Foydalanilgan adabiyotlar Jismlarning nurlanishi va nur yutish qobiliyati
Download 50.46 Kb.
|
Issiqlik nurlanishi. Stefan – Boltsman qonuni. Vinn qonuni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar 1. Jismlarning nurlanishi va nur yutish qobiliyati
- Tindal hodisasi
Issiqlik nurlanishi. Stefan – Boltsman qonuni. Vinn qonuni Reja: 1. Jismlarning nurlanishi va nur yutish qobiliyati 2. Kirxgof qonuni 3. Stefan – Boltsman qonuni 4. Vin qonuni 5. Reley – Jins qonuni 6. Plank formulasi Foydalanilgan adabiyotlar 1. Jismlarning nurlanishi va nur yutish qobiliyati Agar yorug’lik o’tayotgan muhit optik jihatdan bir jinsli bo’lsa, ya’ni uning sindirish ko’rsatkichi nuqtadan nuqtaga o’tganda o’zgarmasa, u holda bir xil hajmlarda yorug’lik to’lqini bir xil elektr momentlari induksiyalaydi, bu momentlarning vaqt o’tishi bilan o’zgarishi oqibatida bir xil amplitudali ikkilamchi kogerent to’lqinlar hosil bo’ladi. Agar muhit mutlaqo bir jinsli bo’lsa, to’lqin fronti bir-biridan l masofada joylashgan tengdosh hajmlarning ixtiyoriy ikkitasi chiqarayotgan ikkilamchi to’lqinlar bir-birini so’ndiradi. Bir jinsli muhitda yorug’lik sochilmay, faqat dastlabki yo’nalishda tarqaladi. Yorug’lik sochilmasligining zaruriy va yetarli sharti - muhitning bir jinsli va ikkilamchi to’lqinlarning kogerent bo’lishidir. Real muhitlarda esa turli sabablar bilan yuzaga keladigan optik bir jinslimasliklar hamisha bo’ladi. Tajribalar ko’rsatadiki, yorug’likning sochilishi uchun muhitning bir jinsliligi buzilishi muxim ahamiyatga ega. Elektronlarning majburiy tebranishlari tufayli paydo bo’ladigan ikkilamchi to’lqinlar yorug’lik to’lqini olib kelayotgan energiyaning bir qismini chetga sochadi. Yorug’likning muhitda tarqalishida sochilishini Frenel nazariyasiga asosan ikkilamchi nurlarning interferensiyasi yordamida tushuntirish mumkin. Bir jinslilikning buzilishi bu fazoviy bir jinslimasliklarda yuz beradigan difraksiya hodisalariga sabab bo’ladi. Bunday mayda bir jinslimasliklar tufayli bo’ladigan difraksiya yorug’likning diffuziyasi yoki sochilishi deyiladi. Tindal (1869 y.) ko’zga ko’rinadigan yorug’lik to’lqinining uzunligiga nisbatan kichik bo’lgan zarralarda sochilishini birinchi bo’lib laboratoriya sharoitida kuzatdi. U osmonning zangori bo’lib ko’rinishiga Quyosh yorug’ligining Yer atmosferasidagi mayda chang zarralarida sochilishidan bo’lsa kerak deb hisoblagan. Optik bir jinslimasligi yaqqol ko’rinuvchi muhitlarga xira muhitlar deyiladi. Xira muhitlarda yorug’likning sochilishiga Tindal hodisasi deyiladi. Xira muhitlarda yorug’lik sochilishini o’rganish tajribasi quyidagicha bo’ladi. Y on tomondan turib, A yo’nalishda kuzatganda sochilgan yorug’lik S manbadan kelayotgan yorug’likka qaraganda zangoriroq bo’ladi; qalinligi etarlicha katta bo’lgan kyuvetadan B yo’nalishda o’tgan yorug’lik qizg’ish bo’ladi. S ochilgan yorug’likni dastlabki dastaga nisbatan burchak ostida N qutblagich orqali kuzatganda, S manbadan kelayotgan yorug’lik tabiiy bo’lsa ham, sochilgan nurlar chiziqli qutblangan bo’ladi. Sochilgan yorug’likda elektr vektorining yo’nalishi dastlabki dasta va kuzatish yo’nalishi orqali o’tkazilgan tekislikka tik bo’ladi. Turli yo’nalishlar bo’yicha sochilgan yorug’likning intensivligini baholasak, bu intensivlik dastlabki nur o’qiga nisbatan va unga perpendikulyar bo’lgan chiziqqa nisbatan simmetrik bo’ladi. Turli yo’nalishlar bo’yicha sochilgan yorug’lik intensivligi taqsimotini ko’rsatuvchi grafik sochilish indikatrisasi deb ataladi. Tushayotgan yorug’lik tabiiy yorug’lik bo’lganda intensivlik (1) formula bilan ifodalanadi. Reley (1899 y.) o’lchamlari yorug’lik to’lqin uzunligiga nisbatan kichik bo’lgan sferik zarralarda sochilgan yorug’lik intensivligini aniqlash uchun quyidagi ifodani taklif qildi: (2) Bu yerda: N- sochib yuboruvchi hajmdagi zarralar soni, V’ va - zarraning hajmi va dielektrik singdiruvchanligi, 0 - muhitning dielektrik singdiruvchanligi, - sochilish burchagi, L -kuzatish nuqtasigacha bo’lgan masofa. Sochilgan yorug’lik intenesivligi to’lqin uzunligining to’rtinchi darajasiga teskari proporsional Download 50.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling