7-mavzu: xorijiy valyuta bozori


Valyuta ayirboshlash kurslari va ularni aniqlash. Xalqaro valyuta bozorida ayriboshlash kurslarining belgilanishi


Download 30.01 Kb.
bet3/8
Sana20.11.2023
Hajmi30.01 Kb.
#1789984
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
7-MAVZU XORIJIY VALYUTA BOZORI.

7.2. Valyuta ayirboshlash kurslari va ularni aniqlash. Xalqaro valyuta bozorida ayriboshlash kurslarining belgilanishi
Valyuta kursining kelib chiqishi mamlakatlar iqtisodiy faoliyatining muhim va ajralmas tarkibiy qismi bo‘lgan xalqaro savdoni rivojlantirish bilan bog‘liq. Valyuta kursi xalqaro savdoni rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatish bilan ichki iqtisodiyotga ham ta’sir ko‘rsatadi. Bunga sabab valyuta kursi holati bilan mamlakat iqtisodiyotining barcha sohalarining holati o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikdir.
Valyuta kursi, asosan kapital va kredit harakatida, tovar va xizmatlar savdosida valyutalarni o‘zaro ayirboshlash kabi jarayonlarni amalga oshiradi. Masalan, eksport qiluvchi chet el valyutasidan olgan tushumini o‘z milliy valyutasiga aylantiradi, chunki boshqa davlatning valyutasi uning o‘z davlatida qonuniy ravishda xarid qilish va to‘lash vositasi sifatida amal qila olmaydi. Import qiluvchi chetdan sotib olgan tovarlarni to‘lovni amalga oshirish uchun milliy valyutada olgan tushumini chet valyutasiga almashtiradi. Jahon bozori va milliy bozor narxlarini hamda turli mamlakatlarning milliy va chel el valyutasida ifodalangan qiymat ko‘rsatkichlarini taqqoslaydi.
Har qanday valyuta tizimining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri valyuta kursi hisoblanadi. Valyuta kursi bir mamlakat valyutasining boshqa mamlakat valyutasidagi bahosidir.
Valyuta kurslariga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi omillar ichidan quyidagilarni ajratib kursatish mumkin:
- milliy daromad va ishlab chiqarish xarajatlari darajasi;
- milliy iste’molchilarning real xarid qilish layoqati va mamlakatdagi inflyasiya darajasi;
- valyutalarga talab va taklifga ta’sir ko‘rsatuvchi to‘lov balansi holati;
- mamlakatdagi foiz stavkasi darajasi;
- valyutaga jahon bozoridagi ishonch va h. k.
Nazariy jihatdan valyuta kurslarining tebranishini tushuntirish xarid qilish layoqatining paritet (turli mamlakatlar pul birliklari qiymatining bir-biriga nisbati) nazariyasi yordamida amalga oshiriladi. Bu nazariyaga ko‘ra, kurslar nisbatlarini aniqlash uchun ikki mamlakat iste’mol tovarlari «savati» narxlarini taqqoslash talab qilinadi. Masalan, agar O‘zbekistonda bunday «savat», aytaylik 2157070 ming so‘m, AQSHda esa 500 dollar tursa, 2157070 mingni 100 ga bo‘lib, 1 dollarning narxini hosil qilamiz, bu 21570,7 so‘mga teng. Agar boshqa sharoitlar o‘zgarmagani holda mamlakatimizdagi tovarlarning narxi oshsa, dollarning so‘mga nisbatan almashuv kursi ham oshadi. Bunday bog‘liqlikni quyidagi formula orqali ifodalash mumkin:
P  r  P yoki r  P/P
bu yerda:
P – mamlakatimizdagi narxlar darajasi;
Pi – xorijiy mamlakatdagi narxlar darajasi;
r – valyuta kursi yoki xorijiy valyutaning milliy valyutadagi narxi.
O‘zbekiston Markaziy banki mavsumiy tebranishlarni kamaytirish va oltin-valyuta zaxiralarini ko‘paytirishni hisobga olgan holda o‘zgaruvchan valyuta kursi rejimini qo‘llab kelmoqda.
Shuningdek, firma va banklarning chet el valyutasida mavjud bo‘lgan davriy qayta baholash va boshqa jarayonlar uchun.
Valyuta kursi – bu bir mamlakat pul birligining boshqa mamlakatlar pul birliklarida yoki xalqaro pul birliklarida (SDR, EKYu) ifodalangan bahosidir. Tashqi jihatdan valyuta kursi jahon bozoridagi talab va taklif asosida aniqlangan bir valyutani boshqa bir valyutaga nisbatan hisoblab chiqilgan koeffisiyenti sifatida namoyon bo‘ladi. Ammo valyuta kursining qiymat asosi valyutani xarid qilish qobiliyati hisoblanadi. Bu iqtisodiy tushuncha tovar ishlab chiqarishda ishtirok etadi va tovar ishlab chiqaruvchilar bilan jahon bozori o‘rtasidagi ishlab chiqarish munosabatlarini ifodalaydi. Qiymat tovar ishlab chiqarish iqtisodiy sharoitlarining barcha jihatlarini ifodalaydi. Bir mamlakat pul birligining boshqa mamlakat pul birligiga taqqoslanishi ishlab chiqarish va ayirboshlash jarayonida yuzaga keladigan qiymat munosabatlariga asoslanadi. Ishlab chiqaruvchilar va xaridorlar valyuta kursi yordamida tovar va xizmatlarning milliy narxlarini boshqa davlatlar narxlari bilan solishtiradi. Bunday solishtirish natijasida ishlab chiqarishni mamlakat ichkarisida rivojlantirish yoki chet elga investisiya qilishni rivojlantirishga asoslangan foydalilik darajasi yuzaga keladi.
Valyuta kursi boshqa iqtisodiy tushunchalar bilan uzviy bog‘liqdir. Valyuta kursining o‘zgarishiga bir qancha omillar ta’sir etadi. Bu omillar iqtisodiy, siyosiy, struktura, huquqiy yoki psixologik xarakterga ega bo‘lib, valyuta kursiga to‘g‘ri yoki teskari ta’sir ko‘rsatadi. Valyuta kursiga ta’sir etuvchi omillarni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:

Download 30.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling