7-mavzu: xorijiy valyuta bozori


Download 30.01 Kb.
bet1/8
Sana20.11.2023
Hajmi30.01 Kb.
#1789984
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
7-MAVZU XORIJIY VALYUTA BOZORI.


7-MAVZU: XORIJIY VALYUTA BOZORI
7.1. Xalqaro valyutalar bozori vujudga kelishiga ob’yektiv zarurat. Xorijiy valyutalar bozori tashkiliy jihatlari
Dunyodagi aksariyat mamlakatlarning o‘zlarining milliy valyutalari mavjud. Masalan: AQSHda AQSH dollari; Yevropa ittifoqida yevro; Brazilyada real; Rossiyada rublь; Xitoyda yuan va boshqalar. Ushbu mamlakatlar orasida amalga oshiriladigan savdo sotiqlar turli xil valyutalarni ayriboshlash (yoki boshqa valyutadagi bank depozitlarini shakllantirish) jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Agarda Braziliyadagi biror bir firma xorijiy mamlakatdan biror bir mahsulot yoki aktivni sotib oladigan bo‘lsa, Braziliya reali yoki ushbu valyutadagi bank depoziti boshqa valyutaga ayriboshlanadi.
Valyutalar hamda ma’lum bir valyutada shakllantirilgan bank depozitlari savdosi xorijiy valyuta bozori (FOREX)da amalga oshiriladi. Xalqaro valyuta bozori yuqorida ta’kidlanganidek turli mamlakatlarning valyutalari oldi sotdisi amalga oshiriladigan bozor hisoblanadi. Dastlab Foreks faqatgina sayohat qiluvchilar yoki savdogarlar tomonidan o‘z davlatlaridan boshqa davlatga borganlarida valyutani ayriboshlash uchun ishlatilgan. Hozirgi kunda esa bu atama asosan investisiya kiritib, foyda olish mumkin bo‘lgan manba sifatida qaraladi.
Statistik ma’lumotlarga nazar soladigan bo‘lsak, foreksda o‘z faoliyatini boshlaydigan yangi treyderlarning aksariyat qismi aniqrog‘i 90-95 foizi o‘z pullarini qanday qilib yo‘qotganini tushunmagan holda ushbu bozorni tark etishadi. Bugungi kunda foreks dunyoning eng katta moliyaviy bozori hisoblanib, undagi kunlik o‘rtacha tranzaksiyalar miqdori taxminan 5 trillion AQSH dollarini tashkil etadi (2018 yil yanvar holatiga ko‘ra) va bu ko‘rsatkich yil sayin oshib bormoqda. Fond birjasidan farqli o‘laroq, valyuta bozori tartibga solinmagan bozor hisoblanadi. Har bir tranzaksiya yopiq tarzda bo‘lib, tomonlarning kelishuviga ko‘ra amalga oshiriladi. Xalqaro valyuta bozori kuniga 24 soat, haftasiga 5,5 kun ishlaydi ya’ni yakshanba kuni 12:00 so‘ng jumaga qadar ishlaydi. Foreksda markaziy banklardan tortib individual investorlar kabi bir qator ishtirokchilar valyutalar bo‘yicha kelishuvlarni amalga oshiradi. Davlatlar Markaziy banklarining o‘z valyuta zaxiralarini qaysi valyutada shakllantirishidan kelib chiqqan holda Foreksda asosan qaysi valyutalar qatnashishini bilib olish mumkin.
Xorijiy valyuta bozorida amalga oshirilgan tranzaksiyalar valyutalarning ayriboshlar kursini belgilab beradi. Xorijiy valyuta bozorida ikki xil ayriboshlash kurslari tranzaksiyalari mavjud. Predominant tranzaksiyalar, spot tranzaksiyalari deb ham yuritiladi, bunga ko‘ra tranzaksiyalar tezda ya’ni ikki kunda amalga oshiriladi. Ikkinchisi esa Forvard tranzaksiyalar bo‘lib, bu yerda ayriboshlash kelajakdagi belgilangan muddatda amalga oshiriladi. Spot ayriboshlash kursi spot tranzaksiyalari uchun belgilangan kurs, forvard ayriboshlash kursi forvard tranzaksiyalari uchun ayriboshlash kursi hisoblanadi. Ma’lum bir sabablarga ko‘ra valyutaning qadri oshishi yoki tushishi mumkin.
Misol uchun: 1999 yilning boshida bir yevro $1.18ga teng bo‘lgan va 2010yilning 23-iyuniga kelib esa bir yevro $1.23 teng deb deb baholangan. Bu shuni anglatadiki yevroning qadri AQSH dollariga nisbatan 4% ga oshgan: (1.231.18)/1.18=0.04=4%.
Ayriboshlash kurslarining muhim jihati shundaki ular mahalliy hamda xorijiy mahsulotlar bahosiga ta’sir qiladi. Misol uchun Fransiyada ishlab chiqarilgan mahsulotning AQSH dollaridagi bahosi ikkita omil ta’sirida belgilanadi: ushbu fransuz mahsulotining yevrodagi bahosi hamda yevro va dollar o‘rtasidagi ayriboshlash kursi1.
Tasavvur qilamiz: Amerikalik firma Fransuz mahsulotini sotib olishni rejalashtirmoqda. Agarda ushbu mahsulotning bahosi 1000 yevro hamda yevro va dollar o‘rtasidagi ayriboshlash kursi €1=$1.18 ga teng. Amerikalik firma ushbu mahsulotni sotib olishni 2 oyga kechiktirdi. Bu orada esa yevroning qadri dollarnikiga qaraganda oshdi va ular orasidagi ayriboshlash kursi quyidagi holatga keldi: €1=$1.4. Agarda mahsulotning mahalliy narxi 1000 yevroligicha saqlanib qolgan bo‘lsa, uning dollardagi narxi 1 180 dollardan 1 400 dollarga oshadi. Barcha bozorlarda sotish va sotib olish narxlari orasida farq bo‘lgani kabi foreksda ham sotish va sotib olish narxlari orasida farq mavjud hamda ushbu narxlar va ular orasidagi farq quyidagicha nomlanadi:
Sotib olish narxi - ask price
Sotish narxi- bid price
Ular orasidagi farq- spread
Ular quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi (7.1.1-jadval)
7.1.1-jadval


Download 30.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling