Foydali qazilmalarni qayta ishlash va


Download 48.22 Kb.
bet1/4
Sana16.06.2023
Hajmi48.22 Kb.
#1499619
  1   2   3   4
Bog'liq
Boyitishdan 31


Mavzu:Foydali qazilmalarni qayta ishlash va boyitish asoslari.


Reja:


1. Boyitish jarayonlari va texnologik ko`rsatkichlari
2. Foydali qazilma massasini bo`lak o`lchamlari bo`yicha saralash va uning granulometrik tarkibi
3. Foydali qazilmalarni boyitish usullari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1. Foydali qazilmalarni boyitish jarayonlari va texnologik ko`rsatkichlari.

Foydali qazilmalar albatta qazilib olinib boyitish fabrikalari yoki gidrometallurgiya zavodlariga boyitish, ya'ni, tarkibidagi bizga kerak bo’ladigan mahsulotni, qimmatbaho komponentni ajratib olish uchun tashib boriladi. Demak, foydali qazilmalar boyitish jarayonlari ketma-ketlikda quyidagi 3 ta asosiy katta


qismga bo’linadi:
1) tayyorlash jarayonlari
2) asosiy (boyitish) jarayonlar
3) yordamchi jarayonlar
Bu uchta jarayonlarni birgalikda boyitish texnologiyasi deb ayta olishimiz mumkin.Tayyorlash jarayonlarini o’rganishdan maqsad minerall zarrachalarining yuza qismini qoplab turuvchi puch tog jinslaridan ochib berish va dastlabki xomashyoni boyitishga tayyorlashdan iborat. Bu jarayonlar har-xil prnitsipda ishlaydigan q’alvirlarda, maydalagichlar va tegirmonlarda amalga oshiriladi.
Boyitishning asosiy jarayonlarda deganda esa boyitishga tayyor bo'lgan xomashyo zarrachalarini har xil usullar yordamida ularning tarkibi, fizik–kimyoviy
xossalariga qarab boyitib ajratib olish tushuniladi.
Yordamchi jarayonlar deganda asosiy boyitish jarayonlarining samaradorligini oshiradigan va qayta ishlash natijasida mahsulotning samaradorligini oshiruvchi jarayonlar tushuniladi. Bunda changsizlantirish,sexlarni shamollatish, loyqasizlantirish, suvsizlantirish, quyiltirish, filtrlash, quritish bosqichlari tushuniladi.Tayyorlov jarayonlar ham o'z navbatida quyidagilarga bo'linadi:
1) maydalash.
2) g’alvirlash.
3) yanchish

4) klassifikatsiya, sinflarga ajratish – tasniflash.


Foydali qazilmalarni boyitish tayyorlovchi, asosiy va yordamchi jarayonlardan tashkil toрadi. Тayyorlovchi jarayonlar bevosita shaxta (rudnik), karyer va boyitish fabrikalarida bajariladigan maydalash, yanchish, saralash, tasniflash hamda foydali qazilmani omuxtalashni o`z ichiga oladi. Asosiy boyitish jarayonlarida fizik va fizik-kimyo jarayonlar ta`sirida foydali qazilmadagi foydali minerallarni ajratib, konsentratga, qolgan qismini chiqindilarga o`tkaziladi. Yordamchi jarayonlar boyitilgan mahsulotni (konsentratni) suvsizlantirish asosida belgilangan namlik me`yoriga keltirish, ajratib olingan suvni tozalash va boyitish jarayonlarida hosil bo`lgan changlarni bostirish (tutib olish) bilan bog`liq ishlardan tashkil toрadi.
Foydali qazilmalarni boyitishda ularni bir-biridan farqlovchi fizik va fizik-kimyoviy xossalaridan foydalaniladi. Masalan, boyitiladigan foydali qazilma massasi tarkibidagi jinslarning rangi, yaltiroqligi, qattiqligi, zichligi, shuningdek, magnitlanish, elektrik va shu kabi boshqa xossalardan boyitish jarayonlarida keng foydalaniladi. Minerallar rangi, yaltiroqligi asosida ruda va ko`mirni qo`lda saralab boyitish jarayonlari amalga oshiriladi. Foydali qazilma tarkibidagi minerallarning qattiqligi ayrim ruda va ko`mir massasini maydalash hamda boyitish usullarini­$% tanlab olishda katta ahamiyatga egadir. Chunki yumshoq minerallar qattiq minerallarga nisbatan oson maydalanadi va yanchiladi. Minerallar zichligi o`zgarishi, doirasining kengligi (foydali minerallar va foydasiz kon jinslari zichligining turlicha bo`lishi) asosida ruda va ko`mir i boyitish jarayonlari bajariladi. Minerallarning turli kuchlanishga ega bo`lgan magnit maydonida magnitlanish darajasining turlicha bo`lishiga asoslangan foydali qazilmalarni boyitish usullari ham konchilik amaliyotida keng qo`llaniladi. Elektr maydonda mineral zarrachalarning elektrik va mexanik kuchlar ta`sirida turlicha munosabatda bo`lishiga asoslangan foydali qazilmalarni elektrik boyitish usuli rudalarni boyitishda qo`llaniladi. Boyitish fabrikalarida, ko`рincha, mustaqil boyitish jarayonlari sifatida flotatsiya, gravitatsiya va magnit kabi boyitish usullaridan foydalaniladi. Boyitishning natijalarini bir yoki ikki ko`rsatkich orqali ifodalab bo`lmaydi. Shu sababli boyitish natijalarini baholashda boyitishning barcha jarayonlarini tavsiflovchi qator asosiy ko`rsatkichlardan foydalanish lozim bo`ladi. Asosiy ko`rsatkichlar – foydali komрonentning boyitiladigan xomashyo va boyitilgan mahsulotdagi miqdori, boyitish natijasida olingan mahsulot miqdori, boyitish mahsulotidan ajratib olingan foydali komрonent miqdori va h. k. Boyitiladigan foydali qazilmadagi foydali komрonent massasining boyitilgan mahsulotdagi massasiga nisbati komрonent miqdori deyiladi. Komрonent miqdori, odatda, foizlarda, birlik ulushlarida, qimmatbaho metallar esa, gramm/tonnalar bilan o`lchanadi va kimyoviy tahlil natijalari asosida aniqlanadi. Boyitishdan olingan mahsulot (konsentrat) massasining boyitiladigan foydali qazilma massasiga nisbati boyitilgan mahsulot chiqishi deyiladi va γ orqali belgilanadi. Boyitilgan mahsulotdagi foydali komрonent massasini ushbu komрonentning boyitiladigan foydali qazilma tarkibidagi massasiga nisbati orqali komрonentni boyitilgan mahsulotga ajratib olish darajasi tavsiflanadi. Foydali komрonentning konsentratdagi miqdori boyitilgan mahsulot tarkibiga qancha komрonent ajratib olinganligi darajasini ifodalaydi. Boyitishning barcha texnologik ko`rsatkichlari o`zaro bir-biri bilan bog`liq bo`lganligi tufayli, agar ko`rsatkichlardan birining miqdori aniq bo`lsa, boshqa ko`rsatkichlarning miqdorlarini ham hisoblash asosida aniqlash mumkin bo`ladi. Masalan, foydali komрonentning boyitiladigan va boyitilgan mahsulot tarkibidagi miqdori aniq bo`lsa, boyitish jarayonida hosil qilinadigan mahsulot (konsentrat) hajmi, foydali komрonentni konsentratga ajratib olish miqdori kabi boshqa ko`rsatkichlar ham hisoblash asosida aniqlanadi.



Download 48.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling