Foydali qazilmalarni boyitish va qayta ishlash asoslari” fanidan mustaqil ish bajardi


Download 176.1 Kb.
bet3/4
Sana16.06.2023
Hajmi176.1 Kb.
#1499939
1   2   3   4
Bog'liq
FQB 5

Maydalagichlar klassifikasiyasi.

Maydalagichlar tuzilishiga qarab xilma – xil bo’ladi:



  • Jag’li maydalagichlar (shekoviye drobilki)

  • Konusli maydalagichlar (konusniye drobilki)

  • Juvali maydalagichlar (valkoviye drobilki)

  • Bolgali maydalagichlar (molotkoviye drobilki) va boshqa xillari mavjud.

Jagli maydalagichlarda maydalash jarayonlari kо‘zg‘almas va kо‘zg‘aluvchan jag’lar orasida xom ashyoning maydalanishi xisobiga amalga oshiriladi. Maydalagich jaglari sillik yoki mayda tishli bo’ladi. Bu jaglar maydalagichlarning turlariga qarab oddiy va murakkab xarakatlanadi. Jagli maydalagichlar asosan birinchi bosqich maydalashda va boyitish fabrikasining unumdorligi katta bо‘lgan xollarda qo’llaniladi. Bunday maydalash mashinalaring bir necha xil markadagi turlari mavjud bо‘lib, foydali qazilmalarni fizik xossalariga asoslangan xolda tanlanadi.

Konusli maydalagichlarda maydalash jarayonlari kо‘zg‘almas va kо‘zg‘aluvchan ekssentrik aylanadigan konuslar orasida xom ashyoning uzluksiz maydalanishi natijasida amalga oshiriladi. Bunday maydalagichlarning bir nechta tulari mavjud bо‘lib uch bosqichli maydalashda qo’llash mumkin. Ularni quyidagi turlari mavjud: katta o’lchamda maydalovchi konusli maydalagich (KKD konusnoye krupnoye drobilka); urtacha o’lchamda maydalovchi konusli maydalagich (KSD konusnaya srednaya drobilka); va mayda o’lchamda maydalovchi konusli maydalagich (KMD konusniy melkiy drobilka).





3-Rasm. Qo’zgaluvchan valli konusli katta maydalagich.
1- qo’zgalmas konusning yuqorigi qismi; 2-maydalovchi konus; 3- val; 4-ekssentrik stakan; 5-tashki qo’zgalmas konusning pastki kismi; 6- konusli tishli uzatma; 7-uzatma val; 8- shkiv.

  1. Juvali maydalagichlarda xom ashyo 2 ta bir-biriga karama-karshi aylanadigan silindrik yoki utkir tishli juvalar orasida uzluksiz maydalanadi.

  2. Bolgali maydalagichlarda xom ashyo tuxtovsiz aylanadigan valga biriktirilgan bir nechta bolg’alarning kuchli zarbi natijasida rudalarni maydalaydi. Bunday maydalagichlardan asosan о‘rtacha va yumshoq (Fosforit rudalari, sement xom ashyolari, oxaktoshlar va h.)tog‘ jinslari hamda foydali qazilmalarni maydalash uchun foydalaniladi.



Bolg’ali maydalagichlar tashki tomonidan plitkalar asosida korpus qilingan bо‘lib ichki kismiga esa rotorlarga biriktirilgan bolgalardan iborat. Yukori va pastki kismlari pо‘lat listlardan payvandlash yordamida yoki kuyma pо‘latlar yordamida kotiriladi. Korpusning pastki tayanuvchi kismiga (rolikli yoki sharikli) podshipniklar urnatilgan bо‘lib bu podshipniklar rotor vallarini yengil aylanishiga xizmat kiladi. Rotor oxirgi kismlarida ikkiti va oralik kismlarida bir nechta disklardan tashkil topgan. Bu disklar shponkalar yordamida kotiriladi. Yirik maydalash bosqichlarida bu disklarga ogir bolgalar kam mikdorda urnatiladi. Kichik maydalash bosqichlarida esa aksincha yengil bolgalar kо‘p mikdorda urnatiladi. Maydalagichlarning tepa kismlari plitkalar yordamida futerovka kilinadi va bu futerovkalar vakti vakti bilan almashtirib turiladi. Pastki kismida esa tayanib turuvchi moslama ustida kolosnikli g‘alvir joylashtirilgan. Bu g‘alvir panjara kolosniklar blogidan, aloxida kolosniklardan yoki perforirlangan pо‘latdan bо‘lib, g‘alvirlarning kolosniklari orasi maydalangan maxsulotning tushishiga karab va bolgalarning aylanish tomoniga karab 10 – 200 burchak ostida bo’ladi.
Bolg’alar esa yeyilishga chidamli bо‘lgan pо‘latlardan yasaladi. Maydalanadigan materialning xususiyatiga va talab darajasida maydalanishiga qarab bolg’alar bir necha xil shaklda, ogirligi esa 1 kg dan 135 kg gacha bо‘ladi.


Download 176.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling