrisabz-Kitob botigʻida tipik boʻz, daryo boʻyida allyuvial boʻz,
togʻlarda qoʻngʻir tuproq. Efemer oʻsimliklar hamma joyda uchraydi. Suv boʻylarida qamish,
yulgʻun oʻsadi. Togʻ yon bagʻirlarida archa, bodom, doʻlana, olma, tol, yongʻoq, pista, zarang
daraxtlari va xilma-xil butalar oʻrmon hosil qilgan. Togʻ yon bagʻirlari chorva mollari uchun yozgi
yaylov. Tulki, boʻri, chiyaboʻri, boʻrsiq, ayiq, qobon, togʻ echkisi, arhar; sudraluvchilar; kaklik, chil,
bulbul va boshqa yashaydi.
Aholisi, asosan, oʻzbeklar; tojik, rus, tatar va boshqa ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi
1 km² ga 140 kishi. Shaharliklar 101,1 ming kishi, qishloq aholisi 170.1 ming kishi (2022).
Xoʻjaligi. Kitob tumani qadimdan muhim savdo yoʻllarining ustida joylashganligi va Samarqand,
Buxoro hamda Shahrisabzga yaqinligi uchun dehqonchilik va hunarmandchilik rivojlangan
hududlaridan biri boʻlgan. Tuman xoʻjaligining asosini dehqonchilik va chorvachilik tashkil qiladi.
Qishloq xoʻjaligida sugʻoriladigan yerlar 8,3 ming ga, shu jumladan, 3 ming ga yerga don ekinlari,
qolgan yerlarga sabzavot-poliz, kartoshka, yemxashak ekinlari ekiladi. 8.7 ming ga yaqin maydon
bogʻ va tokzor. Chorvachilikda qoramol, qoʻy va echki boqiladi. Paxta tozalash va vino zavodlari
faoliyat koʻrsatmoqda. Tumanda 95 umumiy taʼlim maktabi, 2 ta davlat ixtisoslashtirilga
maktab internati, 3 kasb-hunar maktabi, stadion va tennis kort, suzish havzalari bor. Tuman
tibbiyot birlashmasi, 6 ta oilaviy poliklinika, 6 ta oilaviy shifokorlik punkti, dorixonalar mavjud
boʻlib, 2.5 mingga yaqin oliy va oʻrta maʼlumotli tibbiy xodim ishlaydi (2022). 1935-yildan „Kitob
tongi“ tuman gaz. chiqadi (adadi 1000). Tumanda Kitob balandtogʻ rasadxonalar majmuasi
faoliyat koʻrsatadi.
[1]
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Kitob_tumani&oldid=3177236

dan olindi
Manbalar


 
Soʻnggi tahrir 28 kun avval
 
MalikxanBot
 tomonidan amalga oshirildi

Download 86.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling