7-mavzu: xorijiy valyuta bozori


Download 30.01 Kb.
bet7/8
Sana20.11.2023
Hajmi30.01 Kb.
#1789984
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
7-MAVZU XORIJIY VALYUTA BOZORI.

7.3.1-jadval
Foreksda daromad olish bosqichlari3

Treyderning amalga oshirgan operatsiyalari

Yevro

AQSH dollari

1EUR/1.1800USD kursida 10 000 yevro xarid qildi

+10 000

-11 800

Ushbu valyutalar orasidagi ayriboshlash kursi1EUR/1.2500USD bo‘lganda hisobidagi mablag‘ni qayta AQSH dollariga ayriboshladi

-10 000

+12 500

Foyda miqdori

0

+700

Bir qarashda foreksda daromad ko‘rishdan osonroq ishning o‘zi yo‘qdek tuyulsada, buning uchun yetarlicha tahlil qila olish qobiliyatiga ega bo‘lish talab etiladi. Foreksda treyder o‘zi uchun valyutalar juftligini tanlab olishi zarur. Misol uchun, yevro va AQSH dollari, shunda ularning valyuta juftligining foreksdagi ko‘rinishi EUR/USD bo‘ladi. Foreksda daromad olish uchun ushbu valyutalardan birini arzonga sotib olish va yuqoriroq kursda sotish yoki yuqoriroq kursda sotib, keyin arzon kursda sotib olish talab etiladi. Agarda treyder narxning harakatlanish yo‘nalishini to‘g‘ri tahlil qilib aniqlay olsa, unda u daromad ko‘radi, aks holda u o‘z mablag‘ining bir qismini yo‘qotadi. Shu tarzda treyder nafaqat valyuta kursining oshishidan, balki pasayishidan ham daromad olishi mumkin. Haqiqiy savdo hisob-varag‘i ochilgandan so‘ng savol tug‘iladi: "Foreksda valyuta kurslarining farqida spekulyasiya harakatlarining barcha turlari to‘g‘risida bilmasdan turib qanday qilib pul ishlash mumkin?". Umuman va yaxlit holda Foreks bozorida savdo qilish mutlaqo oson. Agar treyder kotirovkalarning harakati yo‘nalishini oddiygina oldindan tahlil qilish orqali yoki taxmin qilish orqali aniqlay olsa, unda uning savdosi muvaffaqiyatli va daromadli bo‘ladi. Agar treyder yevroning qiymati pasayayotganini sezsa, u darhol EUR/USD valyuta juftligida dollarni sotib olishi lozim ya’ni treyder SELL pozisiyasini ochadi (bunda u yevroni sotadi) va foyda oladi, agar uning taxmini o‘zini oqlamasa, mablag‘ining bir qismini yo‘qotadi.


Foreks dunyodagi eng yirik bozor bo‘lishiga qaramadan uning bir qator afzallik va kamchiliklari mavjud. Foreks bozorining afzalliklari orasida eng muhimlari xususida to‘xtalib o‘tamiz:
- barqarorlik, chunki Foreks indeksining tushib ketishidan va bozordagi yagona tovar bo‘lgan valyutaning o‘ziga xosligi tufayli moliyaviy inqirozga uchrashdan himoyalangan;
- tovarning likvidligi. Valyutani to‘la hajmda va kerakli qiymatda sotilishida muammolar yuzaga kelmaydi, chunki xalqaro Foreks bozorida xaridorlar juda ko‘p;
- kunu- tun foydalanish imkoninig mavjudligi. Istagan payt va internetga kirish mumkin bo‘lgan istagan joyda bitim tuzish mumkin;
- o‘zgaruvchanlik ancha past darajada. Valyuta narxlarining har kunlik o‘zgarishlari 1%dan oshmaydi;
- birinchi badal uncha katta emas. Hatto bir dollar bilan ham Foreksda ish boshlash mumkin;
- bozorga yangi kirganlar va boshqalar uchun DEMO hisob-varag‘ini ochish mumkinligi.

Download 30.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling