Fotoapparat obyektning tasvirini fotoplyonka, fotoplastina yoki foto qog‘ozga tushirib, saqlaydigan qilib beradigan asbob
Download 0.59 Mb.
|
Fotoapparat
Mavzu:Toshkent-2022 Fotoapparat Fotoapparat - obyektning tasvirini fotoplyonka, fotoplastina yoki foto qog‘ozga tushirib, saqlaydigan qilib beradigan asbob. Fotoapparatning asosiy qismini kamera va unda joylashgan obyektivdan iborat. Obyektivdagi linza kamera ekranida buyumning teskari, haqiqiy va kichraygan tasviri hosil bo‘ladi. Elementda olingan tasvirning nuqtalari shakllanadi. Tasvirning bu nuqtalari - piksel deb yuritiladi. Pixel - inglizcha (picture element) so‘zlardan olingan bo‘lib, tasvir elementi degan ma‘noni anglatadi. Piksel fotoapparat uchun muhim sifat xarakteristikasi hisoblanadi. Agar fotoapparatning pikseli qancha katta bo‘lsa, bu fotoapparatda olinga tasvir sifatli bo‘ladi. Eng yaxshi fotoapparatning tasvirni qayd qiluvchi elementi bir necha o‘n mega pikselni tashkil qiladi. Fotoapparatda d1 masofadan suratga olingan jism tasvirining o‘lchami h1, d2 masofada esa h2 bo‘lsa, ob'ektiv linzaning fokus masofasi: F=h1d1-h2d2/h1-h2 TARIX Milloddan avvalgi 350-yilda yunon olimi Aristotel kichik teshikdan qorong‘i xonaga tushayotgan yorug‘lik nurlaridan xonaning qarama-qarshi devorida tashqaridagi, darcha oldidagi narsalarning yorug‘lik tasviri hosil bo‘lishi mumkin degan edi. XVIII asr o‘tgandan keyin Leonardo da Vinchi bu hodisadan turli narsalarning tasvirini qog‘ozda chizishda foydalangan. 1611-yilda nemis fizigi I.Kepler ikki linzadan iborat teleskopik tizimni yasadi. 1840-yilda avstraliyalik olim I.Petsval bir necha linzadan iborat optik tizimni hisoblab chiqdi va uni nemis optigi Foixtlender yasadi. XIX asr 30-yillarida fransiyalik Jiro kassetasi katta bo‘lgan yog‘och fotokamerani ko‘plab ishlab chiqardi. 1842-yilda Germaniyada metall korpusli fotoapparat ishlab chiqarila boshlandi. 1888-yilda amerikalik ixtirochi J. Istmen dunyoda birinchi marta rolikka o‘ralgan fotoplyonka o‘rnatilgan fotoapparat yaratdi. 1924-yilda "Leys" firmasi kichik formatli "Leyka" fotoapparatni, 1970-yillarda ekspozitsion parametrlari yarim avtomatik va avtomatik o‘rnatiladigan, ob'yektivi avtomatik fokuslanadigan, fotozatvori elektron boshqariladigan, plyonkani tortish mexanizmi elektr yuritmali fotoapparatlar yaratildi. Hozir fototasvirlarni bir zumda chiqarib beradigan, uyali telefon apparatiga "singdirilgan" fotoapparatlar mavjud. NEWS Yaponiyaning Nikon kompaniyasi o‘zining yangi 8K S35 fotoapparatini taqdim etdi. Uning asl narxi 30 000 $ ni tashkil etadi. Kamerasi esa 83 karra kattalashtirib ko‘rsatadi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling