1. Nomoddiy aktivlar, ularning tarkibi va roli


Download 0.56 Mb.
bet1/2
Sana20.04.2020
Hajmi0.56 Mb.
#100446
  1   2
Bog'liq
Ro’zaliyev Ahrorjon Investitsiya ON


MM-90 guruh talabasi
Ro’zaliyev Ahrorjon

17-variant



1. Nomoddiy aktivlar, ularning tarkibi va roli

Ma’lumki, nomoddiy aktivlarga yo’naltirilgan investitsiyalar korxonalarning ilmiy-texnik salohiyatini kengaytirishga mo’ljallangan bo’lib, mulkchilik huquqiga ega bo’lmasdan turib, foyda keltiradi. Nomoddiy aktivlar moddiy ko’rinishga ega bo’lmagan, xo’jalik yurituvchi sub’ekti faoliyatida uzoq vaqt (bir yildan ortiq) davomida foydalaniladigan mulk bo’lib, bir qancha turlarga bo’linadi. Iqtisodiy adabiyotlarda va me’yoriy-huquqiy hujjatlarda nomoddiy aktivlarga berilgan ta’riflar deyarli bir xil mazmunni ifodalaydi. Masalan, «Nomoddiy aktivlar» nomli 38-sonli buxgalteriya hisobining xalqaro standartida quyidagicha ifodalangan: nomoddiy aktivlar pul (qiymat) ko’rinishiga, material-buyum ko’rinishiga ega bo’lmagan, ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatishda qatnashuvchi, ijaraga berish mumkin bo’lgan va boshqaruv maqsadlarida foydalanuvchi aktivlardir.

Xorij iqtisodchi-olimlaridan B.Nidlz, X.Anderson va D.Kolduellar «nomoddiy aktivlar – jismoniy ko’rinishga ega bo’lmagan, sotib olinayotgan aktivlar tarkibida kapital qo’yilmalarni tashkil etuvchi asosiy aktivlar», deb qaraydilar . R.Entoni nomoddiy aktivlarni «yakka tartibda sotiluvchi aktivlar va korxona bilan birga sotiluvchi aktivlar», deb e’tirof etadi. Yakka tartibda aks ettiriluvchi aktivlar barcha huquqlarni o’zida namoyon etsa-da, mahsulotlar belgilari, uning xilma-xilligi korxonaning umumiy qiymatiga qo’shiladi.

Prof. A.Sheremet nomoddiy aktivlarga umumiy holda quyidagicha ta’rif beradi: «…moddiy qiymatga ega bo’lmagan yuridik va boshqa huquqiy munosabatlarni o’zida namoyon etuvchi, o’z egasiga ma’lum vaqt davomida foyda (daromad) keltiruvchi, foydalanuvchilar uchun qulayliklarni yaratuvchi aktivlardir» .

Ko’pgina iqtisodiy adabiyotlarda «nomoddiy aktivlar o’zida nojismoniy elementlarni tavsiflovchi aktivlardir» yoki «nomoddiy aktivlar – korxona aktivlarining ajralmas bir qismi hisoblanib, ular buyum shakligi ega bo’lmaydi» yohud «nomoddiy aktivlar - moddiy ko’rinishga ega bo’lmagan intellektual faoliyat mahsuli, ya’ni intellektual mulk», deb ta’riflangan.

Demak, nomoddiy aktivlarning tushunchasi ularning xususiyatlaridan kelib chiqadi. Ular moddiy ko’rinishga ega bo’lmagan, uzoq vaqt davomida xarajatlarga aylanib boruvchi, korxonaga kelajakda daromad keltiruvchi va aktivlarning bir qismini tashkil etadigan hamda huquqiy munosabatlarni o’zida mujassam qiluvchi aktivlar hisoblanadi. Shuningdek, nomoddiy aktivlar moddiy mohiyatga ega bo’lmagan aktivlarga bo’lgan va uning egalariga uzoq davr davomida muayyan daromad yoki boshqa xil foyda olishni ta’minlaydigan aktivlarga nisbatan mulkiy huquqlardir.

Umumlashtiradigan bo’lsak, korxona faoliyatida bir yildan ortiq ishtirok etadigan, kelgusida iqtisodiy naf keltira oladigan, indentifikatsiyalanuvchi, moddiy buyumlashgan shaklga ega bo’lmagan aktivlarga nomoddiy aktivlar deyiladi.

Nomoddiy aktivlar boshqa aktivlardan quyidagilar bilan farqlanadi:

– asosiy vositalardan – moddiy-mulkiy qiymatlikka ega bo’lmasligi bilan;

– tovarlardan – sotish uchun mo’ljallanmaganligi bilan;

– ishlab chiqarish zaxiralaridan – ishlab chiqarish jarayonida uzoq muddat (bir yildan ortiq) foydalanilishi bilan.

Ko’p hollarda, nomoddiy aktivlar deganda ma’lum qiymatlikka ega bo’lgan intellektual mulk ob’ektlari, mulk huquqlari tushuniladi.

Bozor munosabatlarining tobora rivojlanib borishi va erkinlashishi hamda raqobat muhitini keskinlashib borishi xo’jalik yurituvchi sub’ektlarining aktivlari tarkibida nomodiy aktivlar hissasini orttirib borishni taqozo etadi.

Nomoddiy aktilar bo’lib, korxonaga mulkchilik xuquqlarida tegishli bo’lgan aniq, moddiy asosga ega bo’lmagan, pul shaklida bo’lmagan aktivlar hisoblanadi, ishlab chiqarishda, xizmat ko’rsatishda, ijara uchun yoki ma’muriy maqsadlarda bir yildan ortiq ishlatiladi va daromad keltiradi.

Nomoddiy aktivlar xo’jalik yuritish faoliyatida uzoq vaqt (bir yo’ldan ko’p vaqt) mobaynida foydalanilgan moddiy ashyoviy mazmunga ega bo’lmagan mulk ob’ektlaridir.

Nomoddiy aktiv deb e’tirof etish uchun mulk ob’ekti quyidagi shartlarga javob berishi talab etiladi.

- foydalanish evaziga iqtisodiy yoki boshqa turdagi samara, daromad (foyda) keltirishligi;

- xizmat muddati bir yildan ortiq bo’lishi mumkin;

- moddiy ashyoviy asosga ega bo’lmasligi;

- qiymatga ega bo’lishligi va uni aniq o’lchash mumkinligi.

Intellektual mulk ob’ektlari iqtisodiy ob’ekt sifatida o’zining o’rni va roliga egadir. Intellektual mulkni boshqa mulk ob’ektlaridan farqi shundaki, u inson salohiyatini hosilasini tashkil etadi. Intelektual mulk uning kelib chiqishi va tashkil etish xususiyatlaridan kelib chiqib hamda mualliflik huquqi himoyalanishi jihatidan ikkita turga ajratiladi: sanoat mulki; asarlar.

Sanoat intellektual mulki tarkibiga tegishli hukumat muassasasi tomonidan berilgan patent bilan e’tirof etilgan ixtirolar kiradi. Lekin barcha turdagi ixtirolar ham to’lov qobiliyatiga ega bo’lavermaydi. Patent orqali himoyaga olingan ixtironing mualliflik guvohnomasi bilan himoyalangan iqtidordan farqi shundaki patent bilan himoyaga olingan ixtironi patent egasigina qo’llash huquqiga egadir. Mualliflik guvohnomasi esa iqtidorni istisno sifatida faqat davlat tomonidan qo’llanilishi mumkinligini e’tirof etadi, muallifga esa mukofot to’lovi huquqini beradi.

Patent-bu yangi yaratilgan mahsulot, texnologiya va faoliyatni qo’llash, ishlab chiqarish, sotish va nazorat qilish bo’yicha ularni egasiga maxsus davlat patentlashtirish idorasi tomonidan berilgan huquq, yangi ixtiro uchun olingan patentga qaratilgan investitsiyalar tarkibiga uning yaratilishiga sarflangan xarajatlar (materiallar sarfi, ish haqi va ijtimoiy sug’urta ajratmalari, amortizatsiya va boshqalar), patentlashtirish idorasiga to’langani bois va boshqa patentga erishishga doir xarajatlar majmuasi kiritiladi.

Litsenziya - bu ma’lum bir faoliyat turi bilan shug’ullanish huquqini beruvchi rasmiy xujjat. Litsenziyalarni nomoddiy aktiv sifatida tan olishning zaruriyati negizida, uni ma’lum vaqt birligi davomida korxona, firma, xo’jalik yuritish sub’ekti, tadbirkorga daromad keltirishi yotadi.

Bundan tashqari sanoat intellektual mulki tarkibiga:

- ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari bajarilishi oqibatida olinadigan ilmiy-texnik mahsulot;

- ilmiy ishlar tadbiq etiladigan sanoat namunalari kiritiladi.

Mualliflik huquqi bilan himoyalanadigan intellektual mulk ob’ektlari sirasiga:

- adabiyot va san’at asarlari;

- musiqa asarlari;

- rassomchilik asarlari;

- kinematografiya asarlari;

- ilmiy izlanishlar, ilmiy kashfiyotlar va boshqalar kiritiladi.

Intellektual mulk ob’ektlari boshqa mulk ob’ektlaridek o’zining qiymatiga egadir. Intellektual mulk boshqa mulk ob’ektlari singari narxi aniqlanadi, undan foydalanish esa qo’shimcha naf keltirish mumkin bo’ladi.

Moddiy ashyoviy asosga ega bo’lmagan jami nomoddiy aktivlar xo’jalik sub’ektlariga nisbatan shartli ravishda uchta yirik guruhga ajratilishi mumkin:

Birinchi guruh tarkibiga muayyan korxonadan, firmadan xo’jalik yuritish sub’ektlaridan ajratib olib bo’lmaydigan nomoddiy aktivlar kiradi:

- maxsus malaka egalari bo’lish, ma’lumotli personal;

- reklama sohasida va o’z mahsulotini ilgari surishdagi erishilgan yutuqlar;

- hududiy joylashish afzalliklari;

- biznesda erishilgan reputatsiya, ya’ni obro’-e’tibor.

Ushbu guruh tarkibiga kiritilgan aktivlar qoida sirasida noaniq xizmat ko’rsatish muddatiga ega bo’lganligi tufayli jamlangan holda baholanadi. Bunday aktivlarni xizmat ko’rsatish muddatini aniqlash va amortizatsiya normalarini o’rnatish mumkin bo’lmaganligi uchun, amortizatsiya ajratmalari hisoblanmaydigan, ya’ni amortizatsiya ajratmalari qilinmaydigan aktivlar deb e’tirof etish mumkin.

Ikkinchi guruh tarkibiga korxona, firma yoki xo’jalik yuritish sub’ekti xodimidan ajratib olib bo’lmaydigan aktivlar kiradi. Bular jumlasiga har bir xodimlarning obro’-e’tibori, ya’ni reputatsiyasi va professionallik ko’nikmalari, mahorati, shu jumladan shaxsiy nou-xau, tijorat sohasidagi mahorati moliya operatsiyalarini o’tkazish va hokazolar kiradi. Birinchi guruh tarkibiga kiritilgan aktivlardek, bunday aktivlar ham har biri ajratib olib bo’lmaydi, foydalanish muddatiga ega emas va amortizatsiya qilinmaydi.

Uchinchi guruh tarkibiga, korxona, firma yoki xo’jalik yuritish sub’ektidan ajratib olinib, baholanishi mumkin bo’lgan aktivlar kiritiladi. Bular sirasiga fabrika markalari, firma yoki savdo belgilari, savdo markalari, mualliflik huquqlari, patentlar, litsenziyalar, franchayz va boshqalar kiritiladi. Bu guruhdagi har bir aktiv ajratilgan holda, yakka tartibda alohida baholanishi mumkin va ularni ko’pchiligi aniq xizmat ko’rsatish muddatlariga egadir. Bunday aktivlar amortizatsiya qilinadigan aktivlar deb e’tirof etilgan va ularni korxona, firma yoki xo’jalik yuritish sub’ekti balansida aks ettirish mumkin.

Franchayz - bu mahsulot va tovarlarni ishlab chiqarishda o’zga korxonalarning texnologiya, algoritm, formula va boshqa tashqi ko’rinishlaridan foydalanish huquqi. Bunday huquq asosan boshqa firma yoki boshqa tuzilmalardan shartnomalar asosida sotib olinadi.

Bozor iqtisodiyotiga o’tish hamda erkin raqobat muhiti vujudga kelishi munosabati bilan ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalarida raqobatbardoshlikni ta’minlashda nomoddiy aktivlarni o’rni ko’tarilib, ular roli borgan sari oshib boradi.

Barcha turdagi nomoddiy aktivlarni tashkil etish o’z navbatida investitsiyalarni talab etadi.

Moddiy mulk ob’ektlaridek, nomoddiy aktivlarni tashkil etish va doimiy tarzda yangilab borish muayyan sarf-xarajatlarni talab etadi. Nomoddiy aktivlar muayyan vaqt birligida ishlab chiqarishni boshqaruvchi, tovar mahsulotni ilgari surishda, mahsulot tannarxini pasaytirishda, umuman kapitallashuvni ta’minlashda erkin raqobat muhitida juda ham qo’l keladigan aktivlar qismi hisoblanadi. Investitsiyalarni bir qismi korxona, xo’jalik yuritish sub’ekti tomonidan asosiy kapitalni tiklash, yangilash, kengaytirish va muntazam modernizatsiyalashga qaratilsa, ikkinchi qismi nomoddiy aktivlar majmuasini kengaytirishga, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini joriy etishga, nou-xaulardan foydalanish huquqlarini qo’lga kiritish hamda korxona salohiyatini oshirishga, uning obro’-e’tibor qozonishiga, yuqori imidjga ega bo’lishiga qaratiladi. Investitsiyalarni yana bir qismi aylanma mablag’larni tashkil etishga, ularni to’ldirishga qaratiladi.

Nomoddiy aktivlarga investitsiyalar keskin raqobat muhitida ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish sohalarida etishtirilgan tovar mahsulot va xizmatlarni ilgari surishni, ular aylanma muddatini qisqartirishni, iste’molchilarga qisqa muddatlarda etkazilishini ta’minlaydi, ko’maklashadi. Nomoddiy aktivlar raqobatbardoshlikni yangi texnologiya, mahsulot patentlari, litsenziyalar va boshqa nomoddiy aktivlar turlarini xarid etish yo’li bilan xo’jalik yuritish sub’ekti faoliyatini yangilanib borishga, zamonaviylashtirishga va bozor talablariga javob bera oladigan tovar va xizmatlarni yaratilishiga zamin yaratiladi.

Nomoddiy aktivlarni asosiy turlari patentlar, litsenziyalar, savdo markalari, tovar belgilari franchayz, dasturlar ta’minoti, “gudvill” va boshqalar kapitallashtiriladi va foydalanish davri mobaynida so’ndirib boriladi.

2. Investitsiyalar samaradorligini an’anaviy baholash usullariga qanday usullar tegishli

Investitsiya loyihalarining iqtisodiy samaradorligini baholashda qo’llaniladigan qoplash muddati va rentabellik darajasi usullari ham avvaldan ma’lum bo’lib, ular milliy va chet el amaliyotida to pul tushumlarining diskontlanishiga asoslangan usullarning keng qo’llanilishiga qadar asosiy ko’rsatkichlar sifatida amal qilib kelgan. Ushbu usullarning soddaligi va tushunarliligi va maxsus iqtisodiy bilimga, ko’nikmaga, malakaga, tayyorgarlikka va tajribaga ega bo’lmagan xodimlar o’rtasida ham qo’llanilishiga sabab bo’ladi. Hozirgi kunda tijorat banklari va boshqa kredit muassasalari salohiyatli qarz oluvchilarga investitsion resurslarni taqsimlash shartlarini ma’lum qilishda, odatda, ushbu ikkita usuldan, ya’ni qoplash muddati va rentabellik darajasi ko’rsatkichlaridan foydalanmoqdalar.

Investitsiyalarning qoplash muddatini hisoblash usuli pul oqimlarini diskontlashga asoslangan usullardan farqli ravishda investitsiyalarning nominal miqdorda qaytarilishi mumkin bo’lgan davrni aniqlashga xizmat qiladi. Shunga ko’ra, bu usul investitsiya loyihasini amalga oshirishdan olinadigan daromadlar hisobiga qilingan investitsiya sarflarini qoplash davrini aniqlashga asoslangan. Qoplash muddatini aniqroq tushunadigan bo’lsak, bu loyihani yakunlash davridagi yoki undan olingan daromad investitsiyalar summasiga teng bo’lgandagi davrga tengdir.



Uni hisoblash formulasi quyidagichadir:



bu yerda, I0 - boshlang’ich investitsiyalar; - investitsiya loyihasini amalga oshirishdan olingan yillik pul tushumi summasi. U sof foydani yoki yillik daromad (D) va harajat (X) o’rtasidagi (amortizatsiyasiz A) farqni ifodalaydi.

Misol-1. Faraz qilaylik, investitsiya loyihasi uchun 140 mln.so’m miqdorida investitsiyalash ko’zda tutilmoqda va loyihani amalga oshirish jarayonida olinadigan pul tushumlari miqdori yillar bo’yicha quyidagini: birinchi yilda – 37750 ming so’m, ikkinchi yilda – 42390 ming so’m, uchinchi yilda-47430 ming so’m, to’rtinchi yilda – 51140 ming so’m va beshinchi yilda 60030 ming so’mni tashkil etadi. Bunda qoplanish muddati (PP) necha yilga teng ekanligini aniqlang?


Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling