Globallashuv sharoitida antropologik inqirozning oldini olishning zaruriyati


Download 38.76 Kb.
bet1/5
Sana07.05.2023
Hajmi38.76 Kb.
#1436610
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Globallashuv sharoitida antropologik inqirozning oldini olishnin




ANGREN UNIVERSITETI

MUSTAQIL ISH

Mavzu: “GLOBALLASHUV SHAROITIDA ANTROPOLOGIK INQIROZNING OLDINI OLISHNING ZARURIYATI.”

Bajardi: Nurmonova M.
Guruh: 102 MT
Tekshirdi: _____________________

Angren 2023
GLOBALLASHUV SHAROITIDA ANTROPOLOGIK INQIROZNING OLDINI OLISHNING ZARURIYATI
REJA:

1.Globallashuv – yangi falsafiy mavzu.


2.Global muammolarning mohiyati.
3.Global muammolarning klassifikasiyasi. Asosiy global muammolar tizimi:

Falsafa va hozirgi zamon. Falsafa nafaqat insonning azaliy muammolari va g‘am-tashvishlarini, balki uning so‘nggi yillarda fan-texnika taraqqiyoti ta'sirida tobora jadalroq sur'atlarda, shu jumladan dunyo miqyosida o‘zgarayotgan real hayoti kundalik amaliyotini ham aks ettiradi. Shu munosabat bilan yuzaga kelayotgan yangi hodisalar, g‘ayrioddiy qiyinchiliklar va alohida sharoitlar olimlarning ham, faylasuflarning ham e'tiborini tortmoqda.
Bunda falsafaning fandan ustunligi shundaki – u o‘z xulosalarida tafsilotlar va muayyan dalillarga mahkam yopishib olmaydi, ayrim, uzuq-yuluq va o‘tkinchi narsalarni osongina chetlab o‘tadiki, bu unga asosiy e'tiborni ishning mohiyatiga qaratish, rivojlanishning eng muhim omillari va asosiy jarayonlarini qayd etish imkonini beradi. Falsafaning mazkur fazilatlari insonning ijtimoiy munosabatlar tizimida yoki «jamiyat-tabiat» tizimida yuzaga kelayotgan murakkab, kompleks vazifalarni hal qilishga majbur bo‘layotgan hozirgi sharoitlarda alohida ahamiyat kasb etadi. Shu munosabat bilan falsafiy tahlilning, muhim narsalarni ikkinchi darajali narsalardan, qonuniy narsalarni tasodifiy narsalardan farqlash, tarixiy rivojlanishda ob'ektiv jarayonlarning sub'ektiv omillardan farqi kabi usullari va metodlari hozirgi zamonda insoniyat duch kelgan olamshumul muammolarni nazariy anglab yetish va amalda bartaraf etish uchun ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 38.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling