1. Valyuta kursining dinamikasini bevosita aniqlovchi yoki xalqaro iqtisodiy ayirboshlash jarayoni bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan omillar:
– xalqaro ayirboshlashda qatnashuvchi mamlakatlarning yalpi mil-liy mahsulotining (YAMM) to‘lov balansi;
– pulning ichki va tashqi taklifi;
– foiz stavkalari.
Bu ko‘rsatilgan omillarni sabab (uyushgan) sifatida ko‘rsatish mumkin.
2. (Uyushgan) sabab-omillarning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi va valyuta kursini o‘rnatish mexanizmida boshqaruvchi sifatida ta’sir etuvchi omillar.
3. Iqtisodiy tizimni dinamik tizim tengligidan chiqib ketishi natijasida yuzaga keladigan omillar:
– iqtisodiy tanglikning namoyon bo‘lishi;
– davlat byudjeti taqchilligi
– nazoratsiz emissiya;
– inflyasiya;
– ichki va tashqi baholar o‘rtasidagi farq.
– monopol ishlab chiqarish;
– pullarning xorijiy valyuta funksiyasini bajarishi.
a) To‘liq hajmda to‘lov vositasi;
b) jamg‘arish vositasi;
v) Kapitalning chetga oqib ketishi;
– investisiyani qisqartirish;
– ishlab chiqarish hajmining pasayishi.
– resurslar aylanmasida qatnashmaslik;
– iste’molchilar foydalarining pasayishi;
– valyuta birjasidagi o‘yin;
– tovarlarning «yuvilishi»;
– demping baholaridan foydalanish orqali ayrim firma-larning olib borayotgan tashqi savdo faoliyati.
4. Siyosiy omillar:
– mamlakat pul tizimiga bevosita o‘zgarish kirituvchi siyosiy qarorlar;
– boshqaruv tuzilmasining barqarorlik darajasi;
– iqtisodiy tizimni boshqarishda ishonchlilik darajasi;
– iqtisodiy va siyosiy struktura vakillarini bir-birini tushuna olish darajasi;
– qonunlarni bajarilish darajasi;
– iqtisodiyotda davlat ulushining miqdori;
– mamlakatdagi siyosiy kuchlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar darajasi;
– iqtisodiyotni ko‘tarish bo‘yicha aniq ishlangan dasturning yo‘qligi;
– aholining boshqaruv strukturasiga ishonchlilik darajasi;
– xususiy kapitalning himoyalanganlik darajasi.
Qonuniy me’yorlarga va amaliyotga mos holda birjada chet el valyutasining kursini, qimmatli qog‘ozlar kursini yoxud tovarlar bahosining o‘rnatilishi, qisqacha qilib aytganda, valyuta kursini o‘rnatish kotirovkalash deb ataladi. Jahon amaliyotida kotirovkalashning 2 xil usuli mavjud:
Do'stlaringiz bilan baham: |