Fransiyada Ikkinchi imperiyaning o`rnatilishi lyul monarxiyasi
Download 31 Kb.
|
Fransiyada Ikkinchi imperiyaning o`rnatilishi
1848- yil inqilobi.1845 wi 1847- yillarda Fransiyada qurg`oqchilik ro`y berdi. Natijada oziq-ovqat mahsulotlarining, birinchi navbatda nonning narxi oshib ketdi. Bu ham yetmaganidek, 1847- yilda Yevropa davlatlari iqtisodiyotini inqiroz qoplab oldi. Bu esa ishlab chiqarishning keskin kamayishiga, pulning qadrsizlanishiga olib keldi. Korxonalarning yopilishi yoki ishchi o`rinlarining qisqartirilishi natijasida ishsizlik oshib bordi. Bularning barchasi inqilobning yuzaga keishiga sharoit yaratdi. Shunday vaziyatda burjuaziya inqilobning oldini olish uchun hukumat oldiga islohotlar o`tkazilish talabini qo`ydi. Uning asosini saylov huquqini kengaytirish to`g`risidagi masala tashkil etardi. Burjuaziya shu yo'1 bilan lyul monarxiyasini yon berishga undamoqchi bo`ldi. Ishchilar esa respublika tuzumining eng qat'iyatli tarafdori bo`ldilar. Ayni paytda, ular bo`lajak respublikaning mamlakatdagi ishsizlikni tugatadigan, barcha fuqarolar uchun mehnat qilish huquqini kafolatlovchi qonun qabul qiladigan, ish kunini qisqartiradigan va mehnat sharoitini yaxshilaydigan respublika bo`lishi talabini ham qo`ydilar. Bu talab yirik muldkorlar tabaqasini cho`chitib yubordi. Iqtisodiy inqiroz tobora chuqurlashib bordi. Oqibatda ommaviy ishsizlik vujudga keldi. Ishchilarning ish haqi ikki barobardan ortiqqa kamaydi. o`z navbatida, bu hodisalar inqilobiy vaziyatni vujudga keltirdi. Aholi qurollanaboshladi. Nihoyat, 1848- yilning 23- fevralida Fransiya tarixida yana bir inqilob boshlandi. 24- fevral kuni Parij shahridagi barcha muhim joylar, muassasalar qo`zg`olonchilar qo`liga o`tdi. Shunday sharoitda Lui Filipp taxtdan voz kechishga va Angliyaga qochib ketishga majbur bo`ldi. Qo`zg`olonchilar qirol saroyini egallab, uning taxtini yoqib yubordilar. Shu tariqa 1848- yil fevral inqilobi natijasida lyul monarxiyasi quladi. Ayni paytda Fransiya 25- fevral kuni Respublika deb e'lon qilindi. Fransiya parlamenti vaqtinchalik hukumat tuzdi. Yangi hukumat matbuot, namoyishlar o`tkazish erkinligini e'lon qildi. Shuningdek, 21 yoshga to`lgan barcha erkaklarga saylov huquqi berildi. Barcha fuqarolarni ish bilan ta'minlash to`g`risida dekret qabul qilindi. Ishsizlar uchun «Milliy ustaxona» deb ataluvchi jamoatchilik ishlari tashkil etildi. Ish vaqti 10-11 soat bilan cheklab qo`yildi. Biroq yangi hukumat mablag` yo`qligi uchun tez orada milliy ustaxonalarni yopib tashladi. Ularda ishlayotgan 115 mingga yaqin ishchi ishsiz qoldi. Bungajavoban ishchilar 1848- yilning iyunida yana qo`zg`olon ko`tardilar. Biroq hukumat qo`zg`olonni shafqatsizlik bilan bostirdi. Download 31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling