Fotorammetriya
- Shakl.Bir marshrutli aerofotosyomka
Download 0.77 Mb. Pdf ko'rish
|
2-Fotogrammetriya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2 - shakl.Bitta marshrutli aerofotosyomka va suratga olish bazisi.
1- Shakl.Bir marshrutli aerofotosyomka
4 aerofotoapparatlarning soniga bog’liq holda belgilab berilishi mumkin. Aerofotosuratlarning soni va joylashishi bo’yicha yakka kadrli,marshrutli va ko’p marshrutli aerofotosyomka turlariga ajraladi. Yakka kadrli aerofotosyomkada joy bir-biriga bog’lanmagan,alohida- alohida suratlar tarzida olinadi. Kuzatuvlar bu aerofotosyomka suratlar orqali,stereoskopik kuzatuvlar zaruriyati bo’lmaganda amalga oshiriladi. Marshrutli aerofotosyomkada joy uchish yo’nalishi bo’yicha suratga olinadi.Suratga olinyotgan obyektning turiga qarab aerofotosyomka marshruti yo’nalishi to’g’ri,siniq yoki chiziq (masalan,daryolarni syomka qilishda) shaklida bo’lishi mumkin. 2 - shakl.Bitta marshrutli aerofotosyomka va suratga olish bazisi. 5 Bitta marshrutli aerofotosyomkada ketma-ket olingan suratlar bir-birini bo’ylamasiga qoplab boradi. Ushbu qoplanish miqdori quyidagi ifoda yordamida topiladi. 𝑃𝑥 x % = 𝘐𝑥 100 = %. Bu yerda l x - uchish yo’nalishi bo’yicha aerosuratning o’lchami; P X – shu yo’nalish bo’yicha suratning qoplangan qismi o’lchami. Odatda bo’ylama qoplashing 60 % dan 80 % gacha bo’ladi,bo’ylama qoplanishning eng kichik qiymati 56 % ni,eng katta qiymati 85 % ni tashkil qiladi. Ketma – ket olingan 2 ta surat markaziy nuqtalari orasidagi masofa suratga olish bazisi deyiladi. Ko’p marshrut yordamida suratga olish imkoni bolmagan obyektlar bir necha parallel marshrutlar,ya’ni ko’p marshrutli aerofotosyomka yordamida amalga oshiriladi. Ko’p marshrut aerofotosyomkada bir marshrutli suratlar ikkinchi marshrutdagi suratlar bilan ko’ndalanggiga qoplanadi.Suratlarning ko’ndalang qoplanishi joydagi nuqtalarning suratga olish uchastkasining o’rtacha tekisligi o’rtasidagi nisbiy balandlik (h) va suratga olish balandligi (H) ga bog’liq holda aerofotosyomka oldidan 1:25 000 masshtab uchun (1.4),1:10 000 va undan yirik masshtab uchun esa (1.5) formula yordamida topilgan qiymat bilan belgilab beriladi. Q y = 30+70(h/H); (1.4) Q y = 40+60(h/H). (1.5) Bu yerda: q y – aerosuratning ko’ndalang qoplanish qiymati; H – suratga olish balandligi; h-joyning o’rtacha nisbiy balandligi. Bo’ylama va ko’ndalang qoplanishlar orqali suratning ishchi maydoni chegarasi aniqlanadi. Ikkinchi marta bo’ylama va ko’ndalang qoplanishlar o’rtasida o’tuvchi chiziq bilan chegaralangan maydon suratning ishchi maydoni deyiladi. Ishchi maydon chegarasi abssissa o’qi bo’yicha (1.6),ordinata o’qi bo’yicha esa (1.7) formula yordamida topiladi. b x = l (100-q x )/100; b y = l (100-q y )/100; Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling