Fransiya davlatining innovatsiya faoliayti haqida ma’lumotlar Shodiyev Bexzodjon Sayfiddinovich Thompson-Reuters - Thompson-Reuters o‘tkazgan tadqiqotda dunyoning 100ta eng innovatsion korxona va tashkilotlari aniqlangan. Ro‘yxatdan Fransiyaning 10 kompaniyasi o‘rin olgan. Bundan Yevropadagi innovatsiya bo‘yicha yetakchi mamlakat Fransiya deb xulosa qilish mumkin. Undan oldingi o‘rinlarni Yaponiya va AQSh egallagan.
- nnovatsion salohiyati yuqori fransuz korxona va tashkilotlari safiga Alcatel-Lucent, Alstom, Arkema, Safran, Saint-Gobain, Thales, Baleo hamda CEA, CNRS, IFP kiradi.
Avtomobilsozlik, farmatsevtika va kimyo sanoati - Reyting tuzishda mutaxassislar har bir mamlakatdagi patentlar soni, ma’qullangan patentlarning qayddan o‘tgan patentlar soniga nisbati, patentlarning geografik ko‘lami va qadr-qiymati kabi xususiyatlariga e’tibor berishdi.
- Ekspertlar fikriga ko‘ra, avtomobilsozlik, farmatsevtika va kimyo sanoati shiddat bilan rivojlanmoqda.
Global innovatsion Indeks - Global innovatsion indeks (The Global Innovation Index) – davlatlarning innovatsion rivojlanishi darajasini baholovchi global tadqiqotdir. Bu reytingni baholash usul ilk bor Fransiyaning INSEAD xalqaro biznes-maktabi tomonidan ishlab chiqilgan. Hozirgi kunda Global innovatsion indeks 80 ta ko‘rsatkichdan iborat bo‘lib, iqtisodiy rivojlanishning turli darajalaridagi mamlakatlarning innovatsion rivojlanishini tavsiflaydi. Shuning uchun mazkur indeks ikki guruh ko‘rsatkichlarining o‘rtacha qiymatidan kelib chiqib hisoblanadi.
Innovatsion input - Birinchi guruhga innovatsiyalarni joriy etish uchun mavjud resurslar va sharoitlar (Innovation Input) – institutlar, inson kapitali va tadqiqotlar, infratuzilma, ichki bozor va biznesning rivojlanish darajasi kiradi. Ikkinchi guruh esa innovatsiyalarni joriy etishda erishilgan amaliy natijalar (Innovation Output) – texnologiya va bilimlar iqtisodiyotining rivojlanishi hamda ijodiy faoliyat natijalarini o‘z ichiga oladi. Joriy yilning 2 sentyabr kuni Jahon intellektual mulk tashkiloti va Kornel universiteti tomonidan Global innovatsion indeks reytingining navbatdagi «Innovatsiyani kim moliyalashtiradi?» mavzusidagi 13-soni e’lon qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |