Foydalanish usullari


Download 199.97 Kb.
bet6/41
Sana11.05.2023
Hajmi199.97 Kb.
#1453240
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
Maxsus fanlar. elektron darslik



Sfragistika

(muhrshunoslik) - atama yunoncha - sfragis - «muhr soʻzidan olingan.Sfragistika
muhrlar va ularning qoliplari (matriSa) hamda muhrlardan bosib qoldirilgan
izlarini o'rganish bilan shug'ullanadi. Shu bilan birga sfragistika muhr uchun
ishlatilgan materiallarni ham tadqiq qiladi. Sfragistika faoliyat sohasi
sifatida diplomatika sohasi doirasidan ajralib chiqqan,chunki dastlab
hujjatlarning haqqoniyligini muhrlar bilan asoslash bunga sabab bo'lgan. Ommaviy
ravishda arxeologik tadqiqotlarning kengayib borishi asosida ko'plab qadimiy
muhrlar va ularniing izlari tushirilgan ashyolar topilishi, bir tomondan
hujjatlarning oʻzi bilan ikkinchi tomondan ularda saqlangan muhrlar bilan
shug'ullanish ehtiyojini paydo qilgan. Yaqin Sharq (Gʻarbiy Osiyo) Misr,
Mesopotamiya, Kichik Osiyo mintaqalarida olib borilgan arxeologik izlanishlar
bir necha turdagi muhrlar topilishiga olib keldi. Ayniqsa, Silindir (gʻoʻlin)
koʻrinishdagi muhrlar ko'p uchraydi. Antik davr yodgorliklaridan qalqonsimon
muhrlar Vizantiya va oʻrta asr Evropa mamlakatlarida osma ko'rinishdagi metall
muhrlar ko'plab topilgan. Ushbu muhrlardan bosib tushirilgan izlar, hujjatlar
arxivlarida, turli xil turmush buyumlari sirtida saqlangan. Shu kabi topilmalar
ko'payib borgani sari olimlar diplomatika sohasidan sfragistikani ajratish zarur
deb hisobladilar. Natijada bu soha arxeologik madaniyatlar doirasida oʻziga xos
muhrlar majmualarini tasnif qilish imkonini berdi. Bu ishning davomida muhrlar
xronologiyasi va tipologik taqsimoti ham hal qilib borildi. Muhrlar u yoki bu
davlatning ichki va tashqi munosabatlarini o'rganishda ahamiyat kasb etuvchi
maxsus manbushunoslik ob'ektiga aylandi. Sfragistika sohasi bilan jahon
miqyosida koʻplab olimlar shug'ullanib kelishadi.




Download 199.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling