4-mavzu. Inflyasiya va deflyasiya. Reja


Inflyasiyaning turlari. Talab va taklif inflyasiyasi


Download 25.16 Kb.
bet4/7
Sana23.02.2023
Hajmi25.16 Kb.
#1225784
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4-mavzu. Inflyasiya va deflyasiya.

4.3. Inflyasiyaning turlari. Talab va taklif inflyasiyasi.
Talab inflyasiyasi iqtisodiyotda talab keskin oshib ketishi va uni ishlab chiqarishning real hajmi bilan qondirish mumkin bo’lmay qolgan sharoitlarda kelib chiqadi. Ya’ni, to’liq bandlilikka yaqin sharoitda iqtisodiyotning ishlab chiqarish imkoniyatlari o’sib borayotgan yalpi talabni qondirolmaydi. Ortiqcha talab esa real tovarlar bahosining ko’payishiga iqtisodiy bosim beradi va talab inflyasiyasi kelib chiqadi. Yoki, oddiy so’zlar bilan aytganda, «haddan ziyod pullar haddan kam tovarlarni ovlaydi». Talab inflyasiyasini keltirib chiqaruvchi asosiy sabablar aholining ish bilan to’liq bandligi va ish haqining oshib borishi hisoblanadi. Demak, inflyasiya talab, taklif, ish bilan bandlik, baho, ishlab chiqarish sur’atlari kabi ko’pgina omillarga bog’liq.
Iqtisod pasayish holatida bo’lganda mamlakatda jami talab oshsa, ishlab chiqarish hajmi ko’payadi, ishsizlik kamayadi, baho darajasi esa deyarli o’zgarmaydi yoki kam miqdorda o’zgaradi. Baho o’zgarmasligining sababi shundaki katta hajmdagi bo’sh turgan mehnat va xom ashyo resurlarini shu o’zgarmas bahoda ishga tushirish mumkin bo’ladi. Chunki, ishsiz yurgan kishi ish haqini oshirishni talab qilmaydi, uning uchun ishga yollanishning o’zi kifoya hamda qo’shimcha stanok sotib olishga hojat yo’q.
Bundan tashqari, baho ishchi kuchini to’la ish bilan bandligiga erishishdan oldin ham oshishi mumkin. Ya’ni, ba’zi sanoat korxonalarida bo’sh turgan resurs va zahiralarni ishlab chiqarishga ertaroq to’liq jalb qilinadi, natijada ular talabning o’sishiga mos ishlab chiqarishga, taklifga erisha olmaydi. Talab, taklifdan ko’payib ketadi, natijada baho yana osha boshlaydi.
Taklif inflyasiyasi bu, mamlakat iqtisodiyotida tovar va xizmatlar taklifining kamayishi natijasida tovar va xizmatlar baholarining oshishidan paydo bo’ladi. Bunday hollarda ortiqcha talab bo’lmasa ham tovarlarning baholari oshib boradi. Hatto ish bilan bandlik va YaIM ishlab chiqarish kamaygan yillari tovarlarning bahosi oshadi. Jami taklif qisqarishining asosiy sababi mahsulot birligiga sarflangan xarajatlarning o’sishi hisoblanadi. Bunda nominal ish haqi, xom ashyo va yoqilg’i narxlarining oshishi natijasida ishlab chiqarish tannarxi ham oshadi.
Taklif inflyasiyasining kelib chiqishiga, shuningdek, taklif mexanizmining buzilishi ham ta’sir qiladi. Taklif mexanizmi esa tasodifiy holda asosiy ishlab chiqarish omillari bahosining keskin ko’payishidan kelib chiqadi. Iqtisodchi olimlarning fikriga ko’ra, taklif inflyasiyasi o’z-o’zini cheklaydi. Ishlab chiqarishning pasayishi xarajatlarning qo’shimcha o’sishini cheklaydi, chunki ishsizlikning o’sishi nominal ish haqining asta-sekin pasayishiga olib keladi. Talab inflyasiyasini cheklash uchun esa maxsus chora-tadbirlar ko’rish zarur bo’ladi. Inflyasiya darajasi yuqori bo’lgan mamlakatlarda ishlab chiqarishning haqiqiy hajmi qisqarishi bilan bir vaqtda nominal hajmining ortib borishi kabi vaziyat sodir bo’ladi. Daromadlarni ishlab chiqarish tomonidan ta’minlanmagan o’sishi aholi qo’lidagi pulning taklif qilinayotgan tovar va xizmatlardan oshiqchaligiga olib keladi. Bunday hol pul birligining xarid quvvatini pasaytiradi, bir miqdordagi pulga joriy yilda o’tgan yildagiga nisbatan aholi kamroq mahsulot sotib oladi, ya’ni, uning real daromadi kamayadi. Misol uchun, joriy yilda aholining nominal daromadlari 30% ga ko’paygan, narxlar darajasi 50% ga oshgan bo’lsa, unda aholining real daromadlari 20% ga kamaygan bo’ladi. Chunki, narxlarning o’sishi aholi pul daromadlarining o’sishidan yuqori bo’lgan (30% - 50%q- 20%).
Inflyasiyani real daromadlar darajasiga ta’siri u kutilayotgan yoki kutilmayotganiga ham bog’liq. Kutilayotgan inflyasiya sharoitida daromad oluvchi inflyasiyaning u olayotgan daromadga ta’sirini kamaytirish, ya’ni real daromadi darajasini saqlab qolish chorasini ko’radi.
Bu uchun Fisher tenglamasidan foydalanish mumkin:
i = r + kut., bu yerda, i-nominal foiz stavkasi; r- real foiz stavkasi; kut-
kutilayotgan infnflyasiya darajasi.
Inflyasiya sur’ati 10 foizdan oshganda Fisher tenglamasi quyidagi ko’rinishni oladi:
i - kut.
r = -----------
1+ кут.

Download 25.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling