Inqiroz ildizlari. Ayrim mamlakatlarda ham, butun dunyoda ham barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga erishish texnokratik jamiyat tuzilishi va mohiyatidan kelib chiqadigan katta qiyinchiliklar bilan bog‘liq. U kompyuter inqilobi ta'sirida o‘zgarganiga qaramay, texnogen sivilizatsiyaning asosiy shakl-shamoyillarini saqlab qolmoqda va shu sababli hozirda mavjud ko‘rinishda nafaqat bunday jamiyat tanqidchilarini, balki texnika taraqqiyoti tarafdorlari (texnokratik optimistlar) sobiq izdoshlarining bir qismini ham qanoatlantirmayapti.
Xulosalar. Insoniyat o‘zini o‘zi tashkil etuvchi jonli tizim sifatida o‘z mavjudligi uchun kurash olib bormoqda, yaxshiroq kelajakka erishishga harakat qilmoqda. Bunda hozirgi globallashuv jarayonlari va ular yuzaga keltirayotgan turli muammolar insoniyat oldida tarqoqlik va ixtiloflarni yengib, o‘z birligi sari harakat qilish, ayni vaqtda madaniyatlar, asriy an'analarning o‘ziga xosligini, ayrim millatlar va xalqlarning xususiyatlarini saqlashdan boshqa chora qoldirayotgani yo‘q. Bunday birlashuvga esa, faqat umuminsoniy qadriyatlarni e'tirof etish va ularga rioya qilish orqali erishish mumkin.
ADABIYOT
ASOSIY:
Falsafa asoslari. Nazarov Q tahriri ostida. –T.: Sharq, 2005.
Lektorskiy V.A. Epistemologiya klassicheskaya i neklassicheskaY. Izd.3. – M., 2009. 256 s.
Mayorov G.G. Filosofiya kak iskaniye Absolyuta: Opiti teoreticheskiye i istoricheskiye. Izd.2. – M., 2009. - 416 s.
Shermuxamedova N.A. GnoseologiY. –T.О‘FMJ. 2007
G‘arb falsafasi. Nazarov Q tahriri ostida. –T.: Sharq, 2005.
Nazarov Q.N. Bilish falsafasi. –T.: Universitet, 2005.
Falsafa. Ahmedova M. Tahriri ostida –T.: OFMJ, 2006
Jahon falsafasi tarixidan lavhalar. Nazarov Q. tahriri ostida. –T.: Sharq, 2004
Shermuxamedova N. A. Falsafa va fan metodologiyasi. –T.: Universitet, 2005.
Yoqubova M Axborot texnologiyalarining falsafiy asoslari.-T.: Universitet 2008
www.edu.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |