Gidrogeologiya - yer osti suvlari tug’risidagi fan bo’lib, ularning paydo bo’lishini, joylashishini, tarqalish va taqsimlanish sharoitlarini, fizik xossalari va ximiyaviy tarkibini xamda yer ustki suvlari bilan aloqasini o’rganadi. Bundan tashqari, gidrogeologiya shifobaxsh yer osti mineral suvlarini qidirib topish, shaxar va qishloqlarni ichimlik suv bilan ta'minlash, ekinzor maydonlarni sug’orish va yer osti suvlaridan amalda foydalanish uchun tadqiq qilish ishlari bilan xam shug’ullanadi.
Gidrogeologiya fani yer osti suvlarining, ta'minlanish, xarakatlanish, sarf bo’lish qonuniyatlarini o’rganish xamda ko’rilish katlovanlariga, transheyalarga, zovurlarga, karyerlarga qurilish paytida va burg’, shaxta quduqlariga, gorizontal suv chiqarish inshootlariga oqib keladigan suv sarfini aniqlash imkonini beradi. Gidrogeologiya fani quydagi bo’limlarga bo’linadi.
Umumiy gidrogeologiya - yer osti suvlarining hosil bo’lishi, tarqalish sharoiti, tog’ jinslari bilan o’zaro bog’likligi, ularinng fizik va ximiyaviy xossalarini xamda yer qobig’ining rivojlanishida ularning ta'sirini o’rganish bilan shug’ullanadi.
Yer osti suvlar dinamikasi - yer osti suvlarining siljish qonunlarini o’rganish, ularning xarakat yunalishini o’zgartirish va miqdorini baxolash bilan shug’ulanadi.
Gidrogeoximiya - yer osti suvlari ximiyaviy tarkibining paydo bo’lish jarayonini, uning vaqt davomida va xarakatlanishi ta'sirida o’zgarishini o’rganadi.
Yer osti suvlarining qidirish geologiyasi - axoli yashaydigan joylarni suv bilan ta'minlash, sug’orish, imorat va inshootlarni ko’rish masalalarini xal qilish maqsadida yer osti suvlarining zaxirasini, balansini, sifatini, rejimini, xarakatlanishini va joylarning gidrogeologik sharoitlarini baxolash usullarini, gidrogeologik tajriba va tadqiqot ishlari usullarini ishlab chiqish bilan shug’ullanadi.
Ruda konlari gidrogeologiyasi - konlarning gidrogeologik sharoitlarini baxolash, yer osti suvlarining foydali qazilmalarni qazib olish ishlariga ta'sirini o’rganib, unga qarshi kurash chora-tadbirlarini ishlab chiqish bilan shug’ullanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |