Foydalanish shartlari • Soʻnggi tahrir 3 oy avval


Download 55.68 Kb.
Pdf ko'rish
Sana21.06.2023
Hajmi55.68 Kb.
#1642513
Bog'liq
Ishlab chiqarish zaxiralari - Vikipediya



Foydalanish shartlari •
Soʻnggi tahrir 3 oy avval
 
MalikxanBot
 tom…
Matndan 
CC BY-SA 3.0
litsenziyasi boʻyicha foydalanish
mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa).
Maxfiylik siyosati •
Desktop

Qidirish
Ishlab chiqarish zaxiralari



Ishlab chiqarish zaxiralari — korxonadagi hali i.ch.
jarayonlariga jalb etilmagan va ish oʻrniga yetib
kelmagan aylanma vositalarining bir qismi: I.ch.z.
xom ashyo, asosiy va qoʻshimcha materiallar,
yoqilgʻi, sotib olinadigan yarim tayyor mahsulotlar,
detallar, ehtiyot qismlar, asboblar va b. ishlab
chiqarish vositalaridan ibo-rat boʻladi. I.ch.z. ishlab
chiqarish ja-rayonining uzluksiz kechishini
ta’minlashga xizmat qiladi. Bunda ularning ortiqcha
boʻlishi (i.ch.ga zarur boʻlmagan zaxiralar)ga ham
yoʻl qoʻymaslik zarur. I.ch.z. natural koʻrsatkichlar
(ogʻirlik, hajm, dona, oʻlcham,) da aniqlanadi. Uning
hajmi korxonada muayyan davr (kun, oy, kvartal, yil)
uchun belgilanadi.
Vazifasiga koʻra, I.ch.z. joriy zaxiralar, kafolatli
zaxiralar va tayyorgarlik zaxiralariga boʻlinadi. Joriy
zaxiralar har kuni muayyan maqsulot birligini i.ch.
uchun ombordan (yoki toʻgʻridan-toʻgʻri yetkazib
beruvchidan) yetkazib beriladi. Kafolatli zaxiralardan,
asosan, joriy zaxiralar tugab, navbatdagi I.ch.z.ni
yetkazib berish toʻxtab qolganda i.ch. uzluksizligini
ta’minlash uchun foydalaniladi. Uning darajasi
shoshilinch berilgan buyurtmani bajarishga ketgan
vaqt va oʻtgan davrda yetkazib berilgan I.ch.z. bilan
kelgusida yetkaziladigan zaxiralar orasidagi tafovut
bilan belgilanadi. Bunda zaxiralarni yetkazib berish
ma-sofasi, ularning ishonchliligi, ma-teriallarni tashib
berish harakteri va usuli, ularni yaqin joylashgan
bazalardan olish imkoniyatlari va b. hisobga olinadi.
Kafolatli zaxirani yaratish uchun zarur zaxiralarni har
besh kunda yetkazib berishga erishish, shu bilan bir
qatorda moddiy-texnika ta’minotini kengaytirish
kerak boʻladi. Tayyorgarlik zaxiralari yetkazib
berilgan zaxirani qabul qilib olish, ularni sifatini
tekshirish, saralash, joylash, korxonaning sexlariga
yetkazib berish va b.ni talab qiladi. Odatda, joriy,
kafolatli va tayyorgarlik zaxiralari birgalikda ombor
zaxirasini hosil qiladi. Bundan tashqari, i.ch.ning
boshi va oxirida vujudga keladigan vaqtinchalik
(bunda zaxira faqat qisqa muddatga yuzaga keladi)
zaxiralar bor. Oziq-ovqat sanoati korxonalarida
mavsumiy zaxiralar hosil qilinadi. Ularning hajmi
mavsumiy tanaffuslarning uzunligiga bogʻliq.
Zaxiralarni haddan tashqari oshirib yubormaslik,
ularni i.ch. harakteri va hajmiga qarab, me’yor
darajasida yaratish zarur. Umuman zaxiralar ma’lum
darajada mablagʻlarni band qilib, i.ch.
samaradorligini pasaytiruvchi omil hisoblanadi.
Sadir Salimov.
[1]
Manbalar

Download 55.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling