Foydalanish shartlari • Soʻnggi tahrir 3 oy avval
Download 55.68 Kb. Pdf ko'rish
|
Ishlab chiqarish zaxiralari - Vikipediya
Foydalanish shartlari • Soʻnggi tahrir 3 oy avval MalikxanBot tom… Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Maxfiylik siyosati • Desktop … Qidirish Ishlab chiqarish zaxiralari … … … Ishlab chiqarish zaxiralari — korxonadagi hali i.ch. jarayonlariga jalb etilmagan va ish oʻrniga yetib kelmagan aylanma vositalarining bir qismi: I.ch.z. xom ashyo, asosiy va qoʻshimcha materiallar, yoqilgʻi, sotib olinadigan yarim tayyor mahsulotlar, detallar, ehtiyot qismlar, asboblar va b. ishlab chiqarish vositalaridan ibo-rat boʻladi. I.ch.z. ishlab chiqarish ja-rayonining uzluksiz kechishini ta’minlashga xizmat qiladi. Bunda ularning ortiqcha boʻlishi (i.ch.ga zarur boʻlmagan zaxiralar)ga ham yoʻl qoʻymaslik zarur. I.ch.z. natural koʻrsatkichlar (ogʻirlik, hajm, dona, oʻlcham,) da aniqlanadi. Uning hajmi korxonada muayyan davr (kun, oy, kvartal, yil) uchun belgilanadi. Vazifasiga koʻra, I.ch.z. joriy zaxiralar, kafolatli zaxiralar va tayyorgarlik zaxiralariga boʻlinadi. Joriy zaxiralar har kuni muayyan maqsulot birligini i.ch. uchun ombordan (yoki toʻgʻridan-toʻgʻri yetkazib beruvchidan) yetkazib beriladi. Kafolatli zaxiralardan, asosan, joriy zaxiralar tugab, navbatdagi I.ch.z.ni yetkazib berish toʻxtab qolganda i.ch. uzluksizligini ta’minlash uchun foydalaniladi. Uning darajasi shoshilinch berilgan buyurtmani bajarishga ketgan vaqt va oʻtgan davrda yetkazib berilgan I.ch.z. bilan kelgusida yetkaziladigan zaxiralar orasidagi tafovut bilan belgilanadi. Bunda zaxiralarni yetkazib berish ma-sofasi, ularning ishonchliligi, ma-teriallarni tashib berish harakteri va usuli, ularni yaqin joylashgan bazalardan olish imkoniyatlari va b. hisobga olinadi. Kafolatli zaxirani yaratish uchun zarur zaxiralarni har besh kunda yetkazib berishga erishish, shu bilan bir qatorda moddiy-texnika ta’minotini kengaytirish kerak boʻladi. Tayyorgarlik zaxiralari yetkazib berilgan zaxirani qabul qilib olish, ularni sifatini tekshirish, saralash, joylash, korxonaning sexlariga yetkazib berish va b.ni talab qiladi. Odatda, joriy, kafolatli va tayyorgarlik zaxiralari birgalikda ombor zaxirasini hosil qiladi. Bundan tashqari, i.ch.ning boshi va oxirida vujudga keladigan vaqtinchalik (bunda zaxira faqat qisqa muddatga yuzaga keladi) zaxiralar bor. Oziq-ovqat sanoati korxonalarida mavsumiy zaxiralar hosil qilinadi. Ularning hajmi mavsumiy tanaffuslarning uzunligiga bogʻliq. Zaxiralarni haddan tashqari oshirib yubormaslik, ularni i.ch. harakteri va hajmiga qarab, me’yor darajasida yaratish zarur. Umuman zaxiralar ma’lum darajada mablagʻlarni band qilib, i.ch. samaradorligini pasaytiruvchi omil hisoblanadi. Sadir Salimov. [1] Manbalar Download 55.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling