5-bob pul mablag’lari va ularning ekvivalentlari xisobi joriy aktivlarning tarifi va ularni guruhlashtirish
Download 14.79 Kb.
|
Majidov
5-BOB PUL MABLAG’LARI VA ULARNING EKVIVALENTLARI XISOBI 1.Joriy aktivlarning tarifi va ularni guruhlashtirish 2.Pul mablag’lari va ularning ekvivalentlari 3.Kichik kassa 4.Pul mablag’larining harakati ustidan ichki nazorat tizimi 1.Joriy aktivlarning tarifi va ularni guruhlashtirish Qisqa muddatli aktivlar (current assets) – bu xo’jalik yurituvchi subekt aylanma mablag’laring bir qismi bo’lib, xo’jalik yurtuvchi subektning meyoriy operatsion sikli davomida olinadi yoki istemol qilinadi. Operatsiya aktivlari bo’lmagan, lekin savdo yoki investitsiya maqsadlarida saqlab turilgan va ularni xisobot vaqtidan keyingi 12 oy davomida sotish kutilayotgan joriy aktivlar doirasidan iborat. Xisobot sanasidan keyingi 12 oy davomida olinadigan yoki istemol qilinadigan mablag’lar, zaxiralar va debitorlik qarzlari joriy aktivlarga kiritiladi. Xo’jalik yurituvchi subektningoperatsion sikili (operating cycle) – bu materiallarni harid qilish, ishlab chiqarish va naqd pulga yoki osonlik bilan pulga aylantiriladigan moliyaviy aktivlarga sotish o’rtasidagi o’rtacha vaqtdir. Joriy aktivlar tarkibiga quyidagilar kiradi: tovar moddiy zaxiralar qayta ishlash va sotish muddatlaridan qatiy nazar; kelgusi davr xarajatlari, xisobot sanasidan keyin yil davomida xisobdan chiqariladi; pul mablag’lari; qisqa muddatli investitsiyalar; debitorlik qarzlari, xisobat sanasidan yil davomida olinadigan mablag’lar; joriy aktivlarni sotib olish uchun avans to’lovlari; xaridor va buyutmachilardan olinadigan schotlar; olinadigan veksellar; sho’ba korxonalardan olinadigan schotlar; boshqa debitorlik qarzlari; Joriy aktivlar buxgalteriya balansidan likvidlik darajasi bo’yicha taqdim qilinishi mumkin. Buxgalteriya balansining joriy aktivlar bo’limidagi beshta elementlari: pul mablag’lari (cash) nominal qiymati bo’yicha aks ettiriladi; qisqa muddatli investitsiyalar (current investments) xaqiqiy qiymati bo’yicha bo’yicha (odatda) aks ettiriladi; olinadigan schotlar (accaunts receivable) olinishi kutilayotgan baxolangan qiymati bo’yicha ettiriladi; zaxiralar (inventory) haqiqiy tannarxi yoki sof sotish qiymati bo’yicha aks ettiriladi; kelgusi davr xarajatlari (prepaid expenses) haqiqiy qiymati bo’yicha aks ettiriladi. 1-moliyaviy xisobotning xalqaro standarti (MXXC) (IAS)ning 66-bandiga muvofiq aktivlar qisqa muddatli aktivlar deb guruhlashtiriladi, agar ular quyidagi mezonlarning biriga javob bersa: oddiy operatsion sikil davomida realizatsiya qilinishi yoki sotilishi yoxud istemol qilinishi mumkin bo’lsa; u savdo maqsadlari uchun mo’ljallangan bo’lsa; xisobot davri tugagandan keyin o’n ikki oy davomida sotilishi kutilayotgan bo’lsa; aktiv pul mablag’lari yoki uning ekvivalentlari bo’lsa (7-MXXC (IAS) tarifida) xisobot sanasidan o’n ikki oy davomida agar ularni almashtirish yoki majburiyatlarni qoplashga doir cheklovlar bo’lmasa. Korxona boshqa barcha aktivlarni uzoq muddatli aktivlar deb guruhlashtirish kerak. 2.Pul mablag’lari va ularning ekvivalentlari Pul mablag’lari (cash) – bular likvidaktivlar bo’lib, umumqabul qilingan almshtirish va baholash uchun asos va boshqa barcha moddalar xisobini yuritish vositasi xisoblanadi. Ular majburiyatlarni zudlik bilan to’lash uchun ishlatilishi mumkin bo’lishi kerak. Pul mublag’lari banklardagi depozit schotlardagi pul mablag’lari, tangalar, chek va pul o’tkazmalari, xorijiy valyutalar, kichik kassaning naqd pullari tushuniladi. Pul mablag’lari erkin erkin foydalanish mumkin bo’lmagan tovon qoldig’i (compensating balance) summasi ham kiradi. Bu bankning talabi bilan korxonaning depozit schotidagi kredit berish shartnomasining taminoti uchun minimal summadir. Bunday shartnoma korxonaning likvidliligiga tasir qiladi va naqd puldan foydalanishini cheklaydi. Bu ko’rinishdagi shartnomalar moliyaviy xisobotning tushuntirish xatida yoritilishi kerak. Download 14.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling