Foydalanish usullari


Paleografiyа. Yozuvlarning paydo bo‘lishi


Download 199.97 Kb.
bet40/41
Sana11.05.2023
Hajmi199.97 Kb.
#1453240
TuriReferat
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
Bog'liq
Maxsus fanlar. elektron darslik



Paleografiyа.
Yozuvlarning paydo bo‘lishi






1.    


Paleografiya fani va uning vazifalari. Paleografiya fanining shakllanishi va
rivojlanishi, ob’ekti, metodlari. O‘zbekiston tarixi va madaniyatini o‘rganishda
paleografiya fanining o‘rni va ahamiyati.





Paleografiya sо‘zi istiloh sifatida ikkita yunoncha sо‘zdan tashkil topgan: «palayos»-qadimgi
va «grafo»-yozaman. Paleografiya fani qо‘lyozma manbalarning tashqi
belgi-xususiyatlarini tarixiy rivojlanishda о‘rganadi.




        
Paleografiya fani о‘rganadigan u yoki bu qо‘lyozma manbaning tashqi
belgi-xususiyatlari quyidagilardan iborat: qо‘lyozma harflari, bu harflarning
yozilish xususiyatlari, yozuv turi, qо‘lyozmaning materiali, yozuv qurollari,
qо‘lyozmada ishlatilgan bezaklar, qо‘lyozma yozilgan siyoh, qо‘lyozmadagi
tamg‘alar, muhrlar, qо‘lyozmaning formati, qо‘lyozma muqovasi va boshqa tashqi
belgilar.




        
Paleografiyaning vazifasi quyidagilardan iborat: harflarning grafikasi,
xususiyatlarini, harflarning rivojlanishini, yozuvning о‘ziga xos
xususiyatlarini о‘rganish, qо‘lyozmadagi matnni xatosiz о‘qiy olish; qо‘lyozma
manbaning yozilgan vaqtini aniqlash; qо‘lyozma yaratilgan hududni aniqlash; qо‘lyozma
kim tomonidan yozilganligini belgilash; qо‘lyozmaning asl nusxa yoki qalbaki
ekanligini aniqlash va hakozo.




        
Paleografiya ilmiy fan sifatida epigrafika, sfragistika, numizmatika,
xronologiya, shuningdek manbashunoslik fanlari bilan uzviy bog‘liqdir.


Bu fanlar bir-birini


о‘rganishga
yordam beradi va

о‘zaro
bir-birini tо‘ldiradi.




Paleografiyaning ish uslubi: paleografiyaning uslubi asosida qо‘lyozmadagi
bir qator belgi-xususiyatlar, masalan, xarflarning grafikasi, yozuvda
ishlatilgan material, qо‘lyozmadagi
bezaklar, qо‘lyozmani
yozishda ishlatilgan yozuv qurollari ustidan


о‘tkaziladigan
kuzatishlar yotadi. Shuningdek bu xususiyatlarning tarixiy bir davr uchun

о‘zaro
mos kelish-kelmasligini aniqlash ham bu fanning ish uslubiga kiradi.




        
Ma’lumki, tarixdagi har qanday davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy va
madaniy-ma’naviy taraqqiyot darajasi


о‘sha
davrdagi yozuvning holatida

о‘z
izini qoldiradi, yozuvning xususiyatlarini belgilaydi. Boshqacha aytganda,
paleografiyaning tadqiqot obyekti bilan qо‘lyozmalarning
tashqi belgilarini bir-biri bilan bog‘laydi. Masalan, arab xalifaligining VIII
asr


о‘rtalari
va  IX asr boshlaridagi iqtisodiy,
siyosiy va madaniy taraqqiyoti


о‘sha
davrdagi yozuvga

о‘z
ta’sirini

о‘tkaza
olgan. Bundan tashqari

о‘sha
davrda yaratilgan qо‘lyozmalarda
ham


о‘zining
izini qoldirgan ya’ni sekinlik bilan yoziladigan kufiy yozuvi

о‘rnida
davlat muassasalaridagi ish yuritishda undan kо‘ra
tezroq yozish imkoni bor bо‘lgan
nasx yozuvi bilan almashgan. Shuningdek, qо‘lyozma
yozish uchun ishlatiladigan va


о‘sha
davr uchun

о‘ta
qimmat va kamyob hisoblangan papirusni qog‘oz siqib chiqargan. Chunki papirus
ish yuritishdagi betinim

о‘sib
borayotgan ehtiyojni qondira olmay qolgan edi.




        
Yana bir misol: Temuriylar imperiyasining eng rivojlangan davri
markazlashgan davlatchilikning eng yuqori darajasiga tо‘g‘ri
keladi. Bu davrda yozuvning eng asosiy turi nasta’liq xati hisoblanardi.
Tarixdan ma’lumki, arab yozuvlari ichida eng gо‘zal,
eng jozibador va xattotdan eng kо‘p
diqqat talab qiluvchi yozuv nasta’liq yozuvidir. Taraqqiyotning xuddi shunday
bosqichini qо‘lyozmalarning
boshqa tashqi belgilari, shu jumladan, undagi bezaklar ham bosib


о‘tgan.Bu
esa

о‘z
navbatida nafaqat madaniyat taraqqiyotining ichki shart-sharoitlari, balki
tashqi siyosiy va madaniy aloqalarning yanada intensivlashgani bilan bog‘liq
edi.Bunda esa, turli xalqlar madaniyatining

о‘zaro
ta’siri va uning umumtaraqqiyotdagi tutgan

о‘rni
masalasini keltirib chiqaradi.




Xullas, paleografiya fani kо‘makchi
tarixiy fanlarning eng muhimlaridan hisoblanadi va tarixni yanada chuqur


о‘rganishda
katta ahamiyat kasb etadi.




Download 199.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling