Foydalanish usullari
Neron dinariysi. Kumush. 19,2 x 20,9 mm
Download 199.97 Kb.
|
Maxsus fanlar. elektron darslik
Neron dinariysi. Kumush. 19,2 x 20,9 mm Shundan keyin imperator Karakalla past probali dinorlarni muomalaga chiqardi. Shuningdek Antonian toza kumushdan tanga chiqardi. Antonian – kumush Rim tangasi bо‘lib, imperator Karakallaning sharafiga nomlangan. Uning og‘irligi 4,7 – 5,3 grammga teng bо‘lgan. О‘sha paytda u ikki dinorga teng bо‘lgan. Imperator Karakalla iqtisodiy inqirozdan tezroq chiqishi uchun pul islohoti о‘tkazdi va toza kumushdan tanga zarb qildirdi. Bu islohotgacha Rimda, ya’ni II asrgacha muomalada Rim kumush dinorlari keng tarqalgan. Avrelianning hukmronlik yillarida Antonianning qadri ancha kо‘tarilgan, ya’ni 1 Antonian 20 dinorga teng bо‘lgan. О‘sha paytlardagi dinorlarning vaqti portret va imperator rasmiga qarab belgilangan. Faqatgina Adrian tangasidagina sanaga о‘xshash sо‘z yozilgan: “Rimga asos solingandan keyin 848 yil shahar manzarasi”. Bu tanga 120 yilda Rimga asos solinganligining xotirasiga bag‘ishlab о‘tkazilgan sirk о‘yinlari paytida zarb qilingan. Milodning I-II asrlarda tangalarning qiymati quyidagicha bо‘lgan: 1oltin aureus (taxminan 8gr)- 25 kumush dinor 1 kumush dinor (tax.4gr)- 4 kumush sestersiya 1 kumush sestersiy (1gr) – 2 dupondiy latun 1 dupondiy – 2 bronza ass Rimning eng mashhur tangalaridan biri soliddir. Solid (lotincha “Solidus” sо‘zidan olingan bо‘lib, “qattiq” mustahkam degan ma’noni bildiradi) Rim oltin tangasi hisoblanadi. Solid imperator Konstantin tomonidan 314 yilda aureus о‘rniga joriy qilingan tangadir. G‘arbiy Rimda solid 324 yildan boshlab zarb qilinib, muomalaga kiritildi. Solidning og‘irligi 1,72 oltin funtga teng bо‘lib, 4,55 grammni tashkil etgan. Mana shu davrdan boshlab Rimning pul birligi sifatida muomalada bо‘lgan. Keyinroq esa Vizantiya imperiyasida ham asosiy pul birligi rolini о‘tagan. Soliddan tashqari uning yarim qiymatiga ega bо‘lgan semisenslar va 1,3 qismini tashkil qiluvchi – triyenslar zarb qilinib, muomalaga kiritila boshladi. Imperator Konstantin (306-337) о‘tkazgan pul islohotidan keyin tanga pullar quyidagi qiymatga ega bо‘ldi. 1 oltin solid (4,5 gr) – 2 semisa yoki 3 triyens 1 oltin solid – 14 kumush miliariy 1 kumush miliariy (4,5 gr)- 1,7 kumush silivka 14 miliariy – 24 silivka 1 kumush miliariy – 33 mis nummiy 1 mis nummiy – 5 mis dinor Download 199.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling