4-mavzu. Inflyasiya va deflyasiya. Reja


Download 25.16 Kb.
bet3/7
Sana23.02.2023
Hajmi25.16 Kb.
#1225784
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4-mavzu. Inflyasiya va deflyasiya.

P-P-1
= ----------
P-1 bunda: yillik inflyasiya sur’ati;
P - joriy yilning narxlar indeksi;
P-1 - o’tgan yilning narxlar indeksi.
Inflyasiyani miqdoran o’lchash uchun makroiqtisodiyotda «70-miqdor qoidasi» deb atalgan usuldan ham foydalaniladi. Bu usul narxlarning barqaror o’sishi sharoitida inflyasiya darajasi necha yilda ikki baravarga oshishini aniqlash imkonini beradi. Buning uchun 70 ni yillik inflyasiya darajasiga bo’lish kifoya:
Baholar ikki martaga 70
oshishi uchun zarur = ----------------------
yillar soni
Misol uchun, yillik inflyasiya darajasi 7 % ga teng bo’lsa, taxminan 10 yilda baholar ikki martaga oshadi, ya’ni, (70:7 = 10).
Real YaMM va jamg’armaning necha yildan so’ng ikki marta oshishini hisoblash zarur bo’lgan hollarda ham «70-miqdor qoidasidan» foydalaniladi.
Deflyasiya (iqtisodiyotda), dezinflyasiya — inflyasiya davrida chiqarilgan muomaladagi ortiqcha qogʻoz pulni kamaytirish; davlat tomonidan muomaladagi pul miqdorini kamaytirishga qaratilgan moliya va pul-kredit tadbirlari (soliqlarni oshirish, qimmatli qogʻozlar sotish, tovar narxlari darajasini pasaytirish, ish haqi oʻsishiga yoʻl qoʻymaslik, tashqi savdoni jonlantirish, banklar hisob stavkasini oshirish, omonatlar oʻsishini ragʻbatlantirish va b.). Statistik jixatdan deflyasiya muomaladagi pul massasi umumiy hajmining yalpi mahsulot, tovar muomalasi va pulli xizmatlar qiymatlari yigʻindisiga nisbati bilan ifodalanadi. Odatda, Deflyasiyani davlatlar pul islohoti arafasida oʻtkazadi. Mas, Buyuk Britaniyada 1925-yil pul islohotidan 2 yil oldin — 1923-yilda muomaladagi pullar 541 mln. funt sterlingdan 378 mln. funt sterlinggacha kamaytirilgan. Ikkinchi jahon urushidan keyin koʻpgina boshqa davlatlarda ham muomaladagi pul miqdorini kamaytirish, tovar narxining oʻsishini susaytirish va b. tadbirlar amalga oshirildi. Oʻzbekistonda yangi soʻm muomalaga kiritilgunga qadar (1994-yil 1 iyul) Deflyasiya tadbirlari amalga oshirildi.


Download 25.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling