Fransiyada kapitalizm taraqqiyoti


Download 25.45 Kb.
bet1/2
Sana17.06.2023
Hajmi25.45 Kb.
#1537383
  1   2
Bog'liq
FRANSIYADA KAPITALIZM TARAQQIYOTI


FRANSIYADA KAPITALIZM TARAQQIYOTI
Reja:

  1. Kapitalizm

  2. Feodalizm va kapitalizm o‘rtasidagi oxirgi to‘siq.

  3. Fransuz qiroli Lui XVI ning qatl etilishi haqida

Kapitalizm — xususiy mulk, bozor iqtisodiyoti va demokratik intilishlarga asoslangan jamiyat turi. Ijtimoiy tafakkurning turli oqimlarida K. — erkin tadbirkorlik tizimi, industrial jamiyat taraqqiyotining bosqichi, K. ning hozirgi davri esa — "aralash iqtisodiyot", "postindustrial jamiyat", "axborot jamiyati" va b. sifatida taʼriflanadi. Marksizmda K. — i.ch. vositalariga xususiy mulkchilikka va yollanma mehnatning kapital tomonidan ekspluatatsiya qilinishiga asoslangan ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya, deb talqin etiladi.


Kelib chiqishi
K. 14—15-asrlarda Italiya (savdo) va Gollandiya (manufaktura) shaharlarida yuzaga kelib, 16-asrdan boshlab Yevropada dastlabki sarmoya (kapital) jamgʻarish deb atalmish jarayon natijasida qaror topdi. Sanoat sohasidagi keskin oʻzgarishlar samarasi oʻlaroq yirik, mashinalashgan i.ch. tashkil topgan edi. K. sharoitida bozor raqobati mexanizmi (qarang Raqobat) tadbirkorni foyda olish uchun sarmoyani doimo koʻpaytirib borish va i.ch.ni takomillashtirishga undaydi. Bu esa ishlab chiqaruvchi kuchlar, fan va texnikaning tez surʼatlar b-n rivojlanishiga imkon beradi. 19-asr oxiri va 20-asr boshida Gʻarbdagi rivojlangan mamlakatlarda yirik sanoat va bank korporatsiyalari tashkil topadi, moliya kapitali muhim ahamiyat kasb eta boshlaydi, bozor raqobatiga iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarish mexanizmi ham qoʻshiladi. Barqaror ijtimoiy tizim tarkib topadi, unda yirik mulkdorlar va yollanma mehnat b-n mashgʻul xodimlar qatorida oʻrta mulkdorlar sinfi ham muhim oʻrin egallaydi.
K.ning hozirgi shakllariga qisqa muddatli (davriylikka va inflyasiyaga qarshi) va uzoq muddatli (makroiqtisodiyot) davlat boshqarib turishi kiradi. Bu bevosita (qonunlar va maʼmuriy hujjatlar orqali) va bilvosita (soliqlar, davlat byudjeti harajatlari, amortizatsiya siyosati orqali) boshqarish shakllarida amalga oshiriladi. Bundan tashqari, indikativ, tavsiya berish tusidagi tarmoq va mintaqaviy dasturlar (rejalar) ham K.ning hozirgi shakliga kiradi. Koʻpgina mamlakatlarda asta-sekin qaror topgan, ijtimoiy yoʻnaltirilgan bozor iqtisodiyoti hamda parlament demokratiyasi 20-asrning 2-yarmida aholi turmush darajasi va madaniyatining yuksalishini, ijtimoiy ziddiyatlarning yumshashini hamda ularni hal etishning huquqiy mexanizmi ishlab chiqilishini taʼminladi. Xoʻjalik hayoti baynalmilallashuv darajasining oʻsishi, transnatsional (davlatlararo) korporatsiyalarning kuchayishi b-n mintaqaviy va jahon iqtisodiy integratsiyasi, iqtisodiyotni davlatlararo boshqarib turish rivojlanmoqda. Bu hol Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, Xalqaro valyuta fondi, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, Yevropa Ittifoqi kabi maxsus tashki-lotlar paydo boʻlishida oʻz ifodasini topdi.
Kapitalizm - ishlab chiqarish vositalari xususiylashtirilgan va daromad uchun ishlaydigan hamda narx-navoni bozor iqtisodiyoti belgilaydigan iqtisodiy tizimdir. Dunyoda hozir toʻliq kapitalistik iqtisodiyotli tizim yoʻq, barcha mavjud tizimlar aralashdir; lekin koʻp tizimlarda bozor iqtisodiyoti asosiy rol oʻynaganligi uchun, kapitalizm atamasini ularga nisbatan qoʻllashadi.
Kapitalizm tarixi
Kapitalistik davlatlar – tarix maydonida burjuaziya inqiloblari natijasida feodal tuzumi o’rnida paydo bo’ldi. Burjua inqiloblarining ob’ektiv va sub’ektiv shart-sharoitlari feodal jamiyat negizi asosida yaratildi. Kapitalizm XVI asrda feodal tuzumning emirilishi natijasida vujudga keldi. Kapitalistik tuzum tabiati va uning rivojlanishi kapital bilan bog’liqdir. Kapitalistik tuzumning iqtisodiy asosi ishlab chiqarish vositalari va mehnat qurollariga xususiy mulk sifatida ega bo’lish va shu asosida xususiy tadbirkorlik tizimini shakllantirish hisoblanadi. Kapitalistik davlatlarda xususiy mulk muqaddas va daxlsiz deb e’lon qilinadi. Kapitalistik davlatlarda xususiy mulkni himoya qilish va uni qo’riqlash uchun barcha konstitutsiyaviy va joriy qonunlar xizmat qiladi. Biz buni hozirgi g’arb mamlakatlarida mavjud barcha qonunlarda ko’rishimiz mumkin. Masalan, GFR ning 1kapitalistik davlatlar4kapitalistik davlatlar yil 23 mayida qabul qilingan Konstitutsiyasida xususiy mulk va meros huquqi kafolatlanadi deb yozib qo’yilgan. Kapital mulkning iqtisodiy asosini tashkil etuvchi «moddiy» belgilarga g’arb olimlari quyidagilarni kiritadilar: raqobatning mavjudligi; texnik va texnologik taraqqiyotga ko’maklashuv; moliyaviy sohadagi ixtisosliklarning rivojlanishi; qudratli milliy va transmilliy korporatsiyalarning o’sib chiqishi; vaqti-vaqti bilan depressiyalar (iqtisodiy tanazzul) paydo bo’lishi; xususiy sektor ustidan hukumatning faqat qisman nazorati; kuchli ishchilar tashkilotlarining vujudga kelishi, ularning rivojlanishi va hokazo.
Kapitalizmda xususiy mulk iqtisodiy erkinlikning asosi bo’lib, u o’z navbatida, insonning siyosiy, ijtimoiy va shaxsiy hukuq va erkinliklarining poydevori bo’lib xizmat qiladi. U yoki bu shaxs, guruhlar qo’lida qanchalik ko’p mulk to’plansa, ularning konstitutsiya va qonunlarda belgilab qo’yilgan huquq va erkinliklarini amalga oshirish uchun katta imkoniyatlari mavjud bo’ladi va aksincha.Kapitalistik davlatlarjamiyat siyosiy tizimining muhim institutlaridan biri bo’lib, uning ommaviy hokimiyatga egalik qilishi uchun juda yaxshi qurollangan armiyasi, politsiyasi, qamoqxona, razvedka, kontrazvedka kabi tashkilotlari mavjud bo’ladi. Ularsiz kapitalistik davlatning hukmron doiralari hech qanday vazifani uddalay olmaydilar. kapitalistik davlatlar ana shu kuch orqali jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarga iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy va huquqiy ta’sir o’tkazib, burjua jamiyatining siyosiy tizimida etakchi o’rinni egallaydi. Jamiyat hayotining barcha sohalarida, xususan ishlab chiqarish, moddiy va ma’naviy farovonlik ta’minlanishida kapitalistik davlat kuchli iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy kuch sifatida maydonga chiqadi. kapitalistik davlatlarning o’ziga xos xususiyatlaridan biri, hukmron sinf va ularning tashkilotlarida turli xil qarashlar va manfaatlarni ilgari surayotgan turli-tuman fraktsiyalarni birlashtira oladi.
Kapitalistik davlatlar xarakteriga ko’ra turli-tuman, ammo ijtimoiy mohiyati va mazmuniga ko’ra quyidagi vazifalarni bajarishni ko’zda tutadi: a) hukmron sinf bo’lgan burjuaziyaning turli qatlamlarida mavjud bo’lgan ichki qarama-qarshiliklarni bartaraf etish; b) burjuaziya sinfining turli qatlamlarini ma’lum bir manfaatlarini bir oqimga birlashtirish; v) burjuaziya va butun jamiyatning umumiy strategik maqsad va manfaatlarini belgilab olish; g) davlatning qo’li ostida bo’lgan barcha vositalardan foydalangan holda kapitalistik iqtisodiyotni uzluksiz rivojlanishini ta’minlagan holda jamiyatni siyosiy tizimini yanada takomillashtirish va mustahkamlash hamda shu orqali rasmiy mafkurani singdirish. Davlat ushbu vazifalarni hal etish orqali turli iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va mafkuraviy funktsiyalarni bajaradi. Kapitalistik davlatlarpaydo bo’lishi va rivojlanishining muayyan tarixiy shart-sharoitlaridan kelib chiqib, turli xil boshqaruv, davlat tuzilishi va siyosiy rejim shakllariga ega bo’ladi (qarang: Davlat shakli).
Kapitalistik davlatlaruchun ikki asosiy boshqaruv shakli mavjud. Ular konstitutsiyaviy monarxiya va burjua respublika shakllari. Konstitutsiyaviy monarxiya o’z navbatida ikki turga parlamentar va dualistik monarxiya shakllariga bo’linadi. Burjua respublikalari ham parlamentar va prezidentlik boshqaruvi shakllariga bo’linadi. Davlat tuzilish shakllariga ko’ra kapitalistik davlatlarunitar, federativ va konfederativ shakllariga bo’linadi.
1793-yil 21-yanvar kuni Fransiyaning so‘nggi absolyut monarxi Lui XVI 1789-yilda boshlangan Buyuk fransuz inqilobi natijasida qatl etildi. Fransuz inqilobi insoniyat tarixida zamonaviy bosqichni boshlab bergan, dunyoni modern asriga olib kirgan, inson huquqlari, siyosiy harakatlar singari tushunchalarni yaratgan buyuk voqea hisoblanadi. Lekin Lui XVI biroz qattiqqo‘l va irodali bo‘lganida, inqilob amalga oshmasligi mumkin edi. Bu holatda insoniyat qanday rivojlanardi – noma’lum. Lekin bugungi modern asri bo‘lmasligi ham mumkin edi.
Xo‘sh, Lui XVI qanday qirol edi, nega uni qatl etishdi ? Bugungi maqolada “Daryo” kolumnisti Jahongir Ostonov bu qirol, uning hayoti, faoliyati va o‘limi sabablari haqida hikoya qiladi.
Lui Avgust 1754-yilning 23-avgust kuni Versal shahrida tavallud topgan. Uning ota-onasi Fransiya taxti vorisi dofin Lui de Frans va uning ikkinchi xotini Mari-Jozef de Saks edi. Lui yoshlikdan diniy ta’lim olib o‘sdi. Shuningdek, konservatizm prinsiplari ostida tarbiyalandi. Tirishqoq Lui yoshligidan juda ko‘p texnik ilmlarga qiziqdi. U bo‘sh vaqtini qulf yasashga sarflardi. Akasi va taxt vorisi bo‘lgan otasi dofin Lui de Frans vafotlaridan keyin rasman qirol Lui XV ning vorisi etib e’lon qilindi.
Lui va Mariya Antuanettaga
1770-yilda Lui qirollik uchun muhim nikohni qabul qildi. Shu yili Avstriya imperatori Fransua I ning qizi Mariya Antuanetta bilan oila qurdi. Bu paytda ular 14 va 16 yoshlarda edi.
Mariya Antuanetta.
Mariya Antuanetta.
Foto: Wikipedia
Bu nikoh Fransiya qirolligi va Avstriya imperiyasi o‘rtasidagi aloqalarni yaxshilashi lozim edi. Shuningdek, ikki davlat aloqalarining yaxshilanishi mintaqada Angliya va Prussiyaning Fransiyaga nisbatan tajovuzkorona harakatlari tiyib turilishiga xizmat qilishi ham kerak edi. Ammo Avstriyaga nisbatan adovat yuzaga chiqa boshladi va malika yetarli hurmatga loyiq ko‘rilmadi. Mariya Antuanetta esa eri bilan birgalikda gilyotinada qatl etildi. Ularning nikohidan to‘rt farzand dunyoga keldi.
Hukmronlik yillari
1774-yilning 10-may kuni 19 yoshli Lui Avgust Lui XVI nomi bilan Fransiya va Navarra qiroli deb e’lon qilindi. Toj kiyish marosimi 1775-yil 11-iyun kuni Rems shahrida bo‘lib o‘tdi.
Taxtga tayyor bo‘lmagan yosh qirol uyatchanlik kasaliga mubtalo edi. Davlat ishlaridan ko‘ra ov kabi ko‘ngilochar mashg‘ulotlarni xush ko‘rardi. Hukmronligining ilk yillarida davlat chuqur iqtisodiy inqiroz girdobiga tushib qoldi. Turgot va Malesherb singari taniqli vazirlar bo‘lishiga qaramay, aristokratiya muxolifatiga qarshi turdi.
Ana shunday sharoitda, 1774-yil 17-noyabr kuni parlamentni qayta chaqirish to‘g‘risida buyruq chiqarishga majbur bo‘ldi. Qaror qabul qilishda ojiz qirol o‘rniga muhim qarorlarni bundan buyon parlament qabul qiladigan bo‘ldi. Ko‘rilgan iqtisodiy islohotlar, soliq tizimidagi o‘zgarishlar, yangi savdo hamkorlari topish yo‘lidagi urinishlar to‘siqlarga uchradi. Bir necha vazir ishdan olindi. Mamlakat og‘ir inqiroz ichida qoldi. Shunday sharoitda qirol Fransiyaning eski obro‘sini tiklash maqsadida tashqi siyosatda muhim qarorlar qabul qilishga harakat qildi. Bu yo‘nalishda uning AQShdagi mustaqillik urushidagi ishtirokini eslab o‘tish joiz. 1778-yil 6-fevral kuni Fransiyada bo‘lib turgan Benjamin Franklin bilan harbiy ko‘mak borasida kelishuv imzolandi. Bu kelishuvga muvofiq, Fransiya AQShga harbiy ko‘mak berdi. Saroydagi katta xarajatlarga qo‘shimcha ravishda Amerikadagi urushga aralashuv Fransiya iqtisodiyotini xavfli ahvolga solib qo‘ydi.
Lui XVI va Buyuk fransuz inqilobi
Mamlakatdagi og‘ir iqtisodiy inqiroz siyosiy inqirozni ham keltirib chiqardi. Burjuaziya va dehqonlar soliq tizimidagi adolatsizlik hamda saroy xarajatlari haddan ko‘pligidan norozi edi. Parlament a’zolari imtiyozga ega kishilarning hayot tarzini ortga surishi mumkin bo‘lgan soliq tizimidagi islohotni amalga tatbiq qilishni ortga suraverdi. Uchinchi tabaqa vakillarining noroziliklari kuchayib bordi. Shunday sharoitda, 1789-yil 9-iyulda ta’sis yig‘ilishi tuzildi. Shunga qaramay, qirol konstitutsiyaviy monarxiya tuzishdan bosh tortdi. U imtiyozlarni bekor qilishdan, Inson va fuqaro huquqlari deklaratsiyasini ratifikatsiya qilishdan bosh tortdi. Fransiya inqilob ichida qoldi. Boshlangan noroziliklarni jiddiy qabul qilmagan qirol bir necha yo‘qotishlarga uchradi. Inqilobdagi eng muhim nuqta, shubhasiz, 1789-yil 14-iyulda Bastiliya qal’asi qo‘zg‘olonchilar tarafidan egallanishi bo‘ldi. Bu hujum paytida 80 nafar parijlik halok bo‘ldi. Qamoqxona boshlig‘i ham qo‘zg‘olonchilar tomonidan o‘ldirildi. Monarxiya istibdodining ramzi bo‘lgan qal’a qo‘lga kiritildi. Ushbu sana Fransiya tarixiga milliy bayram kuni sifatida kirdi.
Tartibsizliklarning ikkinchi to‘lqini shu yilning 5–6-oktabr kunlari parijlik ayollar Versal saroyiga non so‘rab borishi bo‘ldi. Bir necha ming ayol saroy ostonasiga norozilik namoyishlarini o‘tkazdi. Hayot darajasi pasayishi va yashashning qimmatlashuvi oqibatida qiroldan o‘zgarishlarni talab qilishdi. Shu kecha qirol shu paytga qabul qilishni rad etib kelgan qarorlarni qabul qildi. Qirol Parijga olib ketildi va Tyuilri saroyida hibsda ushlandi. Versal saroyi esa talandi.
Qirolning o‘ldirilishi
Qirloning obro‘si misli ko‘rilmagan darajada tushib ketdi. 1791-yil 21-iyun kuni hibsdan qochib, Metsdagi markiz Buye armiyasiga qo‘shilishni istagan qirol va uning oilasi Varen-en-Argonda qo‘lga olindi va yana Parijga olib kelindi. Xalq esa o‘ziga nisbatan xiyonat qilingan deb hisobladi. Respublikachilar kuchayib ketishini istamagan parlament qirolni inqilobga qarshi kuchlar tomonidan olib qochilgan qilib ko‘rsatishga erishdi. Qirol barcha vazifalaridan ozod qilinganiga qaramay, 1791-yil 14-sentabr kuni Milliy ta’sis majlisida xalq ishonchini oqlashga qasam ichdi. Ammo bundan buyon u Fransiya qiroli emas, balki fransuzlar qiroliga aylandi. Ushbu o‘zgarish hokimiyat xalq ixtiyoriga o‘tganini anglatar edi.
Isyonchilar qarab o‘tirmadi. Ular Tyuilri saroyiga hujum qildi. Qirol xiyonatda, armiyani tartibsizlanstirishda ayblandi. 1792-yil 1-avgustda Fransiyada chop etilgan bir bayonotda Brunsvik gersogi, Prussiya armiyasi qo‘mondoni mabodo qirol hayotiga xavf tug‘ilgudek bo‘lsa, Parijni yer bilan yakson qilishini e’lon qilgan edi. G‘azabga mingan isyonchilar Tyuilri saroyini egallab, qirolni hibsga oldi. Bu voqea 1792-yilning 10-avgust kuni yuz berdi. Bir necha oy davom etgan sud ishida, malakali advokatlar himoyasi ostida bo‘lishiga qaramay, u davlatga qarshi jinoyatda ayblandi va inqilobiy tribunal tomonidan o‘lim jazosiga hukm etildi.
1793-yil 21-iyun, tongi soat 10:20 da Lui Kapet, Fransiyaning sobiq qiroli 39 yoshida gilyotinada qatl etildi. Qatl o‘sha paytdagi Inqilob, hozirgi Konord maydonida amalga oshirildi. U millat xoini sifatida e’lon qilindi. Uning so‘nggi so‘zlari quyidagicha yangradi: “Fransuzlar, men ma’sum holda o‘lim topmoqdaman, dushmanlarimni kechiraman, istaymanki, mening o‘limim…”. Uning oxirgi so‘zlari o‘limini e’lon qilgan do‘mbira sadolari ostida qolib ketdi.
Fransiya qo'shinlari qayerga borsalar, dehqonlar va hunarmandlar yordamida ko'pgina feodal tartiblarni tugatib, yangi zamonaviy tartiblar o'rnatdilar. Mamlakat ichkarisida esa hamon direktoriya hokimiyatiga qarshi ilgarigadek isyonlar tez-tez bo'lib turar edi. Anna shunday isyonlardan biri Parijda yuz berdi. Bu isyonni bostirishda yosh general Napoleon Bonapart o'zining harbiy san'atini namoyish etdi. Fransiyaning Yevropa qirollik davlatlariga qarshi olib borgan urushlari asta-sekin bosqinchilik va boylik orttirish urushlariga aylandi. Urush natijasida pul, oziq-ovqat zaxiralari, nodir rasmlar, haykalchalar, san'at asarlarini tortib olish birinchi o'ringa chiqarildi. Bu narsalar o'lja sifatida Parijga tashila boshlandi. Ichki va tashqi urushlar natijasida armiya hamda uning generallarining Direktoriyaga ta'siri kuchaydi. 1799- yilgi davlat to'ntarilishdan so'ng Fransiyaning 1 konsuliga aylangan Napoleon Bonapart endi yakka hokimlikka intila boshladi . Napoleon Bonapart 1769-yilda Korsika orolida kambag'allashgan dvoryan oilasida dunyoga keldi. Bonapartlar oilasida 8 farzand bo'lib, ular 5 o'g'il va 3 qiz-Jofer, Napoleon, Lyusen, Eliza, Lui, Pashna, Karolina va Jeramdan iborat edi . Napoleon ikkinchi farzand edi. Otasi uni harbiy bilim yurtiga berdi. Napoleon bilim yurtini tugatib, 24 yoshidayoq general unvonini oldi. Napoleon Avstriya qo'shinlari egallab turgan shimoliy Italiyaga yurishga tayyorlanayotgan armiyaga qo'mondon etib tayinlandi. Bonapart armiyasi shimoliy Italiyaga bostirib kirib, Avstriya qo'shinlarini tor-mor etdi. 1797 yilda Napoleon Bonapart Avstriyani taslim bo'lish sulhini imzolashga va Fransiyaning g'alabasini tan olishga majbur etdi.Shundan so'ng Italiya Fransiyaga qaram bo'lgan bar necha kichik respublikalarga boiinib ketdi.
1798-yilning may oyida Napoleon 30 mingdan oshiq kishilik armiya bilan 350 ta kemada Misrga yo'l oldi. Quruqlikda fransuz qo'shinlari Misr otlaq armiyasi ustidan g'alaba qozondilar. Ammo tezda ingliz floti Misr sohillariga yetib kelib, fransuz kemalarini yondirib yobordi. Napoleon qo'shinlari Fransiyadan ajratib qo'yilib, halokatga mahkum etildi. Suriyaga qilingan hujum arablar bilan bilan turk qo'shinlarning qattiq qarshiligiga duch keldi. Shu paytning o'zida Suvorov qo'mondonligidagi rus armiyasi Shimoliy Italiyada fransuz qo'shinlarini mag'lubiyatga uchratdi.
Napoleon Bonapart o'z armiyasini tashlab,poytaxt Parijga shoshildi, u hokimiyat uchun kurashda asosiy da'vogarlardan biri edi. Napalyon Fransiyaga qaytgan paytda mamlakatda vaziyat og'ir edi. Direktoriya o'z obro'sini yo'qotib, ko'pchilik Napalyon Bonapart shaxsida o'z najotkorini izlayotgan edi. U armiya va xalq orasida kata obro'ga ega edi. Napoleon Fransiyaga qaytib kelgach, oradan bir oy o'tar o'tmas, 1799 yilning 9 noyabrida Direktoriya a'zolarining istefo berishlariga erishdi . Ertasi kuni o'z ukasi, deputat Lyusen Bonapart yordamida sadoqatli qo'shinlar bilan qonun chiqaruvchi korpusni qurshab oldi. Deputatlarga hokimiyatni Napoleon boshchiligidagi uch konsulga (lotincha «consul» so'zidan kelib chiqqan bo'lib, Fransiyaga saylab qo'yiladigan ijro etuvchi hukumat rahbarlari) topshirish to'g'risidagi talab taqdim etildi. Tez orada yangi Konstitutsiya loyihasi ishlab chiqildi va konsullar ichida Napalyon keng vakolatlarga ega bo'lib, u 10 yillik muddat davomida shu lavozimni egallab turishi kerak edi.
Konstitutsiya va Napalyonning birinchi konsullikka tayinlanishi umumxalq ovoziga qo'yildi va deyarli ko'pchilik, ya'ni 3,5mln kishi uni yoqlab ovoz berdi.
Konsullik davrida davlat tizimi ancha mustahkamlandi, harbiydiktatura siyosati davom ettirildi. 1804 yilda Napoleon Bonapartni Napoleon I nomi bilan Fransiya imperatori deb e'lon qildi, mamlakatda monarxiya tuzumi qaytadan tiklandi . Biroq mazkur monarxiya feodallar, dvoryanlar, ruhoniylar manfaatini emas balki yangidan rivojlanib kelayotgan o'rta tabaqalar, bankirlar, zodagonlar, armiya va amalorlarga tayanuvchi harbiy byurokratik monarxiya edi. Mulk, oila, savdo to'g'risidagi qonunlarning majmualari, jinoyat kodeksi tuzib chiqildi. «Napoleon kodeksi» deb nom olgan «fuqarolik kodeksi» ularning eng muhimi edi. Har qanday miqdodagi xususiy mulkka ega bo'lish huquqinimustahkamlab berish bu kodeksni asosiy vazifasi edi. Xususiy mulkka ozgina boisa ham tajovuz qiluvchilarga juda qattiq jazo joriy qilindi.
Napoleon Bonapart «orqa-o'ngiga qaramay» harakat qilib, Yevropada yangi-yangi yerlarni bosib olaverdi. Uning farmoniga binoan Piyemont va Genuya Fransiyaga qo'shib oldi. Bonapart Angliyaga desant tushirish rejasini tuzdi, bunga u rumanli ob-havoga va Ispaniyaning yordamiga umid qildi. Ammo, Angliya bilan birga Avstriya va Rossiya Napoleonga qarshi chiqdilar, o'z qo'shinlari bilan Reyndan o'tib, General Mak boshchiligidagi Avstriya armiyasini Ulm shahrida qurshab oldi. Avstriya qo'shinlari jangsiz taslim bo'ldilar. Ammo, Trafalgar burni yaqinida 1805 yiloktabr oyida Fransiya va Ispaniyaning deyarli barcha kemalarini ingliz eskadrasi yondirib, g'arq qilib yubordi. Eskadraga qo'mondonlik qilayotgan istedodli ingliz admirali Nelson shu dengiz jangida qattiq yaralandi.
Ammo, fransuz armiyasi quruqlikda katta muvaffaqiyatlarni qo'lga kiritdi. 1805 yil 2-dekabrda Napoleon Austerlis yonida Avstriya va Rossiya armiyalari ustidan hal qiluvchi g'alaba qozondi. Birinchi imperiya (1804-1814) tuzumi o'n yil davomida Fransiyada hukmronlik qildi. Shu davr mobaynida Yevropaning turli burchaklarida Napoleon harbiy san'at nuqtai-nazaridan ajoyib g'alabalarni qo'lga kiritdi. Hatto, birgina uning nomini eslash yoki tilga olish Yevropa monarxlarini, ularning atrofidagi zodagonlarni dahshatga solarp edi.
Ulm Austerlis, Yyepa, Eylau, Fridland, Vagram - bu joylarda Napoleon qo'shinlari yuksak mahorat bilan o'z dushmanlari ustidan qator g'alabalarni qo'lga kiritdilar. Bu g'alabalarni taminlashda jonbozlik ko'rsatgan, fransuz armiyasiga qo'mondonlik qilgan, harbiy rejalarni ishlab chiqqan qo'shinni ruhlantirgan shaxs ham Napoleon I ning o'zi edi.
Napoleon, uning qo'shinlari, generallari Angliya ustidan hal qiluvchi g'alabani qo'lga kirita olmadilar. 1805-yil 21-oktabr Trafalgardagi dengiz mag'lubiyatidan so'ng Napoleon I Angliyaga nisbatan iqtisodiy qamal e'lon qildi . Angliya uchun Yevropaning barcha bandargohlari berkitilib, Angliya bilan savdo-sotiq qilish Fransiyaga tobe bo'lgan barcha davlatlar uchun taqiqlandi. Shu yo'l bilan Napoleon I Angliya va uning rahbarlarini taslim qilmoqchi boidi, ammo Angliyaning rivojlangan iqtisodi va kuchli dengiz floti Napoleon I ga o'z oldiga qo'ygan maqsadiga erishishiga yo'l bermadi. Iqtisodiy tazyiq Angliyadan ko'ra Fransiyaning o'ziga kata zarar keltirdi. Bundan tashqarii Angliya hukumatio'z oltinlari yordamida va ayg'oqchiligi bilan Napoleon Ini tez-tez chalg'itib turdi. Angliyaning Napoleon Fransiyaga qarshi ishlatgan yana bir quroli bu targ'ibot bo'lib, Fransiya, ayniqsa Napoleon shaxsga qarshi turli bo'htonga to'la adabiyotlar Angliyada nashr etilar va Fransiya hududida xalq o'rtasida tarqatilar edi. Bu adabiyotlar maqola, kashfiyot (Inglizcha «pamphlet» so'zidan olingan bo'lib, shaxs yoki biror voqeylikni qoralovchi tanqidiy asar) varaqa, karikatura (italyancha «caricature» shaxs va hodisalarni kulgili qiyofada tasvirlash) shaklida bo’lib, yolg'on bo'lsada, fransuzlarga salbiy ta'sir ko'rsatar edi . Angliyadan Fransiya hududiga tarqatilgan soxta xotiralar ham quruq yolg'on va tuhmatlardan iborat bo'lib, asosan Napoleon shaxsiga teguvchi uydirmalaridan iborat edi. Shunday qilib, tashqi siyosatda Napoleon I Yevropada Fransiya hukmronligini o'rnatish uchun urush olib bordi. 1810-1811 yillardan boshlangan bu urushlar fransuz askarlari va hukmron doiralarning tinka madorini quritdi. Napoleon I urushlari uzil-kesil bosqinchilik urushlariga aylandi.
Napoleon Shimoliy Italiyada Avstriya armiyasini tor-mor qildi. Italiyada yana Fransiya hukmronligi o'rnatildi. Avstriya Belgiyaning va Reynning chap soholining Fransiyaga o'tganligini e'tirof qildi. Fransiyaning kata raqobatchisi Angliya edi. Napoleon fransuz burjuaziyasining Yevropada va jahonda hukmronligini o'rnatishga intilardi. Angliya mustamlakalarda, dengizlarda hukmron bo'lishga va Yevropa ishlarini o'z foydasiga hal etishni taminlashga intilardi. 1805 yilda Bulonda, La-Mansh sohilida, Napaleon Angliyaga desant tushirish uchun 130 ming kishidan iborat armiya va 2300 mayda kema to'pladi .
“Menga uch kun tumanli ob-havo kerak, shundan keyin men Londonga xo'jayin bo'lib olaman” - degan edi Napoleon . Angliya esa Fransiyaga qarshm darholyangi ittifoq tuzdi: bu ittifoqqa Avstriya va Rossiya kirdi. Avstriya va rus qo'shinlarining harakat boshlaganini bilgach Napoleon Bulon lagerini yig'ishtirib, armiyani Germaniyaga yo'lladi. U avstriyaliklarni ruslar bilan qo'shilishdan oldin tor-mor etishga ahd qildi va o'z rejasini porloq suratda amalga oshirdi. Ko'p o'tmay Napoleon Venaga kirdi.
Bu orada Trafalgar burni yonida jang bo'ldi. (1805 yil oktabr) Ispan porti Kadisda turgan Fransiya va Ispaniya qo'shma floti Napoleondan O'rta dengizda Gibraltar orqali harakat qilib, inglizlar bilan jangga kirishishi to'g'risida buyruq oldi. Angliya flotiga admiral Napoleon qo'mondonlik qilar, avvalgi janglarda u bir ko'zidan va o'ng qoiidan ajralgan edi. Trafalgar jangida u o'ldi, lekin fransuz floti dahshatli mag'lubiyatga uchradi. Bu tarixda fransuz floti ingliz floti bilan kuch sinashishga jur'at etgan oxirgi jang edi. Shu paytdan to XX asrning boshlarigacha dengizlarda Angliya hukmronligi o'rnatildi.


Download 25.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling