Foydalanish Reja


Download 21.67 Kb.
Sana12.12.2021
Hajmi21.67 Kb.
#180364
Bog'liq
MT1-Barkamol avlodni tarbiyalashda milliy qadriyatlardan foydalanish


Mavzu: Barkamol avlodni tarbiyalashda milliy qadriyatlardan

foydalanish
Reja:

1. Yosh avlodni vatanparvarlik va millatparvarlik ruhida tarbiyalashning milliy an’analari.

2. Insonni barkamol etib tarbiyalashda badiiy asarlarning o’rni

3. Yoshlarni milliy qadryatlar ruhida tarbiyalash
Ta’kidlash joiz, bugungi globallashuv davrida, dunyoda mafkuraviy kurash avj olgan sharoitda doimo ogoh, sezgir va ma’naviy uyg’oq bo’lib yashashimiz, eng katta boyligimiz bo’lmish yurtimizdagi millatlararo ahillik, o’zaro mehr-oqibat hamda hamjihatlik muhitini ko’z qorachig’idek asrash va mustahkamlash yo’lida olib borilayotgan ishlarimizning ma’no-mazmunini tushunib etishimiz lozim.

O’sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik va millatparvarlik ruhida tarbiyalash dolzarb vazifadir. Bu esa oilada va o’quv dargohlarida ta’lim hamda tarbiyaga e’tiborni kuchaytirishni taqozo etadi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan mazkur soha echimiga qaratilgan qator qonun hujjatlari imzolanib, farmon, qaror va farmoyishlar qabul qilinmoqda. Bular yurtimizda ma’nan etuk, dunyoqa¬rashi teran, mustaqil fikrlovchi, e’tiqodi mustahkam, siyosiy-ma’naviy saviyasi hozirgi davr talablariga to’la javob beradigan barkamol avlodni kamol toptirishga hizmat qilmoqda.

Jahonga mashhur ajdodlarimiz — buyuk davlat arboblari, sarkarda Amir Temur, Bobur Mirzo, Mirzo Ulug’bek, Jaloliddin Manguberdi nafaqat mardlik, adolatparvarlik, insonparvarlik, ilm-fan bobida o’rnak bo’lganlar, balki o’z askarlari, bo’lajak el-yurt himoyachilari tarbiyasiga ham alohida e’tibor qaratganlar. Horazmiy, Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Forobiy, Alisher Navoiy, Furqat singari bashariyat sivilizasiyasi va uning porloq kelajagiga beqiyos, katta hissa qo’shgan buyuk mutafakkir ajdodlarimiz hamda din ilmida olamga dong taratgan Imom Buhoriy, Bahouddin Naqshband, Yassaviy kabi ulamolarimiz yoshlarga ma’naviy va jismoniy kamolot bo’yicha saboq berganlar.

Yaqin o’tmishimizda yashab o’tgan mutafakkir ma’rifatchilardan Abdulla Qodiriy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Cho’lpon, Mahmud Behbudiy, Usmon Nosir va boshqa ko’pgina buyuk adiblarimizning asarlari yoshlar hayoti va tarbiyasi bilan chambarchas bog’liqdir. Ammo, sobiq sho’rolar davrida ulug’ ajdodlarimizning bebaho madaniy-ma’naviy merosi halqimiz, yoshlarimiz ongiga o’zgacha talqin bilan taqdim etildi.

Mustaqillik tufayli va O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning odilona siyosati asosida millatimiz genofondini shakllantirish va barkamol avlodni tarbiyalash vositasi bo’lmish jismoniy tarbiya va sport tobora milliy istiqlol mafkurasining "strategik quroli"ga aylanib bormoqda. Yaqinda, 2017 yil 10 avgustda davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan "Nufuzli halqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan O’zbekiston sportchilarini jamoat va sport ishlariga keng jalb etish hamda sportchilarni va ularning trenerlarini rag’batlantirish to’g’risida"gi qarori yurtimizda barkamol avlodning ma’nan va jismonan kamol topishiga hizmat qilmoqda.

Ma’lumki, ma’naviy-madaniy, ruhiy-ahloqiy hislatlar va insoniy qadriyatlar avvalambor, bolalikdan shakllana boshlaydi. Bolalar erta go’daklikdan boshlab ota-onalari, bobo-buvilari va boshqa oila a’zolarining yurish-turishlari, odob-ahloqlari, muomala munosabatlari, oilaviy urf-odatlari, rasm-rusumlar, udum va an’analariga qarab, ibrat olishga harakat qiladilar.

Barkamol avlod ma’naviyatini shakllantiruvchi yagona manba esa tarbiyadir. Ma’rifat va bilimni shakllantiruvchi manba — ta’lim, saboqdir. Binobarin "ta’lim va tarbiya" emas, aksincha, "tarbiya va ta’lim" deb aytish maqsadga muvofiqdir.

Insonni barkamol etib tarbiyalashda badiiy asarlarning o’rni katta. Shuning uchun ham Prezidentimiz, ta’kidlaganidek, ahborot-kommunikasiya sohasidagi ohirgi yutuqlarni o’zlashtirish bilan birga, yoshlarning kitob o’qishga bo’lgan qiziqishini oshirishga, ularni kitob bilan do’st bo’lishga, aholining kitobhonlik saviyasini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratish lozim bo’ladi. Buning uchun, avvalo, milliy adabiyotimiz va jahon adabiyotining eng sara namunalarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish va ularni keng targ’ib qilishga alohida e’tibor berishimiz muhim ahamiyat kasb etadi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 12 yanvardagi "Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobhonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ibot qilish bo’yicha komissiya tuzish to’g’risida"gi farmoyishi kitobhonlik madaniyatining jamiyat ma’naviy hayotidagi o’rni va rolini yana bir yangi bosqichga ko’tardi.

Bugun ba’zi yoshlarimizning "ommaviy madaniyat" ta’sirida ma’naviy dunyoqarashi tobora tubanlashib borayotir. Ho’sh, unga qarshi kurashda qanday chora-tadbirlarni ko’rish lozim, degan savol tug’iladi. Buning echimini topish uchun, fikrimizcha, ta’lim-tarbiya tizimiga ta’sir ko’rsatuvchi omillarni hisobga olish kerak. Ular orasida bizningcha eng muhim ahamiyat kasb etadiganlari qatoriga quyidagilar kiradi:

—mafkuraviy ishlarni mustaqillikni mustahkamlash, mamlakatimizni har tomonlama yuksaltirib, yorug’ va erkin hayot sari olg’a yurishga yo’naltirish;

—yurt tinchligi, Vatan ravnaqi va halq farovonligi kabi yuksak tushunchalar bilan birga milliy g’oyamizning uzviy tarkibiy qismlarini tashkil qiladigan komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo bag’rikenglik, ijtimoiy-siyosiy barqarorlik kabi tamoyillarning ma’no-mohiyatini ma’naviy-ma’rifiy, ta’lim-tarbiya ishlarining markaziga qo’yish, ularni yangi bosqichga ko’tarish;

—yoshlarni ona -Vatanga muhabbat, boy tarihimizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga sadoqat ruhida tarbiyalash uchun, avvalo ularning qalbi va ongida maf¬kuraviy immunitetni shakllantirish;

—ma’naviy olamida bo’shliq vujudga kelmasligi uchun ularning qalbi va ongida sog’lom hayot tarzi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg’unligiga hurmat-ehtirom tuyg’usini bolalik paytidan boshlab shakllantirish;

—yurtdoshlarimiz, ayniqsa yosh avlod ongida murakkab va tahlikali hayot haqida, uning shafqatsiz o’yinlari to’g’risida har taraflama va haqiqiy tasavvurlarni shakllantirish kabilardir.

Halqimiz, birinchi galda, yoshlarni erkin inson bo’lib yashashiga qarshi qaratilgan, ruhiy dunyosini izdan chiqarish maqsadini ko’zlaydigan mafkuraviy-g’oyaviy hurujlardan himoya qilish bugungi kunning dolzarb vazifasidir.

Mamlakatimizda sogʻlom va barkamol avlodni tarbiyalash, milliy anʼana va qadriyatlarimizga sadoqatli yoshlarni voyaga yetkazish, ularni amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarning faol va jonkuyar ishtirokchisiga aylantirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Yosh avlodni komillikka yetaklovchi eng katta kuch – bu kitob va hayotiy saboqlardir. Yoshlarni milliy qadryatlar ruhida tarbiyalash kelajakni, millatni va milliyligimizni boqiy ozod holda ko`rishimiz mumkin. Vatanga sadoqat, do`stlikka ishonch, oilaga mehr – muhabbat, kattalarga hurmatda kichiklarga izzatda bo`lish tuyg`usini shakllantirsh milliy qadryatlarimizni asl ko`rinishidir. Insonga faqat dunyoda yuz berayotgan voqelik haqida, odob - u axloq qoidalari, mehr va sadoqat tushunchalari haqida bilim berishning o‘zi uning ma‘naviy-axloqiy tarbiyasi uchun yetarli bo‘lib qolmaydi. Balki, unda iroda qudrati, mas‘uliyat tuyg‘usini shakllantirish, ko‘nglida atrofmuhitga, mehnatga, kasbga, ilmga, qalban va ruhan o‘zga insonlarga mehrli va oqibatli bo`lish tuyg`usini uyg‘otishga, dilida ulug‘ maqsadlar tug‘ilishiga va atrofida yuz berayogan hodisalarga o`z munosabatini bildira olishiga erishishimiz lozim. Yosh avlodni shu xislatlar bilan voyaga yetishlari uchun esa turli yo‘llar: kattalarni o`git va nasihatlarini tinglash, undan to`g`ri xulosa chiqara olish qobilyatlarini rivojlantirish orqali; turli vositalar bilan va eng asosiysi yosh avlod tarbiyasiga samimiy (chin ko‘ngildan) yondashish va tinimsiz izlanishlar natijasida erishish mumkin

Dunyoda har bir xalqning asrlar, zamonlar osha yashab kelayotgan milliy qadriyatlari bor. Yosh avlodni ma‘nan barkamol etib tarbiyalashda ham shubhasiz, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslanamiz. Tarbiya inson umrining oxirigacha davom etadigan jarayon bo’lib (inson umrining oxirigacha o’rganadi, degan naql asosida tarbiyalanib), doimiy ravishda rivojlanib, takomillashib, komillikka intilib yashaydi. Quyida uzluksiz ravishda olib boriladigan axloqiy tarbiyaning har bir bosqichini alohida ko’rib chiqamiz. Oilada axloqiy tarbiya. Bola tarbiyasini ona qornidan boshlash maqsadga muvofiq bo’ladi. Ushbu fikrni bir qator Sharq mutafakkirlari ham tahkidlab o’tishgan. Bolani tarbiyalash uchun, avvalo ota-onaning o’zi tarbiyalangan bo’lishi kerak. Faqatgina ham jismonan, ham mahnan sog’lom otaonadan sog’lom farzand dunyoga keladi.Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov sog’lom avlod to’g’risida fikr yuritib: «Sog’lom avlod deganda, shaxsan men, eng avvalo sog’lom naslni, nafaqat jismonan baquvvat shu bilan birga ruhi-fikri sog’lom, imon-ehtiqodi butun, bilimli, ma’naviyati yuksak, mard va jasur, vatanparvar avlodni tushunaman», deb tahkidlaganlar. Farzand tug’ilgan kunidan boshlab dastlab oila muhitida tarbiyalanadi. Bu davrda bolani to’g’ri ovqatlantirish, to’g’ri parvarish qilish juda muhim. Bir yoshgacha bo’lgan davrda bola o’ziga yaqin kishilarni ko’rganda xursand bo‟ladi, rangdor o’yinchoqlarni xush ko‟radi. Bu davrda bolani alla, mahnoli erkalashlar, chiroyli o’yinchoqlar orqali tarbiyalab borish lozim. 1 yoshdan 3 yoshgacha bo’lgan bolalar esa turli o’yinchoqlarni o’ynay boshlaydilar, asta-sekin nutqi rivojlana boshlaydi. Bu davrda bolalar o’yin orqali bir-birlari bilan aloqa bog’laydilar, tasavvur, fikrlash jarayoni shakllanadi. Ota-ona yoki tarbiyachilarning bolalarni sevishi, ularning xatti-harakatiga ziyraklik va mehribonlik bilan munosabatda bo‟lishi, bolaning sog’lom o’sishiga, odob-axloqli bo’lishiga olib keladi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida axloqiy tarbiya. Maktabgacha bo’lgan ta’lim muassasasidagi davr bola tarbiyasidagi eng muhim davr hisoblanadi. Chunki, bu davrda paydo bo’lgan taassurotlar izi inson xotirasida umrbod saqlanib qoladi. Bu davr bolaning aqliy va jismoniy jihatdan tez o’sishi, dunyoni bilishga intilishi, atrofmuhitga o’z munosabatini bildirish istagi kuchayib borayotgan davrdir. Boshlang’ich ta’limda axloqiy tarbiya. Boshlang’ich ta’limda bola hayotida yangi, qiziqarli va muhim davr boshlanadi. Chunki, bola maktabga kelgach yangi muhit, yangi tartib-qoida, yangi talablarga duch keladi. Bu davrda bolalar hali o’yin faoliyatini to’liq tark etmaganligini inobatga olib, o’tiladigan dars mashg’ulotlarini qiziqarli qilib olib borish lozim. Bu davrga kelib bolaga tarbiyaviy tahsir yo’llari bir muncha aniq va tizimli ravishda bo’lib qoladi. Chunki endi xususan odobnoma darslari o’tila boshlaydi, bundan tashqari boshqa fanlarda ham muntazam ravishda axloqiy tarbiya berib boriladi.

Bu davrda turli to’garaklarni uyushtirish ham o’zining ijobiy natijalarini beradi. O’rta umumiy ta’limda axloqiy tarbiya. O’rta maktab davriga kelib o’quvchi o’rganadigan fanlar ham asta-sekinlik bilan murakkablasha boradi, shunga ko’ra o’quvchining fikrlashi va dunyoqarashi ham kengayib boradi. Bu davrda o‟quvchilarga o’zaro odob-axloqqa doir maqollar va hadis namunalaridan ko’proq aytish orqali musobaqa uyushtirish hamda ushbu maqol va hidislarga o’zlari ham amal qilishlarini tarbiyalash mumkin. Endi o’quvchilar burch, vijdon, nomus, adolat, ezgulik kabi axloqiy tushunchalarning mahnisini tushunib yetadilar. Oliy o’quv yurtlarida axloqiy tarbiya. Oliy ta’limda yoshlar endi biror mutaxassislikni tanlagan holda, o’zining mustaqil fikri, dunyoqarashi, intellektual qiziqishiga ega bo’ladilar. Shu sababli bu davrda bo’lajak mutaxassislarni axloqiy jihatdan tarbiyalash muhim. Chunki bu davrda yosh o’zining madaniy-ma’naviy saviyasini oshirishga intiladi, o‟z ustida qunt bilan ishlaydi, radio, televidenie, Internet va barcha informatsion vositalardan unumli foydalanadi, turli asarlar bilan tanishadi. Bu esa yoshlarni axloqiy jihatdan tarbiyalash uchun yordam beradi. Ta’limdan keyingi faoliyatda axloqiy tarbiya. Yosh uzoq muddatli va tizimiy ta’lim natijasida mutaxassis sifatida shakllandi. Endi u nazariy jihatdan egallagan bilimlarini amaliyotda qo’llab yosh avlodga ta’lim-tarbiya beradi, uning o’zi boshlang’ich sinf o’quvchilarini axloqiy ruhda tarbiyalay boshlaydi. Uzluksiz ravishda uzoq muddatli olib borilgan ta’lim-tarbiya samarasi mana endi ko’zga tashlanadi. Jamiyat taraqqiyoti, Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi uchun xizmat qiladigan vijdoni pok, iymoni butun, sofdil, vatan’arvar, xalqsevar, mard, har tomonlama sog’lom, intellektual salohiyatli, bir so’z bilan aytganda sog’lom avlodni tarbiyalash davr talabi ekan. Bu ishni amalga oshirish esa barchamizning Vatan oldidagi muqaddas burchimizdir. Shunday ekan, yoshlarimiz tarbiyasiga doimo ehtiborli bo’laylik. Sharq mamlakatlarida farzandni barkamol inson etib tarbiya qilish eng muhim vazifa hisoblanadi. Xususan, tarbiyada diniy ta`limotlardan, hadislardan, badiiy asarlardan, xalq og`zaki ijodidan foydalanish maqsadga muvofiq. Masalan, birgina shariatda musulmonlar amal qilishi zarur bo`lgan 934 ta talab mavjud. Bundan bola tana va ruh pokligini, insonparvarlikni o`rgansa. Kitob mutoala qilish yordamida o`sib kelayotgan bola odamiylik, sadoqat, rahm – shafqat, mehr –muruvvat kabi ezgu fazilatlarni o`zida shakllantiradi.

Milliy qadriyatlarni yoshlari ongi va qalbiga singdirish usullari to’g’risida fikr bildirganda shuni alohida qayd qilmoq kerakki, avvalo mahmuriy yo’l va zo’rlik usuliga ehtiyotkor bo’lish talab qilindi. Chunki imkoni boricha zo’rlik qilish, majbur qilish usulidan foydalanmaslik maqsadga muvofiqdir. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov tahkidlaganidek, “g’oyaga qarshi faqat g’oya, fikrga qarshi faqat fikr, jaholatga qarshi faqat ma‟rifat bilan bahsga kirishish, olishish mumkin”. Bu mustaqil O’zbekistonda ma’naviy-mahrifiy sohada olib borilayotgan tarbiyaviy ishlarning bosh tamoyillaridan biri hisoblanadi. Xullas, g’oyaviy dunyoqarash, yoshlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash zudlik bilan hal qilinadigan ish emas, g’oyaviy dunyoqarashni shakllantirish, yoshlar ongi va qalbiga milliy qadriyatlarni singdirish uchun tarbiyaviy ishning mavjud barcha usullari, shakllari, vositalaridan o’z o’rnida samarali foydalanish umumiy maqsadlarmizni amalga oshirishda muhim o’rin egallaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Islom Karimov ―Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch‖, Toshkent ―Ma`naviyat. 2008-yil.

2. Karimov I.A. «O’zbekiston kelajagi buyuk davlat». Toshkent: O’zbekiston 1992.

3. Munavvarov A.K. «Oila pedagogikasi». – T.: O’qituvchi, 1994. 4. Mirqosimov M. Maktabni boshqarishning nazariy va pedagogik asoslari. T.: 1996 y.




Download 21.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling