Foydali qazilma zaxiralari
Download 21.91 Kb.
|
1 2
Bog'liqjasurcha
FOYDALI QAZILMA ZAXIRALARI FOYDALI QAZILMA ZAXIRALARI — foydali qazilma konlari tuzilishini oʻrganish, geol. qidiruv ishlari, razvedka qilish, ularni qazib odish va foydalanish jarayonida olingan maʼlumotlarga koʻra yer ostida, ustida, havzalar ostida aniqlangan foydali qazilma mikdori. Ushbu maʼlumotlar foydali jism hajmini hisoblab chiqishga imkon beradi, bu hajmni zichlikka koʻpaytirganda Foydali qazilma zaxiralari ogʻirligini xisoblash mumkin. Suyuq va gazsimon (neft, yer osti suvlari, yonuvchi gazlar) F. q. z. burgʻi quduqlaridagi oqimni hisoblash usuli bilan aniklanadi. Baʼzi konlar uchun undan tashqari, ulardan qimmatbaho komponentlarning zaxiralari, mas, rudalardagi metall mikdori xisoblab chiqiladi. Zaxiralar m3 (qurilish materiallari, yonuvchi gazlar va b.), t (neft, kumir, rudalar), kg (nodir metallar) va karatda (olmoslar) oʻlchanadi. Foydali qazilma zaxiralari ularni aniklanganlik darajasiga qarab, A, V, S, va S2 toifalarga boʻlinadi. Oʻzlashtirishning iktisodiy jihatdan samaradorligiga qarab zaxiralar balans va balansdan tashqari turlarga ajratiladi. Foydali qazilma zaxiralari konlarni sanoatbop toifaga ajratishda muhim omillardan hisoblanadi. O‘zbekiston foydali qazilmalar Davlat balansi ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakat hududida 1895 ta foydali qazilmalar manbai ochilgan. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, foydali qazilmalarning umumiy hisob bo‘yicha 35 foizi mustaqillik yillarida ochilgan. Bu haqda "Pravda Vostoka" gazetasixabar bermoqda. Nashrda keltirilgan maqolaga ko‘ra, ochilgan 1895 ta foydali qazilmadan 235 tasi uglevodorodli, 151 tasi metalli, yettitasi ko‘mirli, 55 tasi tog‘-kon, 34 tasi tog‘-kimyo va 30 tasi yarim qimmatbaho ashyoli, 764 tasi turli yo‘nalishdagi qurilish materialli va 619 tasi yer osti mineral suvlidir. Shuni ta'kidlash lozimki, O‘zbekiston oltin zaxirasi bo‘yicha jahonda 10-o‘rinda, qazib olish bo‘yicha esa 11-o‘rinda boradi. Oltin qazib olish hududlariga quyidagilar kiradi: Qizilqumdagi foydali qazilmalar (Muruntog‘, Metenboy, Chuqurquduq, Ajibugut, Omontog‘, Ko‘kpatas, va boshqalar), Samarqanddagi (Chormiton, Sarmich, Biron, Marjonbuloq) va Toshkent viloyatida (Kuchbuloq, Qayrag‘och, Qizilolmasoy, Kavladi, Pirmirob, Kuzaksoy va boshqalar). Download 21.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling