Foydalanilgan adabiyotlar. Hayot faoliyati xavfsizligini taminlashning tarkibiy qismlari


Download 33.48 Kb.
bet1/7
Sana14.05.2023
Hajmi33.48 Kb.
#1461489
  1   2   3   4   5   6   7

Reja:
1. Hayot faoliyati xavfsizligini taminlashning tarkibiy qismlari.
2.Hayot faoliyati xavfsizligini ta`minlash sohasida O`zbekiston
Respublikasi qonunlari.
3. Hayot faoliyati xavfsizligi fani bо‘yicha glossariylar.
Foydalanilgan adabiyotlar.

1. Hayot faoliyati xavfsizligini taminlashning tarkibiy qismlari.
Inson to'g'ilgan kundan boshlab baxtli yashashga intiladi. U mehnat qilish, dam olish, toza muhit sharoitida yashash huquqiga ega, buni esa O'zbekiston Resbuplikasi Konstitusiyasi kafolatlaydi.
Hayot faoliyati xavfsizligi fani asosan quydagi qismlardan tashkil topgan.
1. Hayot faoliyati xavfsizligi umumiy masalalari to'g'risida ekologik va mehnat qilish qonuniyatlari.
2. Sanoat sanitariyasi va gigienasi.
3. Xavfsizlik texnikasi.
4. Yong'in va portlashga qarshi chora-tadbirlar.
5. Fuqaro muhofazasini sanoat korxonalarida tashkil etish.
• Ishlab chiqarishda ish sharoitini yaratishda asosan mehnat hamda ekologik qonunchiliklariga rioya qilish maqsadga muofiqdir. Mehnat muhofazasi qonunchiligi mehnat qilish va dam olishning huquqiy normalarini o'z ichiga oladi hamda uning himoya qilinishini kafolatlaydi. Ekologik Qonunchilik esa ishlab chiqarishda atrof muhitning inson hayot faoliyati uchun ta'sirini kamaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi.
• Sanoat sanitariyasi va gigienasi ishlab chiqarishda ishlovchilarga zararli faktorlarning ta'sir etishining oldini oluvchi tashkiliy gigiena va sanitariya texnikaviy tadbirlar hamda vositalar sistemasidir.
• Xavfsizlik texnikasi ishlovchilarga ishlab chiqarishdagi xavfli omillarning ta'sir etishining oldini oluvchi tashkiliy va texnikaviy tadbirlar hamda vositalar sistemasidir.
• Yong'in profilaktikasi - ishchilarni olovdan (yong'in va portlashdan) himoya qilishga qaratilgan texnikaviy va tashkiliy tadbirlar kompleksidir.
• Fuqaro muhofazasi ishlab chiqarishda favqulotda holat yuzaga kelganda ishlab chiqarishdagi ishchi xizmatlarni hamda asbob-uskunalarni ko'chirish (evakuasiya) chora-tadbirlarini ishlab chiqish sistemasidir.



Download 33.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling