Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. Iqtisodiy tahlilning va fan sifatida shakllanishi va rivojlanish bosqichlari


Download 98.5 Kb.
bet6/6
Sana26.06.2023
Hajmi98.5 Kb.
#1655291
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu iqtisodiy tahlilning rivojlanish tarixi va fan sifatida sh

tartibga solish funktsiyasi – boshqaruvchi sub’ektning eng maqbul boshqaruv qarorlarini qabul qilishda o`ta muhim hisoblanadi. Bu bilan, o`rganilayotgan ob’ektga kompleks yondashilib, butun bir tizilmani ijobiy va salbiy jihatlari nazarda tutilgan holda eng maqbul choralar yoki tadbirlar belgilanadi. Natijada, boshqaruv ob’ekti faoliyati yoki dasturidagi salbiy holatlar tugatiladi va boshqaruv dasturlariga aniqlik kiritiladi. Mazkur ishlar bevosita iqtisodiy tahlili yordamida amalga oshiriladi. Chunki, tartibga solinayotgan har bir ob’ekt har tomonlama chuqur o`rganiladi.
Boshqaruvda asosiy faoliyatni ishonchliligini ta’minlashda nazorat etishning ham roli kattadir. Uning yordamida faoliyatning borishi, ularning nechog`lik haqqoniyligi tekshiriladi. Tekshirish jarayonini sifati, ishonchliligi oshirish uchun tahlilning usullari, tamoyillaridan foydalaniladi va shu asosda kerakli hulosalar yoziladi.
Misol uchun, korxonada audit tekshirishlarida moliyaviy holat; barqarorlik; natijalar va shu kabilarni o`rganadi.
Aytib o`tilgan barcha boshqaruv funktsiyalari korxonani iqtisodiy rivojlanishi uchun tayinlangan. Biroq, korxonani faqatgina iqtisodiy tizilma deb qarash ham, unga bir tomonlama yondashishini keltirib chiqaradi. Chunki, uning o`ziga hos ijtimoiy, ekologik va boshqa shu kabi jihatlari ham mavjud.
Demak, korxona tizilmasida ijtimoiy, ekologik jarayonlarni ham tahlil etish undagi mazkur yo`nalishdagi haqiqiy ahvol va uning takomillashtirish masalalarini o`rganadi va ularga ta’sir etadi.
Bularning natijasi esa, iqtisodiy jarayonlarga ko`rsatgan ta’siri bilan aniqlanadi.
Fikrimizni umumlashtirib, shu narsalarni aytish mumkinki iqtisodiy tahlil korxonani boshqarishni muhim funktsiyalaridan biridir.
Uning yordamida:
a) boshqaruv qarorlarini ilmiy asoslanishi ta’minlanadi;
b) mulk va mablag`lardan foydalanishning muqobillik shartlarini belgilaydi va boshqaruvchi ular qatoridan o`zi uchun maqbul bo`lgan optimal variantlarni tanlaydi;
v) istiqbolli boshqarish uchun zamin tayyorlaydi.
Bozor iqtisodiyoti–bozorning o`ziga hos qonunlari va funktsiyalarini bajarishga asoslangan iqtisodiy munosabatlar yig`indisining to`la ma’noda yuzaga chiqish shaklidir. Bu jarayonda bozor munosabatlarining barcha jihatlari, hususiyatlari amal qiladi.
Bozor sub’ektlari ya’ni ishlab chiqaruvchilar yoki haridorlar mavjud tarkib topgan tizilmadagi talab va taklif, pul muomalasi, raqobat va shu kabi tomonlarga moslashib o`z faoliyatini amalga oshirishi shart. Bu esa ularning yashab qolish yoki rivojlanishini ta’minlaydi. Aks holda, ular o`zlari oldiga qo`yilgan maqsadga erisha olmay bozor munosabatlarida o`rinlarini yo`qotadilar.
SHunga ko`ra, korxonalar bozordagi mavjud holatni va o`zlaridagi ichki imkoniyatlarni chuqur o`rganmay turib faoliyatlarini amalga oshira olmaydilar yoki qo`yilgan maqsadga erisha olmaydilar.
Bozor sharoitida korxonalar faoliyatini boshlashi yoki davom ettirishidan oldin, dastavval uning va o`zining barcha holat va imkoniyatlarini chuqur tahlil qilishga majbur. Natijada, tavakkalchilikka asoslangan lekin ayni paytda ilmiy asosiga ega bo`lgan faoliyat dasturi ishlab chiqiladi. Unga amal qilish esa mablag`lardan to`g`ri va samarali foydalanishni ta’minlaydi.
Korxonalar, bozorni shakllanishi bilan boh`liq holda, tahlil sub’ektlari uchun o`rganiladigan ob’ektlar ham ko`payib bormoqda. Bozordagi infrastruktura xizmatidan boshlab to korxonadagi ta’minot, ishlab chiqarish, sotish va boshqa hisob-kitob hamda moliyaviy munosabatlargacha ya’ni qiymat yaratilishi va erishilishining barcha bosqichlari ular uchun tahlil ob’ekti bo`lib qoldi.
Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti o`zgaruvchanlik tasnifiga ega. Korxonalar esa o`z faoliyatini u qo`ygan talablarga moslashtirib boradi. Bu jarayon korxonada marketing tadkikotlarini ishlab chiqish va unga amal qilishni talab etadi. Natija esa, faoliyatni tezkor va samarali boshqarishni ta’minlaydi.
Demak, tashqi va ichki muhit ta’sirida korxonalar o`z faoliyatini marketing yo`nalishida olib borishga majbur. Marketing tadqiqotlarida iqtisodiy tahlil usullari keng qo`llaniladi. Korxonadagi tijorat faoliyati tahlili marketing funktsiyasi bilan chambarchas qo`shilib ketgan. Mazkur funktsiyada korxona tovarlarini sotadigan bozorni, hom-ashyo ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar, raqobatbardoshlik, taklif etilayotgan xizmat, talab va sotish, bahoni shakllantirish siyosati, umuman ichki va tashqi muhit tahlili uslubiy asos bo`lib qo`llaniladi. Natija esa, strategiya va taktikani hamda unga muvofiq keluvchi dasturlarni ishlab chiqishni ta’minlaydi.
Bozor sharoitida ilmiy asosda ishlab chiqilgan biznes-rejalar harakat uchun qo`llanmadir. Rejani ilmiy asosda bo`lishi bevosita iqtisodiy tahlil ishlari bilan boh`langandir. Chunki, ko`rsatkichlar bozordagi holat, o`tgan yillar tajribasi, me’yoriy,ilg`or korxonalar hamda ichki imkoniyatlar ahvolidan kelib chiqib belgilanadi.
Mazkur tadbir mulk egalari uchun o`ta muhim hisoblanib, mablag`lardan foydalanishda eng yaxshi deb tanlangan samarali yo`nalishning har bir qadami yoki bosqichida, amalga oshiriladigan hatti-harakat aniq belgilanib olinadi. Undan kutiladigan natijalar esa ilmiy asosda hisob-kitob qilinadi. Demak, rejalashtirish ishlarining har bir elementi dastavval turli usullar bilan muqobillik asosda tahlil etiladi. Natijada esa, eng yaxshi faoliyat deb tanlab olingan yo`nalishda mablag`lardan foydalanishda imkon qadar samarali choralar aniq belgilanadi.
Korxonalar ishlab chiqarish va tijorat ishlarini amalga oshira boshlaganida haqiqiy ma’lumotlar olinib uni reja ko`rsatkichlari bilan taqqoslanib ko`riladi. Bu bilan rejaning naqadar realligiga baho beriladi, yuzaga kelgan ijobiy yoki salbiy holatlar aniqlanadi hamda qay darajada imkoniyatlar ko`zda to`tilgani o`rganiladi. Haqiqiy ma’lumotlar bevosita bozordagi holat bilan ham boh`lanadi. Bozordagi o`zgarishlar va ularning korxona faoliyatiga ijobiy yoki salbiy ta’sirini tezkorlik bilan tahlil qilinadi. SHu asosda tegishli chora-tadbirlar belgilanadi.

1 Савицкая Г.В. Анализ хозяйственной деятельности предприятия М.,Знание 2010 г. 4-стр.


Download 98.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling