Foydali qazilma zaxiralari


Foydali qazihna zaxirasini turkumlash


Download 21.91 Kb.
bet2/2
Sana06.02.2023
Hajmi21.91 Kb.
#1169179
1   2
Bog'liq
jasurcha

Foydali qazihna zaxirasini turkumlash
Kon maydoni doirasida aniqlangan foydali qazilma zaxirasining hammasi geologik zaxira deyiladi. Xalq xo‘jaligi ahamiyatiga bog‘liq holda geologik zaxiralar ikki guruhga bo‘linadi, alohida hisob-kitob qilinadigan balansdagi va balansdan tashqari zaxiralar. Balans zaxiralari - bu sanoat konditsiyasini qoniqtiradigan, ya’ni qazib olish iqtisodiy jihatdan manfaatli hisoblangan zaxira. Balansdan tashqari zaxiralar, bunda foydali birikmalar miqdori kam bo‘lib, ruda tanasini qalinligi kichik, ularni qazish sharoiti murakkab, hozirgi davrda qazib olishga yaroqsiz, lekin kelajakda sanoatda o‘zlashtirish mumkin bo‘lgan obyekt deb qaralishi kerak. Balans va balansdan tashqari zaxiralar ruda konditsiyasining miqdori bilan cheklanadi. Bu konditsiya har bir alohida kon yoki geologik va iqtisodiy sharoitlari bir-biriga o‘xshash konlar guruhi uchun tegishli davlat organi tomonidan belgilanadi. Konditsiya boshqa ko‘rsatkichlar qatori ruda tarkibida foydali komponentlami minimal sanoat miqdorini nazarda tutadi, ya’ni shu foydali birikmalarni pastki chegarasi bo‘lib, undan past miqdordagi komponentlami qazib olish va qayta ishlash iqtisodiy jihatdan samarasizdir (foydasizdir). Minimal sanoat miqdorini o‘lchash alohida har bir kon uchun belgilanadi, chunki rudani qazib olish va qayta ishlashga ma’lum miqdorda mablag‘ sarflanadi, u o‘z navbatida konni xarakteriga va geografik sharoitiga bog‘liq. Konditsiyani aniqlash juda murakkab masala bo4lib, uni to‘g‘ri yechimini belgilash uchun yuqori malakali geologlar, konchilar, rudani boyituvchilar, metallurglar va iqtisod mutaxasislari ishtirokida birgalikda hal qilish kerak.
Balans zaxiraga ajratib olish zarur bo‘lgan sanoat zaxirasi va loyihada belgilangan rudaning miqdor yo‘qotilishiga, oxirigacha qazib olinishi rejalanmagan zaxiralar kiradi (masalan, muhofazalovchi jismlarda qoldirilgan rudalar) [14]. Sanoat zaxirasini qazib olish jarayonida rudaning bir qismi yo'qotiladi, bu yo‘qotilish ekspluatatsion yo‘qotilish deyiladi. Foydali qazilmani qazib olishda rudadan tashqari puch jinslar ham qazib chiqariladi. Ulaming bir qismi saralanib, rudadan alohida yer yuzasiga chiqariladi, yana boshqa bir qismi qazib olish jarayonida rudaga aralashib ketadi. Yer yuzasiga chiqarilayotgan ruda bilan aralashgan puch jinslar ruda massasi deyiladi. Ruda va puch jinslami alohida-alohida yer yuzasiga chiqarilgan qismi «ruda massasi « va puch jinslami esa kon jinslari deyiladi. Qattiq foydali qaziknalar zaxirasi o‘rganilgan va razvedka qilinganlik darajasiga qarab A, B, Cj va C2 kategoriyalarga bo‘linadi. Avvaldan baholangan kategoriya C2 qattiq foydali qazilmalami bashorat resurslarini asoslanganlik darajasiga bog‘liq holda Pi; P2 va P3 kategoriyalarga bo‘linadi. Kategoriya A - zaxirasi razvedka qilingan; oichamlari belgilangan; foydali qazilmaning tabiiy joylashish sharoiti va shakli aniqlangan; foydali qazilma ichida joylashgan atrof kon jinslarining tarhi ajratilgan; tabiiy sharoitda hosil boMgan minerallaming turlari aniqlangan; foydali qazilmaning ichki tuzilishi va tabiiy joylashish sharoiti belgilangan; foydali qazilmaning sanoatga yaroqli turlari ajratilgan va belgilangan; foydali qazilmaning tarhi belgilangan va lahimlar yordamida aniqlangan bo‘ladi. Kategoriya В - zaxiralari razvedka qilingan va to‘liq o‘rganilgan; foydali qazilma yotqizig‘ini asosiy xususiyatlari, joylashishi, shakli va foydali qazilmani tuzilish xarakteri aniqlangan; mineral xomashyoni sanoat ahamiyati navlari, tabiiy turlari va ulami taqsimlash qonuniyatlari aniqlangan. Foydali qazilma tanasi orasidagi noruda va uning konditsiyasi me’yoriy hujjatda belgilangan miqdordan kam bo‘lgan uchastkalarni chegarasi aniq bo‘lmagan kon turi; foydali qazilmani asosiy texnologik xususiyati va tabiiy omillari aniqlanib, konni ekspluatsiya qilishning asosiy shart-sharoitlari aniqlangan. Foydali qazilmalar zaxirasining chegarasi razvedka lahimlari o‘tishda olingan ma’lumotlar asosida belgilangan bo‘ladi
Kategoriya Ci - zaxiralari razvedka qilingan; foydali qazilmaning o‘lchami va shakli belgilangan; foydali qazilmaning texnologik xususiyati sanoatga yaroqli deb baholash uchun yetarli darajada o‘rganilgan; foydali qazilmaning tarxi aniqlangan va lahimlar yordamida belgilangan; ularning taqsimlanish qonuniyati aniqlangan; foydali qazilma tanasi, noruda va konditsiyasi past o‘lchamdagi uchastkalar juda aniq bo‘lmagan chegara bilan cheklangan; asosiy texnologik xususiyatlari va boshqa omillarni, sifatini qo‘shimcha aniqlash talab etiladi. Foydali qazilma zaxirasining chegaralari razvedka ma’lumotlari asosida aniqlangan bo‘ladi. Kategoriya C2 - zaxiralari oldindan baholangan; foydali qazilmani yotish sharoiti, shakli va uni tarqalish doirasi, tabiiy turi geologik va geofizik ma’lumotlar asosida aniqlangan; foydali qazilmaning xususiyatlari laboratoriya sharoitida aniqlangan; foydali qazilmalarni ma’lum nuqtalarini olib, o‘xshash konlar uchastkalariga nisbat aniqlangan; geologik ma’lumotlarga asoslanib foydali qazilmaga yo‘l ochish mumkinligi belgilangan; foydali qazilmani sifati birlamchi namuna (proba) va aralashma kondan olingan ma’lumot asosida aniqlangan boiadi. Yangi konchilik korxonasini qurish yoki ishlab turgan konni (qazib olish korxonasi) qayta qurish ishlarini loyihasini tuzish uchun foydali qazilma konlar zaxirasini davlat zaxira komissiyasi tomonidan tasdiqlangan balans zaxirasiga ega bo‘lgandagina ruxsat etiladi, bunda ham A, В va С kategoriyalar bo‘yicha zaxira nisbati ma’lum boiadi va nazoratga olinadi

FOYDALANILGAN ADABIY OTLAR


1. Bober E.A., Egoshin V.V., Kuxarenko E.V. Osnoviy gornogo delo. Uchebnoe posobie, 1,2,3 .-qism, Kemerova, 1996-1997, 380 b. 2. Burgakov A.S., Jejelevskiy Yu.A., Yarunin S.A. Texnologiya mexanizatsi podzemnoy razrabotki plastovix mestorojdeniy.- M: Nedra, 1989, 336 b. 3. Howard L. Hartman, Jan M. Mutmanskiy. Itroductory Mining Engineering, 2002, 584-588 b. 4. Egorov P. V., Bober Yu. N. i dr. Osnoviy gornogo dela, - М.: Moskovskiy Gosudarstvenno'y gomo'y universiteti, 2003,425 b. 5. William A.Hustrulid, Mark Kuchta, Randall K.Martin. Open pit mine planning and design. - press : CRC. Published : August 30.2013. - pages: 1308.
6. Egorov P. V., Bober Yu. N. i dr. Osnoviy gornogo dela, - М.: Moskovskiy Gosudarstvenno'y gomo'y universiteti, 2000, 405 b. 7. Egorov P.V., i dr. Podzemnaya razrabotka mestorojdeniy poleznix iskopaemix. Praktikum. М., MGGU, 2002. -217 b. 8. Isamuhamedov U. A. Kon ishlari asoslari.-T: «O'zbekiston», 1998, 156 b. % 9. Isamuhamedov U.A. Er osti konchilik ishlari asoslari. -Т.: O'zbekiston, 1998, -120 b. 10. Jigarov M. L., Yarunin S. A. Texnologiya i mexanizatsiya podzemno'x gomox rabot. - M: Nedra, 1990, 356 b.
Download 21.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling