Foydali qazilmalar – bizning boyligimiz
Download 23.62 Kb.
|
foydali qazilmalar
Foydali qazilmalar – bizning boyligimiz Yer osti va yuzasida marmar, ko`mir, oltin, olmos, kumush, tabiiy gaz, neft kabi tabiiy boyliklar mavjud. Inson ularni qazib olib, foydalanadi. Shu sababdan bunday boyliklarni foydali qazilmalar deb ataymiz. Bir yoki bir nechta foydali qazilmalar to`plangan joy kon deb ataladi. Asadbekning dadasi konda ishlaydi. U foydali qazilmalarni qidirib toppish va qazib olish bilan shug`ullanadi. Uning kasbi – geolog. Asadbek ham bu kasbga juda qiziqadi. Kelajakda u ham xuddi dadasi kabi geolog bo`lmoqchi. Foydali qazilmalar qanday qazib olinadi? Foydali qazilmalar ikki xil: ochiq va yopiq usulda qazib olinadi. Foydali qazilmani ochiq usulda qazib olish karyer usuli dwb ataladi. Karyer usulida foydali qazilmani qazib olish natijasida juda katta o`ra hosil bo`ladi. Foydali qazilmani yopiq usulda qazib olish esa shaxta usuli deb ataladi. Shaxta usulida foydali qazilmalar yer ostidan maxsus moslama va vagonlar yordamida yer yuzasiga olib chiqiladi. Yer yuzasidagi tog` jinslariturli omillar ta’sirida yemirilib, maydalanib chuqurliklarda to`planadi. Okean va dengizlarda ham turli tog` jinslari suv ostiga cho`kadi. Natijada cho`kindi jinslar hosil bo`ladi. Ularning aksariyati tirik organizmlar (o`simliklar, hayvonlar), ularning qoldiqlari parchalanishi natijasida hosil bo`lgan. Qadimda qalin o`rmonlardagi daraxtlar bir-birining ustiga qulab, vaqt o`tishi bilan chirigan. Ular ko`pligidan chirindi qatlamlar hosil bo`lgan. Chirindi qatlamlar vaqt o`tishi bilan ko`milib ketgan va million yillar davomida ko`mirga aylangan. Ko`p yillar davomida okean, dengiz va ko`llarning tubida ixtiozavr, kit, kasha lot, baliqlar, turli suvo`tlarning qoldiqlari yig`ilib brogan. Ularning usti loyqa qatlam bilan ko`milgan. Bir necha millon yillardan so`ng ana shunday chirindi qatlamlar neftga aylangan. Ba’zi dengiz va okeanlarning suvi chekinib, o`rnida quruqlik hosil bo`lgan. Shu sababdan neft konlari Yer sharining quruqlik qismida ham, suvli qismida ham uchraydi. Ko`pincha, neft bor joyda tabiiy gaz ham bo`ladi. Suyuq holatdagi neft bug’lanib, yerosti yorliqlarida yig`ilib, tabiiy gaz hosil bo`lgan. Iste’molga yaroqli bo`lgan suv tarkibidagi tuzlar osh tuzi deb ataladi. Uzoq vaqt davomida dengiz suvlari bug`lanib, tubida tuz yig`ilgan. Ba’zi dengiz va ko`llarning suvi butunlar qurib, o`rnida tuz konlaripaydo bo`lgan. Ko`mir koni yer yuzasiga yaqin joyda ham, juda chuqurda ham bo`lishi mumkin. Yer yuzasidagi yaqin joydagi ko`mir turli texnika vositalari yordamida qazib olinadi. Yer ostidagi ko`mirni qazib olish uchun chuqur shaxtalar qaziladi. Shaxtalarda ko`plab odamlar ishlaydi. Ular texnika vositalari yordamida ko`mirni qazib, yuqoriga chiqaradilar. Ko`mir yoqilganda undan katta miqdorda issiqlik ajralib chiqadi. Elektrostansiyalarda ko`mir yoqilib, katta qozonlarda suv bug`ga aylantiriladi. Bug` katta turbinalarni aylantirib, elektr tokini hosil qiladi. O`zbekistonda elektr tokining katta qismi shu tarzda olinadi. Download 23.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling