7-mavzu: xorijiy valyuta bozori
Download 30.01 Kb.
|
7-MAVZU XORIJIY VALYUTA BOZORI.
- Bu sahifa navigatsiya:
- - egri (teskari) kotirovka
- to‘g‘ri kotirovka. Agar xorijiy valyuta birligining bahosi milliy valyutada ko‘rsatilsa, ya’ni milliy valyutada xorijiy valyutaning bir birligiga to‘g‘ri keladigan miqdorda ko‘rsatilsa, to‘g‘ri kotirovka deb ataladi. Masalan, 2006 yilning 30 sentyabrida 1 AQSH dollariga nisbatan o‘zbek so‘mining kursi 1250.00 so‘mni, 1 Rossiya rubliga nisbatan 47.00 so‘mni tashkil etdi. Bunday kotirovka hozirgi vaqtda jahondagi ko‘pchilik mamlakatlarda qo‘llanilib kelinmoqda.
- egri (teskari) kotirovka. Bunda bir birlik milliy valyutaning xorijiy valyutalardagi miqdori o‘rnatiladi, ya’ni bir birlik milliy valyutaning xorijiy valyutadagi bahosi ko‘rsatiladi. Banklar valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda valyutani sotish va sotib olish kursini o‘rnatadi. Bu kurslar sotuvchining va xaridorning kursi deb ataladi. Sotuvchi kursi – bankning valyutani sotish kursi. Xaridor kursi – bankning valyutani sotib olish kursi. Bu kurslar o‘rtasidagi farq marja deb ataladi va u xizmat xarajatlarini qoplashga va ma’lum darajada foyda olishga sarflanadi. Valyutaning eng muhim xarakteristikasi uning konvertirlanganligidir. Konvertirlanganlik darajasiga ko‘ra valyuta kursi 3 ga bo‘linadi. – erkin «suzib» yuruvchi; – cheklangan darajada «suzib» yuruvchi; – qayd etilgan valyuta kurslari. Valyuta kursi tovar bahosi kabi shu guruhlarga bo‘linadi. Erkin «suzib» yuruvchi valyuta kursi ma’lum valyutaga bo‘lgan bozor talabi va taklifi ta’sirida o‘zgarib turishi mumkin. Masalan, AQSH dollari, Yaponiya iyenasi, Angliya funt sterlingi. Shu bois, bu valyutalar jahon valyuta ayirboshlashida keng ishtirok etadi. Cheklangan darajada «suzib» yuruvchi valyuta kurslarining o‘zgarishi ayrim valyutalar yoki bir guruh valyutalar (valyuta savati) kursi o‘zgarishiga bog‘liq. Misol uchun «Uchinchi dunyo»ning ko‘pchilik mamlakatlari o‘z valyutalarini AQSH dollariga, Yevropa mamlakatlarining YeVRO ga va boshqa xorijiy valyutalarga bog‘laydilar. Sobiq sosialistik mamlakatlar valyuta kurslarini valyuta savatiga nisbatan hisoblaydilar. EKYu ham xuddi shunday tartibda hisoblanadi. Cheklangan darajada “suzib” yuruvchi valyuta kurslari kiritilgan mamlakatlar o‘z valyutalarining tebranish chegarasini o‘zlari hamkorlik qilayotgan mamlakatlar bilan kelishib oladilar. Download 30.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling