Mavzu: Pul massasi va pul agregatlari


Download 220.28 Kb.
bet1/5
Sana28.10.2023
Hajmi220.28 Kb.
#1730563
  1   2   3   4   5
Bog'liq
5-mavzu. Pul massasi va pul agregatlari А.Rahimov

MAVZU: Pul massasi va pul agregatlari


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“BANK HISOBI VA AUDIT” KAFEDRASI
“PUL VA BANKLAR” FANI

REJA:


1. Pul massasi tushunchasi, uning mohiyati va tarkibi.
2. Muomala uchun zarur pul miqdorini aniqlash.
3. Pulning aylanish tezligi. Pul multiplikatori.
4. Pul agregatlari va ularning tarkibi.
5. O’zbekiston Respublikasida pul agregatlari va ularning tarkibi.
6. Xorij mamlakatlarida pul agregatlari.
1. Pul massasi tushunchasi, uning mohiyati va tarkibi
PUL MASSASI TUSHUNCHASI
Pul massasi bu jismoniy va yuridik shaxslarga hamda davlatga tegishli bo’lgan naqd va naqdsiz ko’rinishdagi pul mablag’larining yig’indisidir.
Pul muomalasi bu pullarning naqd va naqd bo’lmagan shakllardagi doiraviy aylanishi bo’lib, bunda pullar to’lov vositasi va muomala vositasi funksiyalarini bajaradi. Pul muomalasi jarayonida ishtirok etadigan pullar 2 ga bo’linadi.
1. Aktiv pullar-bevosita to’lov jarayonidagi pullardir. Shu pullar tufayli T-P (tovar pul) yoki P-T jarayoni nihoyasiga yetadi.
2. Passiv pullar-deganda aholining, korxonalarning va davlatning banklaridagi hisob raqamlarida turgan pullar hamda aholining qo’lidagi naqd pullar tushuniladi.
Ўзбекистон Республикасида
пул массаси тўғрисида маълумот

млрд. сўм

Сана

Кенг маънодаги пул массаси (М2)*

жумладан:

Миллий валютадаги пул массаси

шундан:

Чет эл валютасидаги депозитлар миллий валюта эквивалентида

Тор маънодаги пул массаси (М1)**

шундан:

Миллий валютадаги бошқа депозитлар ва қимматли қоғозлар

Муомаладаги нақд пуллар (М0)

Миллий валютадаги талаб қилиб олингунча депозитлар

1

2=3+8

3=4+7

4=5+6

5

6

7

8

01.01.2014

28 376

22 594

15 870

7 424

8 447

6 723

5 782

01.01.2015

32 698

26 862

19 818

9 058

10 760

7 045

5 836

01.01.2016

40 642

34 576

23 644

10 655

12 989

10 932

6 067

01.01.2017

50 227

41 470

27 955

13 209

14 746

13 515

8 758

01.01.2018

70 816

45 117

33 142

19 449

13 694

11 974

25 699

01.01.2019

80 165

54 896

38 593

22 164

16 429

16 303

25 269

01.01.2020

91 266

62 786

42 670

24 246

18 424

20 116

28 480

01.01.2021

107 604

73 098

50 330

24 920

25 410

22 768

34 506

Dunyoning barcha mamlakatlarida pul muomalasini amalga oshirish va tartibga solish Markaziy banklarga yuklatilgan. Bu yerda Markaziy banklarning mustaqillik darajasi muhim o’rin tutadi. Ayrim davlatlarda misol: Ispaniyada Markaziy bankning mustaqillik darajasi past. Shu jumladan Angliyada ham past. Shu sababli pul muomalasiga oid muhim qarorlarni qabul qilishda hukumatning roziligi talab qilinadi. Markaziy bank pul muomalasini amaldagi qonunchiliklarga qat’iy rioya qilgan holda boshqaradi. Bunda eng asosiy qonun hujjati bo’lib “Markaziy bank” to’g’risidagi qonun hisoblanadi.
Pul muomlasini tashkil qilish va tartibga solish bir nechta omillarga asoslanadi:
1. Pul-tovar munosabatlarining mavjudligi.
2. Pul mablag’larining tovarsiz harakatlanishi. M-n X.Yu.S lar va aholi davlatga soliq to’lashi.
3. Pul muomlasining me’yoriy huquqiy asoslarining mavjudligi.
4. Pul muomalasini tashkil qiluvchi va tartibga soluvchi institutlarning mavjudligidir. Odatda pul muomlasini Markaziy bank tomonidan tashkil qilinadi va tartibga solinadi. Lekin pul muomalasini tashkil qilishda bank tizimining 2-chi pog’onasida turuvchi tijorat banklari rol o’ynaydi.

Muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdoriga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omil - bu tovarlar va xizmatlar bahosi hisoblanadi. Pul miqdori tovarlar va xizmatlar bahosiga to‘g‘ri proportsional, ya’ni tovarlar va xizmatlar bahosining oshishi muomalaga ko‘p pul chiqarishni talab qiladi.

Muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdoriga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omil - bu tovarlar va xizmatlar bahosi hisoblanadi. Pul miqdori tovarlar va xizmatlar bahosiga to‘g‘ri proportsional, ya’ni tovarlar va xizmatlar bahosining oshishi muomalaga ko‘p pul chiqarishni talab qiladi.

Pul miqdoriga ta’sir qiluvchi ikkinchi omil - bu pulning aylanish tezligi hisoblanadi. Bu omil pul miqdoriga teskari ta’sir ko‘rsatadi. Odatda pul qanchalik tez aylansa, muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori shuncha kam talab qilinadi va aksincha.


Download 220.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling