Fransiyada 400 ga yaqin pishloq turlari ishlab chiqariladi! - Fransiyada 400 ga yaqin pishloq turlari ishlab chiqariladi!
- Parijdagi eng ommabop joy ko‘pchilik o‘ylaganidek Eyfel minorasi yoki Luvr muzeyi emas balki Parij Disneylendidir.
- Fransiyada vafot etgan kishi bilan rasmiy ravishda turmush qurish mumkin, nikohdan keyin turmush qurgan odam shu zahotiyoq beva bo‘lib qoladi.
- Nikotin nomi fransuzlar bilan bo‘g‘liqligini bilarmidingiz. 1559-yilda Portugaliyadan tamaki olib kelgan fransuz elchisi Jan Nikon sharafiga nikotin nomi paydo bo‘lgan.
- Fransiyada 40 000 qasr va saroy bor, Luvr dunyodagi eng katta saroy hisoblanadi.
- Oddiy fransuz yiliga besh yuzga yaqin shilliqurt yeydi.
- Fransiyagi chorrahalar dunyoning boshqa mamlakatlariga qaraganda ko‘p (taxminan 30,000).
- Fransiyaning Grass shahri butun dunyo parfyumeriya shahri hisoblanadi. Aynan shu yerda atir-upa sohasidagi ta’limlar olib boriladi va aynan shu yerda mashhur Chanel-5 paydo bo‘lgan.
1889-yilda qurilgan Eyfel minorasi 40 yil davomida insonlar tomonidan qurilgan eng baland bino bo‘lib qoldi. Uning balandligi 342 metrga yetadi va unda 1665 zina bor. - 1889-yilda qurilgan Eyfel minorasi 40 yil davomida insonlar tomonidan qurilgan eng baland bino bo‘lib qoldi. Uning balandligi 342 metrga yetadi va unda 1665 zina bor.
- Fransiyada hisoblash mashinasi, havo kemasi, parashyut, suv osti kemasi, tez yordam xizmati, fotografiya va kino ixtiro qilingan.
- Fransiyada bolalarning go‘zallik tanlovlarida qatnashishi taqiqlanadi.
- XVIII asrda kartoshka Fransiyada o‘lat tarqatuvchi mahsulot hisoblangan. Shuning uchun uni 24 yil davomida iste’mol qilish taqiqlangan.
- Fransiya shiori 1789-yildagi Buyuk inqilob davrida paydo bo‘lgan “Liberté, Egalité, Fraternité” (ma’nosi – “Erkinlik, tenglik, birodarlik”)ni hozir hamma joyda uchratish mumkin.
- Fransiya – Yevropa Ittifoqidagi eng katta mamlakat (643,801 km²). Hududi olti burchakli shaklga o‘xshaydi, shuning uchun ko‘pincha uni “L’Hexagone” deb atashadi.
- Ushbu mamlakat turizm bo‘yicha yetakchi hisoblanadi. Har yili u yerga boruvchi sayyohlar soni mamlakat aholisi sonidan oshib ketadi.
Tayyorladi: Normamatov Xushnud
Do'stlaringiz bilan baham: |