Fransiyada Ikkinchi imperiyaning o`rnatilishi lyul monarxiyasi
Download 31 Kb.
|
Fransiyada Ikkinchi imperiyaning o`rnatilishi
Fransiyada Ikkinchi imperiyaning o`rnatilishilyul monarxiyasi.1815- yilda hokimiyati yana qayta tiklan-gan Burbonlar sulolasining vakilj Lyudovik XVIII Napoleon tarafdorlaridan o`ch ola boshladi. Ko`plab harbiylar otib tash-landi. Butun hokimiyat eski o`rta asr feodal tuzumi tarafdorlari qo`lida to`plandi. Aholining atigi 1 foiziga yaqini saylov huquqiga ega bo`ldi. Burjuaziya, hunarmandlar, ishchi va dehqonlar saylov huquqiga ega emasdi. Qirol o`z hokimiyatini yanada mustahkamlashga urinib, 1830- yilda mamlakat parlamentini tarqatib yubordi. Ayni paytda yangi parlamentga saylov huquqi yanada ko`proq cheklanishni ma'lum qildi. Bu esa Parij shahrida inqilob boshlanishiga olib keldi. Uning harakatlantiruvchi kuchlari ishchilar, hunarmandlar va studentlar bo`ldi. Inqilobning maqsadi - Fransiyada respublika tuzumini o`rnatish edi. Fransiya qiroli Karl X inqilobdan qo`rqqanidan chet elga qochib ketdi. Hokimiyat yirik burjuaziya - bank, yirik sanoat korxonalari, birjalar, yollanma mehnatdan foydalanuvchi katta yer va o`rmon egalari qo`liga o`tdi. Ular o`z hukumatini tuzdilar. Ayni paytda monarxiyani saqlab qolishga urindilar. Buning asosida monarxiya va respublika tarafdorlarining bir-biriga o`zaro yon berib, o`zaro murosada yashashlariga erishish maqsadi yotardi. Shu maqsadda taxtga Burbonlarga qarindosh bo`lgan Lui Filipp Orleanskiy o`tqazildi. Shu yo'1 bilan monarxiya saqlab qolindi. Bu hodisa iyul oyida ro`y berganligi tufayli tarixga «Iyul monarxiyasi» nomi bilan kirdi. Lui Filippning o`zi ham yirik o`rmon xo`jaligi egasi va moliyachi edi. Lui Filipp davrida mamlakat yangi konstitusiyasi qabul qilindi. Yangi konstitutsiyada so`z, matbuot, yig`inlar o`tkazish erkinliklari e'lon qilindi. Saylovchilar uchun yosh va mulk senzlari kamaytirildi. Konstitutsiya qirol hokimiyatini chekladi, ayni paytda, parlamentning rolini oshirishni ko`zda tutuvchi moddalar kiritildi. lyul monarxiyasi inqirozi.Yangi qirol va konstitutsiya xalq ommasining ahvolini yengillashtira olmadi. Aksincha, davom etayotgan sanoat inqilobi aholining qashshoqlanishini yanada kuchaytirdi. Ishchilarning ish vaqti 12-16 soat davom etardi. Ishchini korxona egasi istagan paytda ko`chaga haydalishi mumkin edi. Ayniqsa, to`qimachilik sanoati ishchilarining ahvoli og`ir edi. Birgina Lion shahrining o`zida o`ttiz mingga yaqin to`quvchi qashshoqlikda yashardi. 1831- yilda korxona egalari ularning ish haqini oshirish haqidagi talabini rad etishi qo`zg`olon ko`tarilishiga olib keldi. Qo`zg`olonchi to`quvchi ishchilar o`z bayroqlariga «Ishlab yashaylik yoki jang qilib o'laylik» deb yozib olgandilar. Qo`zg`olonchilar Lion shahrini egallab oldilar. Biroq poytaxt Parijdan Lionga yuborilgan 20 ming kishilik qo`shin qo`zg`olonni shafqatsizlik bilan bostirdi. Hukumat to`qimachilar qo`zg`olonidan tegishli xulosa chiqarib olmadi. Aksincha, ta'qib etish siyosati bilan ishchilarni itoatda tutishga urindi. Oqibatda, 1834- yilda Lion to`quvchilari yana qo`zg`olon ko`tardilar. Bu safar qo`zg`olonchilar faqat ish haqini oshirish to`g`risidagi talab bilan cheklanib qolmadilar. Ular endi respublika tuzumi o`rnatilishini ham talab qildilar. Shaharda ishchilarning hukumat qo`shini bilan shiddatli janglari olti kun davom etdi. Oxiroqibatda, bu qo`zg`olon ham shafqatsizlik bilan bostirildi. Shaharda 350 kishi o`ldirildi. Qirol siyosatidan o`rta va mayda burjuaziya ham norozi edi. Ular ham respublika tuzumi o`rnatilishini, saylov huquqini kengaytirishni talab qila boshladilar. Bosh vazir Gizo bu talabga «Mehnat va tejamkorlik orqali boying, ana shundagina sizlar saylovchi bo'lasizlar», degan haqoratomuz javob qildi. Shu tariqa, lyul monarxiyasi xalq ommasi ko`z o`ngida o`z obro`sini yo`qota bordi. Download 31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling