7-mavzu: xorijiy valyuta bozori


Download 30.01 Kb.
bet2/8
Sana20.11.2023
Hajmi30.01 Kb.
#1789984
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
7-MAVZU XORIJIY VALYUTA BOZORI.

Valyutalar juftligi

Sotish narxi

Sotib olish narxi

Ular orasidagi farq

EUR/USD










USD/EUR










USD/JPY










JPY/USD










USD/GBP










GBP/USD










Ayriboshlash kurslarini qay tartibda belgilanishini yoki o‘zgarishini biror bir belgilangan joyga borib kuzatishning imkoni yo‘q. Sababi valyutalarni ayriboshlash Nьyu York, Tokio va shu kabi boshqa birjalarda amalga oshirilmaydi. Aksincha, xalqaro valyuta bozori birjadan tashqari tartibga solingan bozor(over-the-counter) hisoblanadi. Ushbu bozorda yuzlab dillerlar (asosan banklar) xorijiy valyutadagi depozitlarni sotish va sotib olishga tayyor turishadi. Ushbu dillerlar asosan kelishuvlarni telefon va kompyuterda amalga oshirishadi. Ushbu bozorning funksiyalari markazlashgan bozor funksiyalaridan farq qilmaydi. E’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan holat, banklar, kompaniyalar va hukumatning xalqaro valyuta bozorida valyutalarni sotib olishi hamda sotishi haqida so‘z yuritilganda bu yerda ularning valyutani o‘zini sotib olishi nazarda tutilmaydi. Ya’ni bank dollar sotib oldi deyilganda bankning dollarda shakllantirilgan depozitni sotib olganligi nazarda tutiladi.


Odatda xalqaro valyuta bozoridagi tranzaksiyalarning miqdori $1 milliondan oshadi. Xalqaro valyuta bozorida belgilanadigan ayriboshlash kurslari bilan banklar valyuta ayriboshlash shahobchalardagi ayriboshlash kurslarining o‘rtasida farq mavjud. Ya’ni banklarda belgilangan kurs valyuta bozoridagi kursdan balandroq bo‘ladi. Sababi bank o‘zidagi ayriboo‘lash kurslarini o‘zining siyosatidan kelib chiqqan holda ham belgilashi mumkin. Misol sifatida O‘zbekiston tijorat banklaridagi ayriboshlash kurslari orasida farqni ko‘rsatishimiz mumkin. Foreksda esa asosan yirik hajmdagi tranzatsiyalar amalga oshirilganligi sababli, ayriboshlash kurslari tijorat banklaridagi kursga nisbatan biroz past bo‘ladi.
Xalqaro valyuta bozorida ayriboshlash kurslarining belgilanishi2ga to‘xtalib o‘tamiz. Erkin bozorda har qanday aktiv va mahsulotning narxining belgilanishi kabi valyutalar bo‘yicha ayriboshlash kurslari ham talab va taklifdan kelib chiqqan holda belgilanadi. Ayriboshlash kurslarining belgilanilishi bo‘yicha bir qator nazariyalar mavjud. Birinchi nazariya yagona narx nazariyasi hisoblanadi. Unga ko‘ra agarda ikkita mamlakat bir xil turdagi mahsulot ishlab chiqarsa va mahsulotni yetkazib berish (transportirovka) xarajatlari kam bo‘lsa hamda savdo to‘siqlari mavjud bo‘lmasa, ushbu mahsulot qaysi mamlakatda ishlab chiqazilganidan qat’iy nazar barcha mamlakatlarda narxi bir xil bo‘ladi. Tasavvur qilamiz Amerikada ishlab chiqarilgan bir tonna po‘latning narxi $100, shunga o‘xshash Yaponiyada ishlab chiqarilgan po‘latning bir tonnasining narxi 10 000 iyen (Yaponiya pul birligi) deb baholanmoqda. Yagona narx qonuniga amal qiladigan bo‘lsak, dollar va iyen o‘rtasidagi ayriboshlash kursi 100iyen=$1 ($0.01=1iyen) bo‘lishi kerak. Bundan kelib chiqadigan bo‘lsak, Yaponiyada bir tonna amerika po‘lati 10 000 iyendan sotilsa, AQSHda bir tonna yapon po‘lati $100 dan sotilishi lozim. Agarda ushbu valyutalar orasidagi ayriboshlash kursi 200iyen=$1 bo‘lsa, Yaponiya po‘latining bir tonnasi AQSHda $50 dan sotiladi ya’ni ushbu narx AQSH po‘latidan ikki barobar arzon bo‘ladi, shu bilan bir qatorda AQSHda ishlab chiqarilgan po‘latning bir tonnasi Yaponiyada 20 000 iyen ya’ni Yaponiya po‘latidan ikki barobar qimmatga sotiladi. Natijada, narxi yuqori bo‘lganligi uchun AQSHda ishlab chiqarilgan po‘latga bo‘lgan talab keskin ravishda pasayib ketadi va bu holat faqatgina $0.01=1yen bo‘lgandagina barqarorlashadi ya’ni ya’ni ikkala mamlakatda ham ushbu mahsulot bir xil narxda sotiladi.



Download 30.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling