Foundation kursi: Video taqdimot hisoboti isft instituti
Download 117.99 Kb.
|
preposition hisobot FFK 10
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: Prepositions of place and time
- . Vazifalar bo’limi
- Xasanov Shahzod
- Tuxliboev Abdulvosit
- Mavlanova Lobar
- Qiyinchiliklar.
ISFT Instituti 22-FFK-10- GURUH Semestr 1 / Dekabr, 2022 Video taqdimot hisoboti Guruh a’zolari: Ubbiniyazov Sherniyoz Xasanov Shahzod Tuxliboev Abdulvosit Mavlanova Lobar Foundation kursi 22-FFK-10 Fan o’qituvchisi: Maxkamova Munisxon Mavzu: Prepositions of place and time 1. Kirish qismi. “Prepositions of place and time” mavzusini guruh a’zolari bilan muhokama qilindi. Biror shaxs yoki predmetni joylashuvini bildirish uchun biz in, on, at predloglaridan foydalangan edik. Ushbu mavzuyimizda esa huddi shu predloglardan vaqtni ifodalashni o’rganamiz. Vaqt predloglari ko’proq gap so’ngida keladi.Ular in, at va on Ingliz tilida kunning qaysidir qismini, oylarni, fasllarni va yillarni ifodalaganimizda IN predlogidan foydalanamiz. Predlog bu ot, olmosh yoki ot soʻz birikmasidan oldin yoʻnalish, vaqt, joy, joylashuv, fazoviy munosabatlarni koʻrsatish yoki predmetni kiritish uchun ishlatiladigan soʻz yoki soʻzlar guruhidir. Old qo'shimchalarning ba'zi misollari "in", "at", "on", "of" va "to" kabi so'zlardir. Ingliz tilidagi predloglar juda idiomatikdir. Foydalanish uchun ba'zi qoidalar mavjud bo'lsa-da, ko'p predlogdan foydalanish qat'iy iboralar bilan belgilanadi. Bunday hollarda alohida predlog o‘rniga iborani yodlab olgan ma’qul. Ayrim fe’l va sifatlardan keyin ma’lum bir bosh gap keladi. Ba'zan fe'l va sifatlardan keyin turli xil yuklamalar kelishi mumkin, bu iboraga turli xil ma'nolarni beradi. Qaysi predloglar fe'l yoki sifatdan keyin kelishini bilish uchun Merriam Webster kabi onlayn lug'atda fe'l yoki sifatni qidiriladi yoki The Corpus of Contemporary American English kabi korpusdan foydalanish maqsadga muvofiq. Faqat predlog o'rniga bu iboralarni yodlash eng foydali hisoblanadi. “Destination Grammer and Vocabulary” hamda “Raund Up” darsligidan foydalanildi. 2. Vazifalar bo’limi. Guruh a’zolari birgalikda “Prepositions of place and time” mavzusini rejalar asosida taqsimlab video taqdimot yaratildi. Ubbiniyazov Sherniyoz “In” predlogini yoritib berdi. “in” predlogi biror narsaning ichida nimadir borligini bildiradi. Bundan tashqari vaqt tushunchalari bilan ham qo’llaniladi. “in” predlogining ishlatilishi hamda qay tarzda qo’llanilishihaqida aytildi. Misollar keltirildi. Ingliz tilida kunning qaysidir qismini, oylarni, fasllarni va yillarni ifodalaganimizda IN predlogidan foydalanamiz. Masalan: in the morning – ertalab in the afternoon – tush payti in the evening – kechki payt in November – Noyabrda in the summer – yozda in 1992 (years) – 1992 yilda Xasanov Shahzod “on” predlogi haqida aytib o’tdi. “on” predlogi biror narsaning ustida nimadir borligini anglatadi. “on” predlogi asosan hafta kunlari, bayram kunlari bilan ham ishlatiladi. Hafta kunlarini va birorbir kun yoki oyning aniq bir qismini ifodalaganda ON predlogidan foydalanamiz. Masalan: on Sunday – yakshanba kuni on Monday – dushanba kuni on Friday – juma kuni on October 4th – oktyabrning 4-kuni on Sunday afternoon – yakshanba tush paytida. Jane ertalab maktabga boradi. U aynan tush paytida tushlik qiladi. U parkga yakshanba kuni boradi. Tuxliboev Abdulvosit “at” predlogi haqida ma’lumot berdi. “at” predlogi biror narsa yonida biror narsaning mavjudligini ifodalaydi. Soat aytgan vaqtda “at” predlogidan foydalaniladi. Ayrim bayramlar oldidan ham “at” predlogi ishlatiladi. AT predlogini esa aniq bo`lgan vaqtlarni ifodalashda ishlatiladi. Masalan: at 8 o`clock- soat 8 da at the moment – ayni vaqtda at noon – tush vaqtida at night – tunda at midnight – tunning yarmida at the weekend – hafta oxirida Mavlanova Lobar “Preposition of place’’ Preposition of place joy predloglari bo’lib, biror shaxs yoki buyumni joylashuvini bildiradi va otdan oldin qo’yiladi. Joy predloglari quyidagilar: in, under, on, behind in – ichida on – ustida under – ostida behind – orqaisda The rabbit is in the hat. Quyon shlyapaning ichida The book is on the table. Kitob stolning ustida 3. Qiyinchiliklar. Bu loyihani tayyorlashda biroz qiyinchiliklarga duch kelindi va guruh qiyinchiliklarni yengib o’tishdi. Agar imkoniyat bo’lganida bu loyihaga yana qo’shimcha ma’lumot kiritgan bo’lar edik. 4. O'rganilgan saboqlar. Kelajakdagi loyiha ishlariga qo’l keladigan ko’plab foydali va samarali bilimlarga ega bo’ldik va biz buni loyihaga tayyorgarlik davrida anglab yetdik. Ingliz tilida to’g’ri so’z tuzish uchun qayerda qanday predloglardan foydalanish zarurligini bilib oldik. Biz bajargan loyiha ishimizdan qoniqdik. Ishimizni 1 dan 10 gacha bo'lgan mezon bo'yicha 8 ball bilan baholadik. Download 117.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling