Foydali qazilmalarni qayta ishlash va


Download 218 Kb.
bet1/4
Sana06.04.2023
Hajmi218 Kb.
#1335337
  1   2   3   4
Bog'liq
Foydali qazilmalarni boyitish to’g’risida umumiy malumot.


Mavzu:Foydali qazilmalarni boyitish to’g’risida umumiy malumot.
Reja:


1. Boyitish jarayonlari va texnologik ko`rsatkichlari
2. Maydalash to`g`risida umumiy ma`lumotlar va maydalash vositalari
3. Foydali qazilmalarni boyitish usullari
4.Foydalanilgan adabiyotlar.

1. Boyitish jarayonlari va texnologik ko`rsatkichlari.

Foydali qazilmalarni boyitish tayyorlovchi, asosiy va yor-


damchi jarayonlardan tashkil toрadi. Тayyorlovchi jarayonlar bevosita shaxta (rudnik), karyer va boyitish fabrikalarida bajariladigan maydalash, yanchish, saralash, tasniflash hamda foydali qazilmani omuxtalashni o`z ichiga oladi. Asosiy boyitish jarayonlarida fizik va fizik-kimyo jarayonlar ta`sirida foydali qazilmadagi foydali minerallarni ajratib, konsentratga, qolgan qismini chiqindilarga o`tkaziladi. Yordamchi jarayonlar boyitilgan mahsulotni (konsentratni) suvsizlantirish asosida belgilangan namlik me`yoriga keltirish
ajratib olingan suvni tozalash va boyitish jarayonlarida hosil bo`lgan changlarni bostirish (tutib olish) bilan bog`liq ishlardan tashkil toрadi.
Foydali qazilmalarni boyitishda ularni bir-biridan farqlovchi fizik va fizik-kimyoviy xossalaridan foydalaniladi. Masalan, boyitiladigan foydali qazilma massasi tarkibidagi jinslarning rangi, yaltiroqligi, qattiqligi, zichligi, shuningdek, magnitlanish, elektrik va shu kabi boshqa xossalardan boyitish jarayonlarida keng foydalaniladi. Minerallar rangi, yaltiroqligi asosida ruda va ko`mirni qo`lda saralab boyitish jarayonlari amalga oshiriladi. Foydali qazilma tarkibidagi minerallarning qattiqligi ayrim ruda va ko`mir massasini maydalash hamda boyitish usullarini­$% tanlab olishda katta ahamiyatga egadir. Chunki yumshoq minerallar qattiq minerallarga nisbatan oson maydalanadi va yanchiladi. Minerallar zichligi o`zgarishi, doirasining kengligi (foydali minerallar va foydasiz kon jinslari zichligining turlicha bo`lishi) asosida ruda va ko`mir i boyitish jarayonlari bajariladi. Mine-
rallarning turli kuchlanishga ega bo`lgan magnit maydonida magnitlanish darajasining turlicha bo`lishiga asoslangan foydali
qazilmalarni boyitish usullari ham konchilik amaliyotida keng qo`llaniladi. Elektr maydonda mineral zarrachalarning elektrik va
mexanik kuchlar ta`sirida turlicha munosabatda bo`lishiga asoslangan foydali qazilmalarni elektrik boyitish usuli rudalarni boyitishda qo`llaniladi. Boyitish fabrikalarida, ko`рincha, mustaqil boyitish jara-
yonlari sifatida flotatsiya, gravitatsiya va magnit kabi boyitish
usullaridan foydalaniladi. Boyitishning natijalarini bir yoki ikki ko`rsatkich orqali ifodalab bo`lmaydi. Shu sababli boyitish natijalarini baholashda boyitishning barcha jarayonlarini tavsiflovchi qator asosiy
ko`rsatkichlardan foydalanish lozim bo`ladi. Asosiy ko`rsatkichlar – foydali komрonentning boyitiladigan xomashyo va boyitilgan mahsulotdagi miqdori, boyitish natijasida olingan mahsulot miqdori, boyitish mahsulotidan ajratib olingan foydali komрonent miqdori va h. k. Boyitiladigan foydali qazilmadagi foydali komрonent massasining boyitilgan mahsulotdagi massasiga nisbati komрonent miqdori deyiladi. Komрonent miqdori, odatda, foizlarda, birlik ulushlarida, qimmatbaho metallar esa, gramm/tonnalar bilan o`lchanadi va kimyoviy tahlil natijalari asosida aniqlanadi. Boyitishdan olingan mahsulot (konsentrat) massasining boyitiladigan foydali qazilma massasiga nisbati boyitilgan mahsulot chiqishi deyiladi va γ orqali belgilanadi. Boyitilgan mahsulot-
dagi foydali komрonent massasini ushbu komрonentning boyitiladigan foydali qazilma tarkibidagi massasiga nisbati orqali komрonentni boyitilgan mahsulotga ajratib olish darajasi tavsiflanadi­$& A harfi bilan ifodalanadi). Foydali komрonentning konsentratdagi miqdori boyitilgan mahsulot tarkibiga qancha komрonent ajratib olinganligi darajasini ifodalaydiBoyitishning barcha texnologik ko`rsatkichlari o`zaro bir-biri bilan bog`liq bo`lganligi tufayli, agar ko`rsatkichlardan birining miqdori aniq bo`lsa, boshqa ko`rsatkichlarning miqdorlarini ham hisoblash asosida aniqlash mumkin bo`ladi. Masalan, foydali komрonentning boyitiladigan va boyitilgan mahsulot tarkibidagi
miqdori aniq bo`lsa, boyitish jarayonida hosil qilinadigan mahsulot (konsentrat) hajmi, foydali komрonentni konsentratga ajratib olish miqdori kabi boshqa ko`rsatkichlar ham hisoblash asosida aniqlanadi. Agar boyitiladigan foydali qazilma miqdorini Qboy, boyitilgan mahsulot miqdorini Qk va chiqindi miqdorini Q rorqali belgilansa, olinadigan konsentratning nisbiy miqdori C k(%) va chiqindi hajmi Cr (%) quyidagi ifodalar yordamida aniqlanadi:(100 )/ ; (100 )/ .k k boy r r boyQQ QQ γγ ==

Download 218 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling