Fotofosforlanish jarayonlarida elektronlarning yo’li
Download 358.55 Kb.
|
7 Raxmanov zokir
- Bu sahifa navigatsiya:
- Siklik va siklik bo’lmagan fotofosforlanish
- E’tiboringiz uchun rahmat!!! Sirtqi Biologiya 302-guruh talabasi Tojoboyeva Orzuxonning botanika fanidan mustaqil ishi
Fotofosforlanish jarayonlarida elektronlarning yo’liReja:1.Fotofosforlanish haqida ma’lumot2.Siklik va siklik bo’lmagan fotofosforlanishFotosintetikfosforlanish. Fotosintez qobiliyatiga ega bo’lgan organizmlaming o’ziga xos xususiyatlaridan biri quyoshning yorug’lik energiyasini bevosita kimyoviy energiyaga aylantirishidir. Kimyoviy energiya fotosintetik organizmlar fosfat bog’lar sifatida ATFda to’planadi. O’simliklar xloroplastida yorug’da ADF va anorganik fosfatdan ATF sintezlanishi fotosintetik fosforlanish deb ataladi. Fotosintetik fosforlanish jarayonlari oksidativ fosforlanishdan farq qilib, kislorod ishtirok etishini talab qilmaydi. Fotosintetik fosforlanish jarayoni 1954-yilda Arnon kashf etgan n-ADF + n • Panorg ----► ATF Siklik va siklik bo’lmagan fotofosforlanishBu jarayonda ATFni hosil bo’lishi turli xildagi reaksiyalarga bog’liq bo'lib, ular bir-biridan reaksiyada ishtirok etadigan kofaktorlari va icaksiya natijasida hosil bo’ladigan mahsulotlari bilan farq qiladi Fotosintetik fosforlanish reaksiyalari ikki asosiy guruhga: siklik(halqali) fotosintetik fosforlanish va siklik bo’lmagan (halqasiz) lotosintetik fosforlanishga bo’linadi Siklik fotofosforlanish. Bu jarayonda yorug’lik energiyasi faqat ATFsintezlanishi uchun sarflanadi. Siklik fotofosforlanish reaksiyasi anaerob sharoitda borgani uchun kislorod ishtirok etishini talab qilmaydi. reaksiya davomida kislorod yutilmaydi va ajralib ham chiqmaydi. Siklik fotofosforlanish reaksiyalarida quyoshning yorug’lik energiyasini yutgan xlorofill qo’zg’algan holatga o’tadi. Bunday holatdagi xlorofill molekulasi elektronlar donori sifatida yuqori potensialga ega bo'lgan tashqi qavatdagi elektronlarni chiqarib yuboradi. Natijada xlorofill molekulasi musbat zaryadga ega bo’lib qoladi. Elektron ma’lum elektron o’tkazuvchi tizim orqali ko’chirilib, musbat zaryadga ega bo’lgan va shu tufayli elektronning akseptori sifatida namoyon bo’lgan avvalgi xlorofill molekulasiga qaytadi. Shunday qilib, elektron bosib o’tgan yo’l halqani (siklni) tashkil qiladi. Bu yo’lning ma’lum qismlarida elektronning energiyasi fermentativ tizimlar ishtirokida ATF sintezlanishi uchun sarflanadi. Siklik bo’lmagan fotofosforlanish. Siklik bo’lmagan fotofosforlanish reaksiyasida ATF hosil bo’lishi bilan bir qatorda, NADF qaytariladi va molekulyar kislorod ajralib chiqidi: 2NADF* +2ADF + P anorS + 4Ш О * 2NADF*H2+2ATF + O2+2H2O Reaksiya natijasida hosil bo’ladigan ATF, NADF.H2 va O2 ning steximometrik miqdori 1:1:1 nisbatda bo’ladi. Siklik bo’lmagan fotofosforlanish reaksiyalarida ikkita pigment tizim 680-690 mmk uzunlikdagi nurlami yutuvchi xlorofill a dan iborat bo’lib, yorug’lik spektrining uzun to’lqinli qizil nurlarini yutish xususiyatiga ega. II pigment tizim esa 670 mmk uzunlikdagi nurlami yutuvchi xlorofill a xlorofill b va boshqa pigmentlardan iborat bo’lib, yorug’lik spektrining qisqa to’lqinli nurlarini yutish xususiyatiga ega. Ikki fotokimyoviy tizimning o’zaro ta’siri natijasida ATF, NADF*H2 hosil bo’ladi. Suvning parchalanishi natijasida molekulyar kislorod ajralib chiqadi. Fotosintezning yorug’lik reaksiyalarida hosil bo’lgan NADF*H2 va ATF karbonat angidridni o’zlashtirish uchun sarflanadi. Bu jarayon quyidagi yo’llar bilan amalga oshiriladi. Fotosintezni ikkita asosiy qismga bo'lish mumkin: (1) elektronga o'tkaziladigan fotosintetik reaktsiyalar ("yorug'lik reaktsiyalari") va (2) uglerodni fiksatsiya qilish reaktsiyalari ("qorong'u reaktsiyalar"). "Yorug'lik reaktsiyalari" fotosintetik pigment xlorofillidagi quyosh nuri bilan ishlaydigan elektronlarni o'z ichiga oladi va ular tirakoid membranasida elektron transport zanjiri bo'ylab harakatlanib, ATP va NADPH hosil bo'lishiga olib keladi. "Qorong'u reaktsiyalar" "yorug'lik reaktsiyalari" natijasida hosil bo'lgan ATP va NADPH yordamida CO2 dan organik birikmalar hosil qilishni o'z ichiga oladi va ushbu maqolada bundan keyin muhokama qilinmaydi. E’tiboringiz uchun rahmat!!! Sirtqi Biologiya 302-guruh talabasi Tojoboyeva Orzuxonning botanika fanidan mustaqil ishiDownload 358.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling