Frans diriger yoʻnaltirish, boshqarish, rahbarlik qilish musiqa ijrochiligi sanʼatining murakkab turi
Download 14.21 Kb.
|
Dirijyorlik
Dirijyorlik (frans. diriger - yoʻnaltirish, boshqarish, rahbarlik qilish) — musiqa ijrochiligi sanʼatining murakkab turi; musiqa asarini ijroga tayyorlash jarayonida qamda bevosita tinglovchi — tomoshabinlar oldida ijrochilar (orkestr, xor, ansambl, opera, balet jamoalari va b.)ga raqbarlik qilish. Odatda bir (baʼzan, ikki) dirijyor tomonidan amalga oshiriladi. D. jamoaviy musiqa ijrosining uygʻunligi, badiiy va texnik mukammalligini taʼminlaydi. Koʻp ovozli musiqa murakkablashuvi va orkestr ijrochiligining rivoji natijasida 15-asr 1-yarmida yuzaga kelib, uni amaliyotga I. Mozel (Avstriya), K. M. Veber va L. Shpor (Germaniya)lar kiritgan. L. Betxoven, G. Berlioz, R. Vagnerlar D. sanʼati asoschilaridan. Xalqaro eʼtibor qozongan birinchi dirijyor X. fon Byulov (Germaniya) boʻlgan. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida chet el D. sanʼati ustalari sifatida X. Rixter, A. Nikish (Vengriya), F. Veyngartner va R. Shtraus (Germaniya), G. Maler (Avstriya), M. Balakirev, A. va N. Rubinshteynlar, S. Raxmaninov, S. Kusevitskiy (Rossiya) va b. tanilgan. Keyingi davrda G. fon Karayan (Avstriya), L. Stokovskiy, Yu. Ormandi, L. Bernstayn (AQSH), B. Valter, V. Furtvengler, O. Klemperer (Germaniya), A. Toskanini (Italiya), Ye. Mravinskiy, A. Melik-Pashayev, Ye. Svetlanov, G. Rojdestvenskiy (Rossiya), Sh. Myunsh (Fransiya), K. Ancherl (Chexiya) va b. D. sohasida katta ijodiy yutuklarga erishgan. Oʻzbekistonda ilk dirijyorlar orasida F. V. Leysek, N. Mironov, V. Uspenskiy va b. boʻlgan. Oʻzbek davlat filarmoniyasi, Navoiy nomidagi opera va balet teatri, Muqimiy nomidagi oʻzbek musiqali drama teatrida simfonik orkestrlar tashkil etilgach, N. Olimov, A. Kozlovskiy, M. Ashrafiy, B. Inoyatov, M. Nasimov, T. Sodiqov, F. Shamsutdinov, A. Abduqayumov, D. Abdurahmonova, 3. Haqnazarov, Gʻ. Toʻlaganov, N. Xalilov, H. Shamsutdinov, B. Rasulov va b. dirijyorlar yetishib chikdi. Respublikamizda xor (S. Valenkov, A. Sultonov, B. Umidjonov, A. Hamidov va b.), oʻzbek xalq cholgʻulari orkestri (T. Jalilov, A. Petrosyans, S. Aliyev, D. Zokirov, M. Bafoyev), 1970-yillardan kamer orkestr (E. Azimov va b.) dirijyorligi ham rivoj topdi. Oʻzbekistan milliy konservatoriyasida operasimfonik va oʻzbek xalq cholgʻu orkestri dirijyorligi sinflari mavjud. Download 14.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling