Foyda solig’i


) soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchilari bo’lgan yuridik shaxslar


Download 82.91 Kb.
bet3/7
Sana01.04.2023
Hajmi82.91 Kb.
#1315844
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Foyda soliq

4) soliq to’lovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining mas’ul ishtirokchilari bo’lgan yuridik shaxslar;

5) soliq davrida tovarlar (xizmatlar)ni realizatsiya qilishdan olgan daromadlari bir milliard so’mdan ortiq bo’lgan yoki o’z ixtiyori bilan foyda solig’ini to’lashga o’tgan yakka tartibdagi tadbirkorlar;

6) oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat to’g’risidagi shartnoma) doirasida amalga oshiriladigan faoliyat bo’yicha oddiy shirkatning ishonchli shaxsi

Soliq to’lovchi tomonidan olingan foyda - foyda solig’i bo’yicha soliq solish ob’ekti hisoblanadi.

Soliq to’lovchi tomonidan olingan foyda - foyda solig’i bo’yicha soliq solish ob’ekti hisoblanadi.

Foyda solig’ini hisoblash maqsadida quyidagilar foyda deb hisoblanadi:

1) yuridik shaxs uchun – jami daromad va xarajatlar o’rtasidagi farq;

2) faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi norezident uchun –doimiy muassasaning faoliyati bilan bog’liq bo’lgan jami daromad (shu jumladan bunday doimiy muassasaning faoliyati bilan bog’liq bo’lgan, O’zbekiston Respublikasidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlar) va xarajatlar o’rtasidagi farq;

3) norezident uchun – O’zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlar;

4) yakka tartibdagi tadbirkor uchun – jami daromad va xarajatlar o’rtasidagi farq;

5) zimmasiga oddiy shirkat ishlarini yuritish yuklatilgan shaxs uchun – birgalikda ishlab chiqarilgan tovar (ko’rsatilgan xizmat)ni realizatsiya qilishdan olingan daromad va birgalikda ishlab chiqarilib realizatsiya qilingan tovar (xizmat)ga to’g’ri keladigan birgalikdagi faoliyatga kiritilgan mablag’lar summasi o’rtasidagi farq.

Soliq solish ob’ektiga muvofiq aniqlanadigan, soliq solinishi lozim bo’lgan foyda summasi soliq bazasi hisoblanadi. Soliq bazasini belgilangan tartibda va shartlarda aniqlashda soliq to’lovchi daromadlari va (yoki) xarajatlari (zararlari)ning ayrim turlari maxsus qoidalar bo’yicha inobatga olinishi yoki inobatga olinmasligi mumkin. Soliq to’lovchi foydani va zararni hisobga olishning umumiy tartibidan farq qiladigan tartibi nazarda tutilgan operatsiyalar bo’yicha daromadlar (xarajatlar)ning alohida-alohida hisobini yuritadi. Soliq bazasi, soliq davri boshlanganidan e’tiboran ortib boruvchi yakun bilan aniqlanadi. Soliq to’lovchi tomonidan hisobot (soliq) davrida ko’rilgan zararlar soliq solish maqsadlarida soliq bazasini belgilangan tartibda va shartlarda kamaytiradi.


Download 82.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling