4-mavzu. Inflyasiya va deflyasiya. Reja
Download 25.16 Kb.
|
4-mavzu. Inflyasiya va deflyasiya.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.4. Inflyasiya va ishsizlik o’rtasidagi bog’liqlik. Fillips egri chizig’i.
- Fillips egri chizig’i
Kutilmagan inflyasiya daromadlarni debitorlar va kreditorlar o’rtasida kreditorlar foydasiga qayta taqsimlaydi. Shuningdek kutilmagan inflyasiya daromadlarni qayd qilingan daromad oluvchilar va qayd qilinmagan daromad oluvchilar o’rtasida keyingilari foydasiga qayta taqsimlaydi. Talab va taklif inflyasiyasini qat’iy chegaralash qiyin. Ba’zida bu ikki turdagi inflyasiya bir-biri bilan qo’shilib ketadi. Masalan, talab inflyasiyasi sharoitida yollanma ishchilar kutilayotgan inflyasiya darajasini e’tiborga olib ish haqlari oshirilishini mehnat shartnomalariga kiritadilar. Bu esa mahsulot tannarxini oshirib taklif inflyasiyasini keltirib chiqaradi. Tovarlar taklifning kamayishini kuzatayotgan iqtisodiy agentlar pul mablag’larini tovarlarga aylantirishga shoshadilar. Bu holat talab inflyasiyasi ko’rinishini keltirib chiqaradi. Bunday ketma-ketlik oxir-oqibat giperinflyasiyani keltirib chiqarishi mumkin. Giperinflyasiya boshqarib bo’lmaydigan inflyasiya jarayoni bo’lib, ishlab chiqarish va bandlik darajalariga halokatli ta’sir ko’rsatadi. Yillik sur’ati bir necha o’n yoki yuz foizni tashkil etgan inflyasiya pul tizimining boshlanayotgan yoki kuchayayotgan inqirozi belgisidir. Giperinflyasiya uning halokatini, butun bozor mexanizmi falajlanishini anglatadi. Giperinflyasiyaning rasmiy mezoni amerikalik iqtisodchi Fillipp Kegan tomonidan kiritilgan. F. Kegan giperinflyasiyaning boshlanishi deb baholarning birinchi bor 50% dan oshgan oyni, tugallanishi deb esa baholarning o’sishi bu sur’atdan pasaygan va shundan so’ng kamida bir yil davomida undan oshmagan oydan oldingisini hisoblash kerak deb taklif qilgan. Giperinflyasiya sharoitida pul o’zining qiymat o’lchovi va almashinuv vositasi singari funksiyalarini bajarolmay qoladi. Normal iqtisodiy munosabatlar buziladi. Mablag’lar ishlab chiqarishga emas, balki tovar-moddiy boyliklari jamg’arishga yo’naltiriladi.
4.4. Inflyasiya va ishsizlik o’rtasidagi bog’liqlik. Fillips egri chizig’i. Iqtisodiyot o’z rivojlanishida potensial darajaga yaqinlashgan shariotda yoki bandlilik darajasini oshirish yoxud inflyasiya darajasini pasaytirish kabi muqobil variantlardan birini tanlashga majbur bo’linadi. Chunki qisqa muddatli davrda ishsizlik va inflyasiya darajalari o’rtasida teskari bog’liqlik mavjud. Ishsizlikni pasaytirish ish joylarini yaratish uchun qo’shimcha mablag’lar ajratilishini anglatadi. Ayni paytda bu ish haqi miqdorining oshishiga ham olib keladi. Har ikkala holat ham baholar darajasinining ko’tarilishiga olib keladi, ya’ni talab inflyasiyasi ro’y beradi. Ishsizlik va inflyasiya ko’rsatkichlari o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik ingliz iqtisodchisi A.V.Fillips tomonidan aniqlangan va Fillips egri chizig’i (5 -chizma) deb ataladi. Fillips egri chizig’i ishsizlik va inflyasiya darajalari o’rtasidagi teskari bog’lig’likni xarakterlaydi.
Download 25.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling