4-mavzu. Inflyasiya va deflyasiya. Reja


Download 25.16 Kb.
bet1/7
Sana23.02.2023
Hajmi25.16 Kb.
#1225784
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4-mavzu. Inflyasiya va deflyasiya.


4-mavzu. Inflyasiya va deflyasiya.
Reja
4.1. Pulning aylanish tezligi.
4.2. Ishlab chiqarish va inflyatsiya o’rtasidagi bog’liqlik
4.2. Ishlab chiqarish hajmi va inflasiya o’rtasidagi muvozanat.
4.5. Pul muomalasi qonunlarining buzilishi hamda uning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari.
Tayanch iborsalar: inflyasiya, inflyasiya darajasi, pul aylanishi, naqd pul, naqdsiz pul, monetar siyosat, ochiq bozor, majburiy zaxira me’yorlarini, kredit siyosati, kredit tizimi va b.


4.1. Pulning aylanish tezligi
Pulni aylanish tezligi – bu pulni qanday vaqtda (sharoitda, usullar bilan) qo`ldan qo`lga o`tib turishini bildiradi. Agar pul tez aylansa, uni miqdori kam bo`lsada, tegishli natijaga erishish mumkin va aksincha.
Shu hisobdan pulni aylanish tezligiga quyidagi omillar ta`sir etadi:

  1. Pul muomalasini tashkil etish tizimi (hisob-kitob shakli)

  2. Hisob-kitob ishlarida qo`llaniladigan elektron va avtomatik vositalar (ilgari

chet mamlakatlar bilan hisob-kitob bilan tovar olish bir oygacha muddatni talab etgan bo`lsa hozir bu hisoblashuvlar 10 minutda amalga oshishi mumkin.) Demak, pul operatsiyasi qanchalik tez bo`lsa, pul shunchalik kam talab etiladi.

  1. Pulga bo`lgan talab va taklifni o`zgarishi. Bunda talab tez o`zgaradi. Shunga

binoan pul taklifi ham o`zgaradi talabni hisobga olib pulni bir ozaytirib, bir ko`paytirib turilgan holatlar ham bo`lgan.

  1. Ma`lum darajada pulni aylanishi tezligiga davlat qarzi, ayrim holatlarda

hisob-kitobda chet el valyutasidan foydalanganligini ham o`rni bor. Odatda davlatlar qarz olganda pul kamayadi, qarzni to`laganda pul ko`payadi. Umuman bu borada O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-sentabrdagi “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo`yicha birinchi galdagi chora-tadbirlar to`g`risida”gi PF-5177-sonli farmoni muhim ahamiyatga ega.

  1. Pul rezervlarini hosil bo`lishi (naqd va naqd bo`lmagan pullarni zahiraga

aylanishi), kredit foizini o`zgarishi (foiz oshsa, kredit bahosi oshadi. Qarz qimmatlashib unga talab qisqaradi, pasaysa aksi yuz beradi, ya`ni foiz kamayganda arzon pul hosil bo`lib, unga talabgor ko`payadi, natijada pul taklifi ortadi. Aksincha foiz oshganda qimmat pul hosil bo`lib, uni olishga shoshilmaydilar). Pul aylanishi tezligiga inflyatsiya va boshqa omillarni ta`siri ham bor.
Pul – kredit siyosati va uni asosiy yo’nalishlari
Pul – kredit siyosati muomiladagi pul mablag’lari miqdorini, bank kreditlari stavkalarini, valyuta kurslarini, to’lov balansini va o’z navbatida bevosita mamlakat iqtisodiyoti holatini o’zgartirish uchun yo’naltirilgan talablar majmuasidir.
Markaziy bankning pul – kredit siyosati umum iqtisodiy infratuzilmalarni tartibga solishning bozor konyukturasini yuqori darajada ushlab turish, bandlikka ta’sir o’tkazish, inqirozli tushunchalarni oldini olishning ajralmas qismi sifatida namoyon bo’ladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib Markaziy bank tomonidan o’tkaziladigan pul – kredit siyosatining umumiy jihatlariga quyidagilar kiradi:
- Monetar siyosatning asosiy yo’nalishini ishlab chiqish;
-Markaziy bankning hisobga olish siyosati yoki foiz stavkalarini tartibga solish siyosati
-Ochiq bozorlardagi operatsiyalar yoki davlat qimmatli qog’ozlarini sotib olish va sotish
-Majburiy zaxira me’yorlarini o’zgartirish va boshqalar
Umuman, Markaziy bank pul – kredit siyosatini yuritish bilan, uni bajarilishini ta’minlash bilan mamlakat pul – kredit tizimini tartibga solish funksiyasiga asos yaratadi va iqtisodiyotni tartibga soladi, uni yanada yuksalishini ta’minlaydi.
Buni mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojlanishini xarakterlovchi 1-jadval ma’lumotlari ham isbotlaydi:
1 – jadval
O’zbekiston Respublikasi taraqiyotining asosiy ko’rsatkichlari

Ko’rsatkichlar nomi



O`lchov birligi

2013

2014

2015

2016



2017



Yalpi ichki mahsulotni yillik o’sishi

%

8,0

8,1

8,0

7,8

5.3

Inflatsiya darajasi

%

6,8

6,1

5,6

5,7

14,4

Davlat byudjet profitsiti

%

0,3

0,2

0,1

0,1

Ijobiy

Iqtisodiyotga investitsiyalar hajmi

Mlrd. AQSH dollari

13,0

14,6

15,8

16,7

Oshgan

Jadval ma’lumotlariga ko’ra Respublikamizda keyingi besh yil davomida yalpi mahsulot yillik o’sish sur’ati 8 foiz atrofida bo’lgan. Shu yillarda inflatsiya darajasi pasayish tendensiyasiga ega. Shuning bilan birga 2017-yilda vujudga kelgan narxlar dinamikasini inobatga olib inflyatsiya darajasi oldingi yillarga nisbatan yuqori bo`lgan. Mamlakatimizni davlat byudjeti shu yillarda profitsit bilan yakunlangan, iqtisodiyotga yo’naltirilgan investitsiyalar hajmi yildan yilga oshib 2016-yilga 2013 yilga nisbattan 3,7 mlrd. AQSH dollariga yoki 28,5 foizga ko’paygan.


Mamlakat iqtisodiyotidagi ushbu ijobiy holatlarda Markaziy bank pul – kredit siyosatini to’g’ri yo’naltirilganligi bilan bog’liq.

Download 25.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling