Fraktal tasvirlarni yaratuvchi dasturlarning za’monaviy ta’limdagi ahamiyati zaripova. A. Z. magistrant Navoiy davlat pedagogika instituti, Navoiy shahri


Download 22.18 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi22.18 Kb.
#1596290
Bog'liq
А.Zaripova 2


FRAKTAL TASVIRLARNI YARATUVCHI DASTURLARNING ZA’MONAVIY TA’LIMDAGI AHAMIYATI
Zaripova. A.Z.-magistrant
Navoiy davlat pedagogika instituti, Navoiy shahri
Tabiatdagi ko‘pgina tizimlar ikki xil xususiyatni o‘ziga jamlagan: birinchidan, ular juda ulkan, serqirra va murakkab, ikkinchidan esa ular oddiy qonuniyatning juda kichik miqdori ta’sirida shakllanadi va ushbu oddiy qonuniyatlarga bo‘ysingan holda rivojlanib boradi. Bular kristallardan, va oddiygina klasterlardan tortib, to ekotizimlar biologik obyektlargacha bo‘lgan turli tuman tizimlardir. Fraktallar aynan shunday obyektlar sirasiga kiradi: bir tomondan murakkab, boshqa tomondan esa juda oddiy qonuniyatlar asosida qurilgan. Ushbu xususiyati tufayli fraktallar va ko‘plab tabiat obyektlari va hodisalari bilan juda ko‘p umumiylik xususiyatiga ega. Ammo fraktal, tabiat obyektiga nisbatan ma’lum qulaylik bilan farqlanadi. Fraktal- bu o‘z-o‘ziga o‘xshashlik xususiyatiga ega, ya’ni har biri butun shaklni takrorlovchi bir nechta qismlardan tashkil topgan geometrik shaklni bildiruvchi atama. Yanada kengroq ma’noda aytadigan bo‘lsak, fraktal deganda, kasrli metrik o‘lchamga yoxud metrik o‘lchamga ega, qat’iy ulkan topologik nuqtalar to‘plami tushuniladi.
Fraktal tasvirlarni yaratish uchun mo‘ljallangan ko‘plab dasturlar mavjud bo‘lib, ularning ichidan bir nechta dasturni ko‘rib chiqishimiz mumkin:
JFP Greator. Dastur, koeffitsiyentlar o‘zgarishi jarayonida nihoyatda go‘zal bo‘lgan Juliya fraktalining cheksiz shakl o‘zgarishlarini taqdim qiladi va to‘liq ekranli ko‘rinish, slaydlar taqdimotlariimkoniyatlariga ega. Shakl o‘zgarishlari jarayonida ranglar mutanosibligining parametrlarini, uning turlarini, masshtabini va ko‘rish sohalarini o‘zgartiradi. Yaratilgan tasvirlarni fraktal formatda va tanlangan miqyoslarda BMP formatda saqlaydi. BMP formatda saqlash va hisob kitob shakli, saqlanayotgan tasvirning o‘lchamlarini mm,sm,m, dyumlarda va miqyozini dpi da tanlash imkonini beradi [3].
Ultra Fractal. Yuqori sifatli noyob fraktal tasvirlarni yaratish uchun eng qulay dastur. Dastur nihoyatda do‘stona interfeysi bilan ajralib turadi va uning ko‘plab elementlari Photoshop interfeysini eslatadi hamda favqulotdda mukammal va ko‘rgazmali hujjatlar bilan ta’minlangan. Yaratilgan tasvirlarni poligrafiya uchun yaroqli bo‘lgan yuqori miqyoslardagi ko‘rinishga keltirish yoki ommaviy fraktal formatlardan birida saqlash mumkin. Bunday ko‘rinishdagi tasvirlar rastorli grafik formatlardan (jpg, bmp, png va psd) biriga fraktal animasiyalar esa AVL formatga eksport qilinishi ham mumkin [1].
Apophysis bazaviy fraktal formulalar yordamida fraktallarni yaratish uchun qiziqarli dastur hisoblanadi. Tayyor formulalar yordamida yaratilgan fraktallarning turli-tuman parametrlarini rostlash bilan ularni tahrir qilish va tanib bo‘lmas darajada o‘zgartirish mumkin. So‘ngra esa gradientli bo‘yashning bazaviy variantlaridan birini tanlab, ranglar ustida tajribalar olib borish mumkin. O‘rnatilgan ranglar ro‘yxati yetarli darajada ko‘rkam bo‘lib, zarur bo‘lganda rastrli tasvirga mos keladigan bo‘yoqni avtomatik tarzda tanlanadi. Kerak bo‘lganda ranglar jilosi tiniqligini rostlash, orqa rangni o‘zgartirish, fraktal obyektni masshtablashtirish va uning orqa rang sohasida joylashtirishini aniqlash oson. Olingan natijalarni kerakli uslubda turli-tuman boshqa ranglar bilan aralashtirish mumkin. Yakuniy bosqichda, yaratilgan fraktal tasvirning o‘lchamlarini berish va uni grafik fayl (jpg, bmp, png) ko‘rinishida saqlash maqsadga muvofiq bo‘ladi [2].
Fraktallar haqidagi fan hali juda yosh va uni ulkan kelajak kutmoqda. Ilmiy va ommabop nashrlarda e’lon qilingan minglab tadqiqotlar natijalari va xalqaro internet tarmog‘idagi ulkan resurslar fraktallarga bag‘ishlangan, ammo informatikadan uzoq bo‘lgan mutaxassislar uchun ushbu atama favqulodda yangi hisoblanadi va o‘rta maktabning geometriya, algebra, informatika fanlarining o‘quv dasturlariga kiritish zarur deb hisoblaymiz.
Xulosa qilib aytganda zamonaviy ta’limda ya’ni matematika, chizma geometriya, matematik modellashtrish, kompyuter grafikasi fanlarinio o‘qitishda, o‘quvchilarning fanlarga oid hamda grafik dunyoqarashini shakllantrishda fraktal grafika dasturlaridan foydalanish maqsadga muofiq hisobladi. Shuningdek matematika fanining algebraic tenglamalar sistemasini yechishda tenglamalar ildizlarining aynan qaysi nuqtada yotganini aniq usullar orqali ko‘rsatish munkun ammo fraktal grafika (Mat CAD, Maple, Matematica) imkoniyatlaridan foydalanish o‘quvchilarning mavzuga oid tafakkurlani rivojlantrishda asos bo’lib xizmat qiladi.
Foydalangan adabiyotlar:

  1. Соснин Н.В. «Компьютерная графика» Учебник – СПб: Питер, 2003, 736 с.

  2. Mamarajabov M.E., Tursunov S.Q., Nabiulina L.M. Kompyuter grafikasi va web-dizayn: darslik. O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi.- Toshkent: Cho`lpon nomidagi NMIU, 2013. 376-b.

  3. Nazirov Sh.A., Nuraliyev F.M., Aytmuratov B.Sh. “Rastr va vektor grafika” O`zR oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi markazi. – T.: G`afur G`ulom nomidagi nashriyot matbaa ijodiy uyi, 2007.–192 b.

Download 22.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling