Fotosintez va pigmentlar. Fotosintezning yorug’lik va qorong’ulik reaksiyalari
Download 28.61 Kb.
|
Fotosintez Fiziologiyasi
1932 yilda olimlar Robert Emerson va Uilyam Arnold xlorofillning juda ko‘p molekulalari fotosintez jarayonlarida energiyaning shakllanishi uchun birgalikda ishtirok etishini isbotlovchi ilk tajribalarni o‘tkazishdi. Ular yashil suvo‘tlari (rugepoMot) dan tashkil topgan suspenziyadan juda qisqa yorug‘lik chaqnashini (10-5 8) yo‘naltirdilar va ishlab chiqarilgan kislorod miqdorini o‘lchadilar. Chaqnashlar o‘zaro 0.1 soniya oraliqdagi uzoqliklarda hosil qilingan va Emerson va Arnold o‘lchagan bu vaqt oraligi keyingi chaqnash yuz bergunga qadar fotosintez jarayonlarining fermentativ bosqichlari yuzaga kelishi uchun yetarlicha vaqt edi.
Tadqiqotchilar energiya miqdorlarini o‘zgartirib ko‘rishdi vasezilarli darajada yuqori intensiv chaqnashlar holatida yuqori energiya berilganida kislorod hosil bo‘lish miqdori oshmasligini aniqladilar. (Fotosintetik tizim yorug‘lik bilan to‘yintiriladi, rasmga qarang). Kislorod va yorug‘lik chaqnashlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni o‘rganish jarayonida Emerson va Arnold namuna tajribalarida yorug‘lik bilan to‘yintirilgan namunalarda har bir 2500 xlorofill molekulasi atiga bir molekula kislorod ishlab chiqarganini aniqlaganlar.
Shundan xulosa qilish mumkinki, bir necha yuz pigmentlar reaksiya markazlarigi bog‘langan bo‘ladi va har bir reaksiya markazi bir molekula kislorod hosil qilish uchun 2500 molekula xlorofillni jalb etgan holda,to‘rt marotaba ishlashi kerak.
Download 28.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling