Fransiya iqtisodiyoti


Download 1.99 Mb.
bet2/5
Sana30.04.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1409051
1   2   3   4   5
Bog'liq
Fransiya iqtisodiyoti 2023

Fransiya keng taraqqiy etgan industrial – agrar davlat. U ko‘pgina yerosti qazilma boyliklariga ham ega. Ya’ni bu yerdan temir rudasi, toshko‘mir, uran rudasi, boksit va kaliy tuzi ko‘p miqdorda qazib olinadi. Yalpi ichki mahsulot (YAIM) va sanoat mollari ishlab chiqarish jihatidan u dunyoda to‘rtinchi (AQSH, Yaponiya, Germaniyadan keyingi) o‘rinni egallaydi. Chetga mahsulot eksport qilish (asosan mashina va zamonaviy texnologiyalar) bo‘yicha ham to‘rtinchi, qimmatli zahiralarga egaligi bo‘yicha esa uchinchi (AQSH va Yaponiyadan keyingi) o‘rinni band etgan. Shuningdek, Fransiya Yevropada qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va chetga eksport qilish borasida birinchi o‘rinda turadi. Bu mahsulotlar kosmosda, aviasozlikda, aloqa va telekommunikatsiya, energetika, informatika, transport taraqqiyoti va meditsina sohasida muhim rol o‘ynaydi. Mamlakat G‘arbiy Yevropadagi integratsiyalashuv jarayonlarida ham faol ishtirok etadi.

  • Fransiya iqtisodiyoti uchun harakterli jihatlardan biri-yirik monopoliya mahsulotlari ishlab chiqarishdir. Ayni kunda ikkita yirik kompaniya po‘lat eritish va undan mahsulot tayyorlash bo‘yicha 70 foizlik ulushni, elektrli va elektr texnologiya asbob-uskunalari ishlab chiqarish bo‘yicha 50 foizlik ulushni va avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha qariyib 100 foizlik ulushni o‘z qo‘lida ushlab turibdi.

Fransiyada davlat mulki asosan uch xil shaklda boshqariladi:

Fransiyada davlat mulki asosan uch xil shaklda boshqariladi:

1. Milliy jamiyat shaklida. (masalan, «Gaz de Frans», Elektrisiti de Frans», «Sharbonaj de Frans» banki va boshqalar kabi);

2. Ma’muriy boshqaruv. (Atom energiyasi bo‘yicha kommisariat, pochta xizmati, tamaki va gugurt sanoati boshqaruvi va boshqalar).

  • 3. «Aralash iqtisodiyot» jamiyati. («Fransez de petrol» kompaniyasi). Bundan tashqari davlat mulkini tashkil etuvchi jihatlar yangi tarmoqlarda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan (masalan, informatika, energetika, yadro sanoati, bioindustriya) va faoliyati turini o‘zgartirgan, keskin burilish yoqasida turgan kompaniyalar sanaladi.
  • Fransiya iqtisodiyotida zamonaviylashgan sohalar tizimi quyidagicha holatni tashkil etadi: sanoatda – 26,7 foiz, qishloq xo‘jaligida – 4,3 foiz, qurilishda – 5,6 foiz va xizmat ko‘rsatish sohasida 5,8 foizdan iborat.
  • Oxirgi yillarda Fransiya iqtisodiyoti tizimida keskin o‘zgarishlar ko‘zga tashlandi. Sanoat ishlab chiqarish hajmi mohiyatili o‘sdi. Jumladan, sanoatdagi ulush ichki mahsulotlar hisobidan 50 foizni, eksport hisobidan esa qariyib 90 foizni tashkil etmoqda. Ayniqsa sanoat taraqqiyoti avtomobilsozlik, aviasozlik, elektronika, atom energetikasi, neft kimyo va maishiy elektr asboblar ishlab chiqarish sohasida yaqqol ko‘zga tashlandi. Bugungi kunda fransuz aviatsiya-raketa sanoati jahonda uchinchi o‘rinni egallaydi.

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling